A avloniy nomidagi xalq ta‟limi muammolarini o„rganish va istiqbollarini belgilash ilmiy-tadqiqot instituti


Download 340.76 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana20.06.2023
Hajmi340.76 Kb.
#1628944
1   2   3   4
Bog'liq
xW8WXwnsGbB8293Qwm8padbHmnYPMaaamfzRaeaK

 
 
2. Mehnat munosabatlariga kirishishda tomonlarning huquq va 
majburiyatlari 
 
Mamlakatimizning iqtisodiy barqarorligi, aholining ijtimoiy hayotidagi 
o„zgarishlar, zamonaviy kasblar va o„z haq-huquqlarini bilish darajasini oshib 
borishi mehnat munosabatlarida bir qator o„zgarishlarga olib keldi. Bozor 
munosabatlariga asoslangan hayotimizda aholining barcha qatlamini adolatli 
mehnat munosabatlari jalb etish har qachongidan ham muhim masala bo„lib 
qolmoqda. O„zbekiston 35 milliondan ortiq aholiga ega bo„lgan davlat. Bu 
raqamlarning har biri ortida alohida inson taqdiri turganini inobatga oladigan 
bo„lsak, mehnat munosabatlarining huquqiy asoslarini zamon talablariga mos qilib 
ishlab chiqish xalqimizning hayotdan rozi bo„lib yashashligining poydevori 
hisoblanadi. Shu mehnat munosabatlariga qisqacha ta‟rif berib o„tsak, mehnat 
munosabatlari – ish beruvchi bilan hodim o„rtasida yuzaga keladigan yuzaga 
keladigan munosabatlardir. Bu munosabatlarda ikkila taraf ham huquqlarga ega
bilan bir qatorda majburiyatlarni bajarishlari ham shart bo„ladi.
Dastavval mehnat munosabatlarining subektlariga to„xtalib o„tsak. Mehnat 
kodeksining II bobi mehnat munosabatlari subektlariga bag‟ishlangan. Mehnat 
kodeksining 14-moddasida kimlar xodim bo„la olishi mumkinligi quyidagicha 
ta‟kidlab o„tilgan: “Belgilangan yoshga yetgan (
77-modda
) hamda ish beruvchi 
bilan mehnat shartnomasi tuzgan O„zbekiston Respublikasi fuqarolari, shuningdek 


chet el fuqarolari va fuqaroligi bo„lmagan shaxslar mehnatga oid munosabatlarning 
subyektlari bo„lishi mumkin”
3
. Ya‟ni 16 yoshga to„lgan har bir inson agar u ish 
beruvchi bilan mehnat shartnomasini tuzgan vaqtdan boshlab u xodim sifatida 
mehnat munosabatlarining subekti hisoblanadi. Mehnat kodeksining 15-
moddasiga muvofiqkorxonalar, shu jumladan, ularning alohida tarkibiy 
bo„linmalari o„z rahbarlari timsolida, mulkdorning o„zi ayni bir vaqtda rahbar 
bo„lgan xususiy korxonalar o„n sakkiz yoshga to„lgan ayrim shaxslar,o„n sakkiz 
yoshga to„lgan ayrim shaxslar qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda
O„zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda 
xodimlar yollaydigan yakka tartibdagi tadbirkorlar ish beruvchi bo„la olishi 
mumkinligi qayd etilgan.
O„zbekiston Respublikasi mehnat kodeksi 16-moddasiga ko„ra ish beruvchi 
quyidagi huquqlarga ega: 
- mehnat qilish, erkin ish tanlash, haqqoniy mehnat shartlari asosida ishlash va 
qonunda belgilangan tartibda ishsizlikdan himoyalanish, 
- o„z mehnati uchun qonunchilikda Mehnatga haq to„lash yagona tarif 
setkasining birinchi razryadi bo„yicha belgilanganidan oz bo„lmagan 
miqdorda haq olish; 
- muddatlari chegarasi belgilangan ish vaqtini o„rnatish, bir qator kasblar va 
ishlar uchun ish kunini qisqartirish, har haftalik dam olish kunlari, bayram 
kunlari, shuningdek haq to„lanadigan yillik ta‟tillar berish orqali 
ta‟minlanadigan dam olish; 
- xavfsizlik va gigiyena talablariga javob beradigan sharoitlarda mehnat 
qilish; 
- kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish;
- ish bilan bog‟liq holda sog‟lig‟iga yoki mol-mulkiga yetkazilgan zararning 
o„rnini qoplash;
3
O’zbekiston ResMehnat kodeksi. 4-bet. 


- kasaba uyushmalariga hamda xodimlar va mehnat jamoalarining 
manfaatlarini ifoda etuvchi boshqa tashkilotlarga birlashish; 
- qariganda, mehnat qobiliyatini yo„qotganda, boquvchisidan mahrum 
bo„lganda va qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda ijtimoiy ta‟minot 
olish; 
- o„zining mehnat huquqlarini himoya qilish, shu jumladan sud orqali himoya 
qilish va malakali yuridik yordam olish; 
Mehnat munosabatlariga kirishishayotgan har bir xodim mehnat shartnomasi 
imzolashdan oldin yoki imzolagandan so„ng yuqoridagi huquqlarga ega ekanligi 
bilishi lozim. Qaysi davlat tashkiloti yoki muassasida, korxonalarda xodim 
bo„lishidan qat‟iy nazar va mehnat jarayonida ushbu huquqlardan foydalanish 
uchun zarur bo„lgan barcha shart-sharoitlarga ega bo„lishga haqli ekanligini bilishi 
lozim. Shu bilan birgalikda ish beruvchi ham bir qator huquqlarga ega. 
- korxonani boshqarish va o„z vakolatlari doirasida mustaqil qarorlar qabul 
qilish; 
- qonunchilikka muvofiq yakka tartibdagi mehnat shartnomalarini tuzish va 
bekor qilish; 
- mehnat shartnomasida shart qilib ko„rsatilgan ishni lozim darajada bajarishni 
xodimdan talab qilish; 
- o„z manfaatlarini himoyalash uchun boshqa ish beruvchilar bilan birga 
jamoat birlashmalari tuzish va bunday birlashmalarga a‟zo bo„lish huquqiga 
egadir.
Ma„naviy-ma„rifiy ishlar bo„yicha direktor o„rinbosarlari uchun mehnat 
huquqiy munosabatlarida yuqorida keltirilganlardan tashqari subektlar ham 
mavjud. Jumladan, o„quvchilar- ta‟lim muassasasidagi pedagog hodimlarning
asosiy e„tibor qaratiladigan obekt hisoblanadi. Lekin ular bir vaqtning o„zida 
huquqiy munosabatlarning subekti hamdir.


Bundan tashqari ota-onalar ham mehnat –huquqiy munosabatlarning 
subektlaridan biri bo„lib, sinf rahbarlar bilan doimiy aloqada bo„ladigan va 
o„quvchi uchun darsdan tashqari vaqtda javobgar hisoblanuvchi shaxs. Shu 
boisdan ham ota-onalar bilan yil davomida kamida to„rt marta ya„ni har bir chorak 
yakunida, qolaversa, zarurat yuzasidan maktabga ota-onalar yig„ilishiga jalb 
etiladilar.
Kuzatuv kengashi o„z faoliyati davomida maktabdaolib borilayotgan ishlar 
bilan yaqindan tanishib borishi, pedagog hodimlar va ovquvchilar o„rtasidagi 
psixologik vaziyatlarda o„z fikrlarini aytish huquqiga ega bo„lgan inson sifatida 
mehnat –huquqiy munosabatlarda subekt sifatida ishtirok etadilar. 
O„zbekiston Respublikasining “Mehnatni muhofaza qilish to„g‟risida” gi 
qonunda xodim va ish beruvchining huquq va majburiyatlari soda tilda tushunarli 
qilib bayon etilgan.

Download 340.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling