A avloniy nomidagi xalq ta‟limi muammolarini o„rganish va istiqbollarini belgilash ilmiy-tadqiqot instituti
Nizoli vaziyatlarda rahbar xodimlarning qonuniy va odilona qaror
Download 340.76 Kb. Pdf ko'rish
|
xW8WXwnsGbB8293Qwm8padbHmnYPMaaamfzRaeaK
3. Nizoli vaziyatlarda rahbar xodimlarning qonuniy va odilona qaror
qabul qilishi Mehnat huquqiy munosabatlarda ish beruvchi va xodim o„rtasida bir qator masalalar yuzasidan nizoli vaziyatlar kelib chiqishi mumkin. Jumladan, ishga qabul qilishda, mehnat shartnomasini o„zgartirish yoki bekor qilish vaqtida, taraflarning moddiy javobgarliklari bilan bog‟liq bo„lgan, xodimning hayoti va sog‟lig„iga yetkazilgan zararni qoplash va shu kabi bir qator vaziyatlar yuazaga keladi. Ushbu holatlarda rahbarlar, ya‟ni ish beruvchilar O„zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari, normativ-huquqiy hujjatlarda keltirilgan qoidalarga asoslangan tarzda qaror qabul qilishi lozim bo„ladi. Buning uchun rahbar u qaysi sohada rahbarlik qilishidan qat‟iy nazar ushbu qonun hujjatlarini yaxshi bilishi, hech bo„lmagaanda tanish bo„lishi shart. Ishga qabul qilish bilan bog‟liq bo„lgan nizoli vaziyatlar asosan voyaga yetmaganlarni ishga qabul qilish bilan bog‟liq. Mehnat kodeksiga ko„ra ishga qabulishdagi eng kichik 14 yosh. Bunda ota-onasining yoki ularning o„rnini bosuvchi shaxslar, yoxud vasiy yoki homiylarning yozma roziligi asosida ishga qabul qilish kerak. Shuni ta„kidlash joizki, ilik bor pedagog sifatida ishga qabul qilingan xodimni maktab jamoasiga tanishtirish ma„naviy-ma„rifiy ishlar bo„yicha direktor o„rinbosarining vazifasi sirasiga kiradi.Ma„naviy-ma„rifiy ishlar bo„yicha direktor o„rinbosari ustoz-shogird an„anasiga muvofiq tarzda yosh pedagoglarni hayotiy tajriba ega bo„lgan malakali pedagoglarga biriktishi lozim. Yosh pedaagoglarni ish jarayonida avvalombor o„quvchilar bilan kelishib ish jarayonini tashkil etishlarida ularga amaliy yordam berishi kerak. O„qituvchi-o„qituvchi, o„qituvchi –o„quvchi munosabatlarida shaffof ijtimoiy muhitni vujudga keltirish lozim. Maktabga ilk bor ishga qabul qilingan pedagoglarni maktab jamoasi bilan hamkorlikda ishlashga o„rgatish jarayonida ma„naviy-ma„rifiy ishlar bo„yicha direktor o„rinbosari odilona qaror qabul qila olishi kerak. Ya„ni belgilangan tartibdan tashqari ishlarga pedagoglarni jalb etmasligi kerak.Lekin ularni ishga olish vaqtida rahbar bir qator kechlovlar qo„yishga xaqli bo„ladi bu mehnat qonunchiligimizga ko„ra kamsitish deb hisoblanmaydi. Jumladan sog‟lig‟i, xavfsizligi, axloq-odobiga zarar yetishi mumkin bo„lgan og‟ir mehnat sharoitlarida ishga qabul qilinmasligi va mehnat shartnomasini tuzishni rad etishi mumkin. Voyaga yetmagan shaxslarning ota-onasidan yozma rozilik olish voyaga yetmagan shaxsning o„sha soha bo„yicha mutaxasisilikka ega bo„lish layoqatini ham anglatadi. Pedagoglar va o„quvchilar o„rtasida yuzaga keladigan nizoli vaziyatlarda ma„naviy-ma„rifiy ishlar bo„yicha direktor o„rinbosari avvalombor ijtimoiy muhitning sog„lom ekanligiga e„tibor qaratishi lozim. O„quvchilarning darsga jalb qilinishi, davomat masalasining eng muhim bo„layotganini e„toborga olgan holda, pedagoglarning o„quvchilarnin o„ziga jalb qila olish mahoratiga e„tibor qaratishi kerak. Mamlakatimizda 11 yillik majburiy ta„lim bo„lganligi sababli o„quvchilarning darslarda qatnashishi lozimligiga alohida e‟tibor qaratiladi. Ishga qabul qilishda xodimlardan talab qilinadigan hujjatlar sirasiga quyidagilar kiradi: - Shaxsini tasdiqlovchi hujjat (passport, voyaga yetmaganlardan tug‟ilganlik haqida guvohnoma); - Mutaxasislik bo„yicha diplom; - Sog‟lig‟i holati bo„yicha ma‟lumotnoma; - Mehnat daftarchasi (ilk bor ishga qabul qilinayotgan shaxslardan talab qilinmaydi); Rahbar xodimlari bilan qonunlarda ko„rsatilgan tartibda mehnat shartnomasini o„zgartirish yoki bekor qilishga xaqli. Mehnat kodeksining 181-moddasiga ko„ra xodimga intizomiy jazo choralarini qo„llashi mumkin. Intizomiy jazo chorasini olgan xodimlarni ijtimoiy faolliklarini oshirish maqsadida ularni turli loyiha, tanlov, yoki shu kabi tadbirlarga jalb etish orqali ulardagi ishga bo„lgan munosabatni ijobiy tarfga yo„naltira olishda ma„naviy-ma„rifiy ishlar bo„yicha direktor o„rinbosarining o„rni beqiyos. Intizomiy jazo choralaridan xavflilik darajasi eng past bo„lgani bu-ogohlantirish. Xodim o„z mehnat vazifasini suis‟temol qilganda, mumtazam dars jarayoniga kechikib kelganda, xodimning o„z aybi bilan o„quvchilar bilan ko„p bora nizoli vaziyatlarga tushgan taqdirda qo„llaniladi.Agar o„quvchilar bilan pedagog xodim orasida nizoli vaziyat kelib chiqsa ma„naviy-ma„rifiy ishlar bo„yicha direktor o„rinbosari pedagog xodimlarni himoya qilishi, ota-onalar bilan tushuntirish ishlarin olib borishi lozim. Deviant xulq-atvorli o„quvchilar bialn ishlarni tashkil etayotgan xodimlarga amaliy va pedagogikyordam ko„rsatishi kerak.Intizomiy jazo xodimning qilgan bitta xatti- harakati uchun bir marta qo„llaniladi. Bunda mehnat kodeksining 182-moddasida keltiliganidek, xodimnng qonunni buzgandagi vaziyat, qonunni buzishdan oldingi xulq-atvori, ishga bo„lgan munosabati inobatga olinadi. Har qanday intizomiy jazo qo„llanishidan oldin xodimdan yozma tushuntirish xati olinadi. Bir oy ichida qo„llanilishi lozim. Mehnat kodeksining 183-moddasiga muvofiq, intizomiy jazo choralari uzog„i bilan bir yilga amal qiladi.Agar xodim shu vaqt ichida qayta intizomiy jazo olmasa intizomiy jazo olmagan deb hisoblanadi. yana mehnat qonunchiligini buzgan taqdirda ish haqqining 30 foizi miqdorida jarima beriladi. Takror sodir etilgan vaqtda 50 foiz miqdorida jarima belgilanadi va yana sh holat takrorlansa mehnat shartnomasi bekor qilinishi haqida ogohlantiriladi. Bu ogohlantirish bilan mehnat shartnomasini bekor qilish oralig‟i ikki oydan kam bo„lmasligi zarur. Chunki xodim bu vaqt oralig‟ida o„ziga boshqa ish qidirishi lozim. Mehnat shartnomasini bekor qilish yoki, intizomiy jazo choralarini qo„llashga xodimning ish vaqtida ish joyida bo„lmasligi, muttasil kech qolib kelish, spirtli ichimliklar iste„mol qiligan holda ishga kelishi va shu kabi bir qancha sabablar mehnat shartnomasini bekor qilish uchun asos bo„ladi. Qonunchilikda ko„rsatilmagan tartibda intizomiy jazo choralarini qo„llash, yoki mehnat shartnomasini bekor qilish ta„qiqlanadi. Download 340.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling