qatorda matematikadan ham).
2. Yosh bolalarga matematik bilim berish.
Tarbiyaviy maqsadlar: Matematikaga doir bajariladigan ishlar
bolalarni boshqaoladigan bilimlariga qaraganda ko`proq sabotlikka,
tirishqoqlikka, puxtalikka, aniqlikka o`z fikr va xulosalarini nazorat qila
olishga, ayniqsa kuzatish, tajriba va faxmlash asosida aytiladigan
fikrlarining ravon bo`lishiga e`tibor bera bilishga odatlantirish kerak.
Bolalarda
matematik
bilimlarga
bo`lgan
qiziqish,
matematik
xarakterdagi masalalarni sabr - toqat va tirishqoqlik bilan kechish
ko`nikmalari rivojlantiriladi. Induktiv va deduktiv tafakkurning
boshlang’ich ko`nikmalarini azaliy operatsiyalarni, ya`ni analiz qilish,
sintez qilish, taqqoslashni, abstraktlashtirish va umumlashtirish
qobiliyatlarini rivojlantirishga idroklilik va ziyraklikni, fazoviy
tasavvurlarni va xayolni o`stirishga matematik ta`lim berish katta
yordam qiladi.
M
Maqsad – bu? Maqsad (falsafada) — inson amaliy faoliyatining avvaldan fikran oʻylangan natijasi. Maqsad insonlarga xos boʻlib, uni kelajakning loyihasi, deb taʼriflash mumkin. Ehtiyoj, manfaat, motiv individ yoki ijtimoiy guruh xulq-atvori, faoliyatining muhim tarkibiy qismlari boʻlsa, M. faoliyat yoʻnalishini belgilovchi ele-mentdir. M.ning shakllanishiga subʼyektning ehtiyoj va manfaatlari kuchli taʼsir oʻtkazadi. M.ning real va noreal, qisqa muddatli va uzoq muddatga moʻljallangan, asosiy va ikkinchi darajali va boshqa turlari bor. Real M.lar subʼyektning imkoniyatlari, atrof muhitning holati va obʼyektiv qonuniyatlarni hisobga olsa, noreal M.lar faqatgina subʼyektning orzu-istaklarini ifodalaydi, atrofdagi vaziyatni hisobga olmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |