A avloniy nomidagi xalq ta‟limi muammolarini o„rganish va istiqbollarini belgilash ilmiy-tadqiqot instituti


Download 340.76 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana20.06.2023
Hajmi340.76 Kb.
#1628944
  1   2   3   4
Bog'liq
xW8WXwnsGbB8293Qwm8padbHmnYPMaaamfzRaeaK



A.AVLONIY NOMIDAGI XALQ TA‟LIMI MUAMMOLARINI 
O„RGANISH VA ISTIQBOLLARINI BELGILASH ILMIY-TADQIQOT 
INSTITUTI 
 
 
 
 
“Uzluksiz kasbiy rivojlantirish – 2022” loyihasi 
 
 
 
UMUMIY O„RTA TA‟LIM MUASSASALARI, IXTISOSLASHTIRILGAN 
MAKTAB-INTERNATI, IXTISOSLASHTIRILGAN DAVLAT 
UMUMTA‟LIM MAKTABLARI MA„NAVIY-MA„RIFIY ISHLAR 
BO„YICHA DIREKTOR O„RINBOSARLARI UCHUN UZLUKSIZ KASBIY 
RIVOJLANTIRISH KURSINING
 
 
 

BOSHQARUVDA HUQUQIY MASALALAR

 
modulining
“Boshqaruvda huquqiy mehnat munosabatlari”
mavzusidan ma‟ruza matni 
 
 
 
 
 
 
 
Ma‟ruzasi:Mavlonberdiyev Murodjon Ubaydulla o„g‟li 
Toshkent 2022 
 


1-Mavzu. Ta„lim muassasalarida mehnat huquqiy munosabatlarini tartibga 
solish 
 
 
 
Reja: 
1. Mehnat munosabatlarining huquqiy asoslari 
2. Mehnat munosabatlariga kirishishda tomonlarning huquq va majburiyatlari
3. Nizoli vaziyatlarda rahbar xodimlarning qonuniy va odilona qaror qabul qilishi
 
1.
Mehnat munosabatlarining huquqiy asoslari 
Insoniyat paydo vaqtlardan buyon u mehnat qilib keladi. Insonning dastlabki 
mehnat jarayoni ovchilik va termachilikdan iborat bo„lgani hech kimga sir emas. 
O„zganing mehnati mahsulini kuch ishlatish yo„li bilan o„zlashtirsh oqibatida ming 
yillar davomida qulchilik tuzumi yashab keldi. Insonlar o„z mehnati evaziga 
yetishgan mahsulotlar aksariyat holatlarda o„ziga tegmagan. Shu boisdan ham 
adolatli mehnat sharoitlari uchun juda og‟ir kurashlarni boshidan kechirgan. 14-16 
soatlab tinimsiz mehnat jarayonlarga hatto yosh bolalar, ayollar ham tortilgan.
Ammo hozirgi globallushuv zamonidagi mehnat munosabatlarida tub burilish aks 
etgan. 
Inson 
huquqlari 
umumjahon 
deklaratsiyasining 
23-moddasida 
keltirliganidek, “Har bir inson mehnat qilish, adolatli va qulay ish sharoitiga ega 
bo„lish va ishsizlikdan himoyalanish huquqiga ega”
1
. Bu xalqaro darajada qabul 
qilingan ilk hujjat bo„lib, uni ratifikatsiya qilgan barcha davlatlar o„z milliy 
qonunchiligida ushbu qoidani kiritishi lozim. O„zbekiston mustaqil bo„lgandan 
so„ng BMTga a‟zo bo„lgach bosh qomusimizda ham shu mazmundagi qoida 
kiritilgan. Bosh qomusimizning 37-moddasida “Har bir shaxs mehnat qilish, erkin 
kasb tanlash adolatli mehnat sharoitlarida ishlash va qonunda ko„rsatilgan tartibda 
ishsizlikdan himoyalanish huquqiga ega”
2
. Mazkur munosabat bilan insonlar 
orasida mehnat jarayonlarida sodir bo„ladigan barcha huquqiy munosbatlar uchun 
asos bo„lib xizmat qiladi. Ushbu qoida asosida 1995-yil 21-dekabr sanasida mehnat 
1
Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi.
2
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. Adolat. 2022.6-bet. 


kodeksi qabul qilingan. Bundan tashqari 2016-yil 22-sentabrda qabul qilingan 
410-sonli “Mehnatni muhofaza qilish to„g‟risida”gi qonun va yana bir qancha 
davlat muasssalarining, korxona, tashkilotlarning normativ-huquqiy hujjatlari 
boshqaruv sohasidagi huquqiy mehnat munosabatlari uchun huquqiy asos bo„lib 
xizmat qiladi. Har bir korxona va tashkilotlarning o„z ichki tartib qoidalari mavjud 
bo„lib ushbu qoidalar ham mehnat munosabatlari uchun asos vazifasini o„tay oladi. 
Barcha qonunlar mehnat munosabatlarining adolatli bo„lishi, tomonlarning haq-
huquqlarini himoya qilish, mehnat unumdorligiga erishish uchun qabul qilinadi va 
hayotga tadbiq etiladi.

Download 340.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling