A b d u m a j id m a d r a im o V g avhar fu zailo V a


 1 .5 .4 . «Asomiyi navadu du firqayi o ‘zbek*


Download 6.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet126/245
Sana12.10.2023
Hajmi6.54 Mb.
#1699568
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   245
Bog'liq
--Manbashunoslik.Abdumajid Madraimov

1 1 .5 .4 . «Asomiyi navadu du firqayi o ‘zbek*
«Asomiyi navadu du firqayi o'zbek* («To’qson ikki o'zbek firqasining 
nomlari* to'rt nafar mustaqil asar «M ajm a’ al-g'aroyib*, «Solnomayi 
xoja Abdulhakim Termiziy*, «Tarixchiyi Somiy* va nomi aniq bo'lmagan 
geo-kosmografik asar bilan bir muqovada, O 'zR FA Sharqshunoslik 
instituti fondidagi 1330-raqam li k ito b tark ib id a m avjud. U nda 
Chingizxondan to Ashtarxoniy Abulfayzxon (1711 — 1747) davrigacha 
kechgan voqealar qisqacha bayon etiladi. «Solnomayi Abulhakim
Termiziy*dan keyin «Asomiyi navadu du firqayi o'zbek* asari boshlanadi 
va o'zbek xalqi tarkibiga kirgan 92 qavmning nomi keltiriladi. Ular 
quyidagilardin ming, yuz, qirq, o'ng, unkajot, jaloir, saroy, xitoy, qipchoq, 
nayman, chaqmoq, urmoq, tudaq, bo'ston, samarchiq, qalmoq, qorliq, 
qatag'on, orlot, aig'in, barlos, bo'ytay, kenagas, kelachi, buyrak, uyrot, 
qiyot, qo'ng'urot, qong'li, o 'z, julovchi, jusulovchi, kaji (xoji), o'tarchi, 
qirlovchi, juyut (jiyut), jid, chulchut, buyozit (bayozit), uymovut, keray, 
I® ,on’ l°ng‘it, tangut, mang'it, marki, burkut, modi qiyot, o'kalan, 
to b '1П’ 
8 аг^> shibirg‘on, qishliq, turkm an, do'rm on, tabai, tam , 
kelo1’ f 3013^311’ m'ton, uyshun, bo'sa, haft, qirg'iz, tatar, bochqir, suldus, 
Vc *’ ^uJ°r. jurot, badayi, o'g'lon, quryuvut, chimboy, mehdi, chilkas.
115


uyg‘ur, farkon, nukus, qora tushlub, yobu, lorg‘il, ko‘xat, shuran, 
sh irin , 
tama, baxrin, keray, taxtiyon, mug‘ol, qoyon.
XVII asrda o ‘tgan shoir Turdi Farog'iy ham o ‘zbeklar o'sha davrda 92 
qavmdan iborat ekanligini aytadi.
Tor ko'ngillik beklar, manman demang, kenglik qiling,
T o‘qson ikki bori o'zbek yurtidir, kenglik qiling!
Bimi qipchoq-u, bimi yuz, bimi nayman demang,
Qirqu yuz, ming son bo'lib, bir jon oyinlik qiling!
Bir yaqodin bosh chiqorib, barcha bir to'ng'a kirib,
Bir o'ngirlik, bir terezlik, bir yaqo-englik qiling!

Download 6.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   245




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling