1.2. Qadimgi Eron va hind manbalari
1 .2 .1 . Qadimgi Eron manbalari
1 .2 .1 .1.T o sh va sopolga o ‘yib yozilgan katibalar (m ixiy
yozuvlar)
Bunday yozuvlar A ham oniylarning qadimgi poytaxti Persopol,
shuningdek Suza va Ekbatana (hozitgi Hamadon) shaharlari va uning
atrofida topilgan.
Masalan, pishiq sopol taxtachaga o‘yib yozilgan bir katibada Doro 1
(m iloddan awalgi 522-486-yy.) hukmronligining dastlabki yillarida
(miloddan awalgi 494—490-yillar orasida) Suzada bunyod etilgan saroyning
qurilish tafsiloti, aniqrog'i qurilishga ketgan m ateriallarning qaysi
mamlakatdan keltirilganligi yozilgan. Taxtachadagi ma’lumotlarga ko'ra oltin
Lidiya bilan Baqtriyadan, qimmatbaho toshlar, lazurit va serdolik (qizil va
qizg'ish rangli tosh) So'g'diyonadan, firuza Xorazmdan olib kelingan.
Persopoldan (Sherozning shimoliy tarafida, undan taxminan 50 km
masofada joylashgan 520-450-yillar orasida qurilgan shahar) topilgan
yozuvlar va tasviriy suratlar — relyeflar katta ilmiy qiymatga ega. Ulaming
ayrim namunalari XV1I-XVIII asrlarda (1621-y.) italiyalik sayyoh Pedro
Della Valle va daniyalik olim K. Nibuming nomi bilan bog'liq. 1931 —
1934, 1935-1939 va undan keyingi yillari nemis olimi E.Xertsfild,
amerikalik E.Shmidt, fransuz A.Godar hamda eronlik M.T.Mustafoviy
va A.Somiy tarafidan o'tkazilgan arxeologik tadqiqotlar natidasida
Persopolda juda ko'p noyob yodgorliklar ochildi. Ular orasida Apadana
zinalari ustiga ishlangan tasviriy suratlar alohida ahamiyat kasb etadi.
Suratlarda (balandligi 3 fut — ingliz o'lchovi 30, 479 santimetrga teng)
ahamoniylarga tobe bo'lgan 23 satraplikdan (qaram mamlakatdan) o'lpon
olib kelgan kishilar qiyofasi tasvirlangan. Bular orasida baqtriyaliklar
turli idishlar, teri, m o'yna va tuya bilan, so'g'dliklar turli mato, teri va
qo'ylar bilan, saklar ot va chakmonlar bilan, parfiyaliklar idishlar va tuya
bilan va xorazmliklar ot va qurol-aslaha bilan tasvirlangan.
Persopoldan 6 milya — qariyb 5 km masofada, uning shimol
Do'stlaringiz bilan baham: |