shoirlari M ushfiqiy, Mahramiy, Shuuriy, Vosifiy, Sabriy va boshqalaming
hazrat eshon — xoja M uham m ad Islom va xoja S a’dlar sharafiga
b itgan
sh e’rlaridan nam unalar keltirilgan. Bu yerda keltirilgan arznom alar,
shuningdek xon va sultonlam ing farmonlari, asosan uch masala: 1) Buxoro
xonligining XVI asrdagi ichki ahvoli, ya’ni markaziy hukumat bilan ulus,
viloyat, o ‘lka hokimlari o'rtasidagi m unosabat, 2) xonliklam ing ijtimoiy-
iqtisodiy ahvoli, 3) Buxoro xonligi bilan Eron, Shim oliy H indiston
va
Koshg'ar o'rtasidagi munosabatlari masalasiga ta'xtalingan. Arznomalar
va sh e ’rlar 0 ‘zbekistonning XVI asrdagi ijtim oiy-iqtisodiy hayoti
va
madaniyatini o'rganishda katta ahamiyatga ega.
Asaming III va IV boblarida xoja Muhammad Islomning XVI asr 60-yillari
boshidagi hayoti va faoliyati bilan bog'liq m a’lumotlar keltiriladi, shuningdek,
Juybor xojalarining mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy hayotidagi ishlari haqidagi
ma’lumotlar o ‘rin olgan. Bu ma’lumotlaming ko‘pchiligi hatto shu masalalami
maxsus o ‘rgangan tadqiqotchilarga ham ma’lum boMmasa kerak1.
“ Ravzat ur-rizvon”ning V bobi ham yozishmalarga bag'ishlangan.
Bu
bobda Abdullaxonning xoja M uham m ad Islom va xoja Sa’dga yo'llagan
100 dan ortiq maktubining nusxalari, Shayboniy sultonlar, yirik olim lar va
v ilo y a t h o k im la r i, s h u n in g d e k , H in d is t o n , E ro n va K o sh g 'a r
hukmdorlarining Juybor xojalariga yo'llagan maktublarining nusxalari
keltirilgan. Bular orasida hazrat xojalarga in’om etilgan mulklar, hazrat
eshonning yerlarini obod qilish yumushiga aholini majburiy safarbar qilish
va dehqonlam i yerga biriktirish haqidagi farmonlaming nusxalari keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |