A avloniy nomidagi xalq ta‟limi muammolarini o„rganish va istiqbollarini belgilash ilmiy-tadqiqot instituti


Download 340.76 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/4
Sana20.06.2023
Hajmi340.76 Kb.
#1628944
1   2   3   4
Bog'liq
xW8WXwnsGbB8293Qwm8padbHmnYPMaaamfzRaeaK

Keys stady 
Maktab o„quvchilari orasida “Ommaviy madaniyat” ga taqlid qilgan holda
milliy mentalitetimizga xos bo„lmagan kiyimlarni maktab o„quv dars jarayonlariga 
kiyib kelish holatlari kuztildi. Ma„naviy-ma„rifiy ishlar bo„yicha direktor 
o„rinbosari sinf rahbarlari bilan hamkorlikda ularni yagona maktab formasiga 
qaytarishlari lozim. 
Keys topshirig„i 
1.Ma„naviy-ma„rifiy ishlar bo„yicha direktor o„rinbosari sinf rahbarlariga qaysi
qonunga asoslangan holda yagona maktab formasini talab qilishga haqli-? 
2. Sinf rahbarlar ota-onalar bilan o„tkazadigan yig„ilishlarda bu masalani qay 
tartibda tushuntirsa maqsadga muvofiq bo„ladi-? 
3. Yagona maktab formasiga rioya qilmagan o„quvchilarning maktab ijjtimoiy 
muhitiga qanday ta‟siri bor-? 
Keys javobi 
1.Ma„naviy-ma„rifiy ishlar bo„yicha direktor o„rinbosari Vazirlar Mahkamasining 
666-son “Davlat umumiy o„rta ta„lim muassasalari o„quvchilarini zamonaviy 
yagona maktabformasi bilan ta„minlash chora-tadbirlari to„g„risida”gi qarorga 
asoslangan holda, shuningdek, Xalq Ta„limi Vazirligining 131-son “Ta„lim 
muassasida o„qituvchi va o„quvchilar uchun odob-axloq qoidalari to„g„risida”gi 
qarorlar asosida maktab hududida o„quvchilar bilan bir qatorda o„qituvchilardan 
ham maktab formasini va odob-axloq qoidalariga rioya qilishni talab qilishga xaqli. 


2.Sinf rahbarlar ota-onalar yig„ilishida yagona maktab formasini yangi o„quv 
yili boshlanmasdan oldin ma„lumot berishi lozim. Shu bilan birga agar o„quvchilar 
yagona maktab formasiga rioya qilmagan holda ma„muriy javobgarlik to„g„risidagi 
kodeksning 47-moddasiga asoslangan holda ota-onaga nisbatan ma„muriy 
javobgarlikka tortilishi mumkinligi haqida ogohlantirilishi lozim. 
3. Yagona maktab formasiga rioya qilinmasa maktabda o„quvchilar orasida 
ijtimoiy tabaqalanish yuzaga keladi. O„quvchilarda moslashuvchanlik yo„qoladi.
Maktab o„quvchilari o„rtasidagi ijtimoiy muhit izdan chiqadi. Eng yomon tomoni 
o„quvchi maktabga borishni xohlamay qoladi. Bu esa davomatga o„zining salbiy 
ta„sirini ko„rsatadi. Shu bilan birga xulqi og„ishgan o„quvchilar sonini ortishi kabi 
bir qator salbiy holatlarni yuzaga keltiradi.
Nazorat savollari:
1. Mehnat huquqiy munosabatlarini tartibga soluvchi milliy qonun hujjatlarini 
sanab bering.
2. Kimlar mehnat huquqiy munosabatlarning ishtirokchilari bo„lishi mumkin?
3. Mehnat kodeksida keltirilgan xodimning huquqlariga qanday huquqlar 
kiradi?
4. Intizomiy jazo choralarining amal qilish muddati qancha vaqti qancha-?
5. Mehnat kodeksining 182-moddasida qanday qoida belgilangan-?

Download 340.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling