Maktabgacha ta’lim muassasalarida ta’lim-tarbiya ishlari reja


Download 50.5 Kb.
Sana15.03.2023
Hajmi50.5 Kb.
#1271693
Bog'liq
MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASALARIDA TA’LIM-TARBIYA ISHLARI


MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASALARIDA TA’LIM-TARBIYA ISHLARI


Reja:
1. MTMda ta’lim –tarbiyaviy ishlar.
2. Bolalarning mehnat faoliyatlarini rejalashtirish
3. Maktabgacha ta’lim muassasalarda bayramlarni rejalashtirish
4. Ota-onalar bilan ishlashni rejalashtirish

Darsning maqsadi: Talabalarga maktabgacha ta’lim muassasalarda ta’lim-tarbiyaviy ishlari haqidagi bilimlar berish.


Tayanch so’z va iboralar: talim -tarbiya, mashg’ulot, mehnat faoliyati, sayr jarayoni, ota-onalar bilan ishlash, bayram,o’yin kulgilar.

Maktabgacha ta’lim muassasalarda ertalabki soatda qilinadigan pedagogik ishning asosiy vazifasi bolalarda tetik, quvnoq kayfiyat uyg‘otishdir. Bunda bola faoliyati erkin bo‘ladi, bolaning istagi va qiziqishiga tayaniladi, faoliyatlarning shakli va mazmuni qiziqarli bo‘lishi ta’minlanadi.


Tarbiyachi har kuni ertalabki soatda bolalarning bir-lamchi tibbiy ko‘rik asosida qabul qiladi, ota-onalar bilan suhbat olib boradi, badantarbiya mashqlarini o‘tkazadi. Lekin bu vazifalar kundalik faoliyatda aks ettirilmaydi.
Kundalik faoliyat bayonida ertalabki soatda tarbiyachi bolalar bilan belgilangan mavzu yuzasidan qisqa suhbat uyushti-rishi ko‘rsatiladi, asosiy o‘rinni bolalarning o‘yin faoliyati uchun ajratiladi. Ijodiy o‘yinlarni, tinch o‘yinlarni (qurish-yasash, rasmli kitoblarni tomosha qilish) tashkil etish reja-lashtiriladi.
Rejada bolalarning mehnat faoliyati keng yoritiladi. Mehnat tarbiyasining to‘rtta vazifalari besh kunga bo‘linib yoziladi. Navbatchilik har bir kun uchun alohida rejalash-tirilmaydi. Rejada navbatchilikka yangilik kiritilsa, navbatchilik vazifasi murakkablashtirilsa yoki sharoitlar o‘zgarsa, yangi mazmuni alohida kiritiladi.

Bolalarning mustaqil faoliyati rejalashtirilmaydi, u bolaning qiziqishiga va kayfiyatiga bog‘liq. Har bir bola erkin holda o‘zi istagan faollik markazini tanlashi va u erda ishlashi mumkin. Tarbiyachi bolalarni kuzatishi va zarur holda unga yordam ko‘rsatishi lozim.


Mashg‘ulotning maqsadida tarbiyachi bolalarga beriladigan ta’lim va tarbiya vazifalarni ko‘rsatadi, bolalar egallashi lozim bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalarini hajmini aniq belgilaydi. Mashg‘ulotning borishini to‘liq yozilmay, manbaning muallifi, ishlanmaning betini ko‘rsatib o‘tish kifoya. So‘ngra zaruriy jihoz va ko‘rgazmalarni ko‘rsatadi. Mashg‘ulot ishlanmasi yozilgan metodik qo‘llanma yo‘q bo‘lsa, tarbiyachi mashg‘ulot ishlan-masini yozishi lozim.
Tarbiyachining sayrdagi asosiy vazifasi bolalar uchun faol, mazmunli, xilma-xil va qiziqarli faoliyatni tashkil etishdir. Sayr quyidagi tarkibiy qismlarni o‘z ichiga oladi:
1) kuzatish;
2) harakatli o‘yin;
3) ixtiyoriy o‘yinlar;
4) mehnat;
5) tinch o‘yin.
Kunning ikkinchi yarmida bolalar bilan yakka ishlash, xilma-xil o‘yin faoliyati egallaydi: (ta’limiy, stol ustida, voqeaband, ixtiyoriy, sahnalashtirilgan), ko‘ngilochar soatlar (har oyda 1-2 marta) rejalashtiriladi. Tarbiyachi kechki sayrda ixtiyoriy kuzatish, ixtiyoriy o‘yin va ota-onalar bilan ishlashni rejalashtiradi.
Maktabgacha ta’lim muassasasi ishini umuman va har bir yosh guruhida rejalashtirishning bevosita asosini tarbiya vazifalari aniqlanib, bolalar faoliyatining har bir asosiy turiga doir ta’lim-tarbiyaviy ish mazmuni ochib berilgap “ Ilk qadam” dasturi tashkil qiladi. Rejalashtirishda bu vazifa va mazmunlar yanada aniqlashtiriladi: ularni amalga oshirish vaqti va izchilligi belgilanadi.
Ta’limiy ishning mazmuni, metodi va usullari hamda uni tashkil etish turlari, bolalar xulq-atvorini tarbiyalash mazmuni, metodi va usullari, ularda madaniy-gigiyenik malakllarni shakllantirish, bolalar mehnati va o’yinlariga rahbarlik usullari, bolalarning bo’sh vaqt va ko’ngil ochishlarshsh tashkil etish, shuningdek ota-onalar bilan ishlash turlari ea tabiati rejalashtirilishi lozim.
Maktabgacha ta’lim muassasalarda ta’limiy ishni tashkil etishning asosiy shakli mashg’ulotdir. Bunda o’qitish ta’limiy ish masalalari, voqiylikning turli sohalari haqidagi bilimlarni, aqliy va amaliy malakalar va ko’nik- malarni, o’quv faoliyati, bolalar nutqini o’stirishning oddiy asoslari va shu kabilarni hal etishning asosiy vositasi hisoblanadi.
Bu mazmun dasturning tevarak-atrof bilan tanishtirish va nutqni o’stirish, oddiy matematik tasavvurlarni rivojlantirish, rasm solish, loy va plastilindan narsalar yasash, applikatsiya, qurish-yasash, musiqa ta’limi, jismoniy tarbiya singari asosiy bo’limlarida berilgan. Tegishli yo’nalish metodikalarida ishlab chiqilgan mashg’ulotlar sistemasi bolalar bog’chasi va yosh guruhidagi muayyan ish sharoitlarini, bolalarning ilgarilash daraja va sur’atlarini, ularni u yoki mazmunni egallashlarini hisobga olib rejalashtirishda foydalaniladi.
Masalan, bolalarni tabiat bilan tanishtirishga doir mashg’ulotlar sistemasi qishloq joy yoki katta shahar markazida, shimoliy va markaziy mintaqada, ittifoqdosh jumhuriyatda joylashgan bolalar bog’chasida turlicha bo’ladi.
O’qitishning har bir bo’limiga doir mashg’ulotlarni rejalashtirishda bilimlarni egallashning asosiy bosqichlari (boshlang’ich idrok, bilim va ko’nikmalarni kengaytirish va umumlashtirish, ulardan hayotda foydalanish — bilimlarni yangi sharoitlarga ko’chirish) hisobga olinadi. Rejada bilimlar mazmuvining takrorlanishi va ularni asta-sekin murak-kablashtirilishi nazarda tutiladi. Istalgan bo’limga doir mashg’ulotlarni rejalashtirishda mazkur bo’lim bilan bog’langan asosiy ta’lim-tarbiyaviy masalalardan tashqari dasturning boshqa bo’limlaridan ayrim masalalarni ham kiritish kerak. Mashg’ulotlarni bunday yaxlitlash ularning rivojlantiruvchi samarasini ancha oshiradi. Ammo rejalashtirishda ta’limiy ishni qisman birlashtirish ishning butun mazmusini jamlovchi yagona mavzusini olmasligi kerak. Bolalar bog’chasi tarixida o’rin tutgan mavzuviy rejalashtirish, «tashkiliy momentlar»ga oid rejalashtirnsh bilimlarning sistemaliligi va bolalarning aqliy rivojlantirishni talab darajasida ta’minlamagan edi.
Bolalarni atrofdagi hayot va tabiat bilan tanishtirish mashg’ulotlarini bolalarga ona tilini o’rgatish mashg’ulotlari bilan, shuningdek tasviriy faoliyat mashg’ulotlari bilan aloqasini o’rnatish ayniqsa muhimdir.
Ta’limiy ish mashg’ulotdan tashqarida: kundalik turmush, o’yin, mehnatda ham davom ettiriladi. Kunning turli vaqtlarida (ertalab, sayrda) tarbiyachi tabiat va ijtimoiy hayotning turli hodisalarini kuzatishni tashkil etadi.
Bu kuzatishlar ham rejalashtiriladi. Ular butun guruh bolalari bilan yalpisiga, bolalarning, kichik guruhlari bilan va yakka tartibda o’tkaziladi.
Tarbiyachi mashg’ulotlardan tashqari bilimning u yoki bu bo’limlariga doir ayrim bolalar yokya bolalarning kichik guruhlari bilan ta’limiy ishni rejalashtiradi va tashkil qiladi.

Bu maqsadda didaktik o’yinlar, didaktik materialli mashqlar (masalan, nutqning tovush madaniyatiga doir, matematik tasavvurlarini rivojlantirishga oid ish va boshqalar) dan foydalaniladi.


Shunday qilib, rejada bolalar bilan ta’limiy ishning mazmuni ham, uni tashkil qilish shakllari ham aks etadi.
Bolalarning mehnat faoliyatlarini rejalashtirish
Bolalarning mehnat faoliyatlarini uni tashkil etish shakllariga doir rejalashtirish ma’quldir.
Mehnatni tashkil etish shakli sifatida barcha guruhlarda topshiriqdan foydalaniladi. Uz mazmuniga ko’ra topshiriqlar turlicha bo’lishi mumkin. Tarbiyachining ish rejasida yangi topshiriq mazmunini qayd etish, so’ngra uni bajarishga jalb etiladigan bolalar ismlarini ko’rsatish maqsadga muvofiqdir. Bu tarbiyachiga mazkur topshiriq bilan barcha tarbiyalanuvchilarni qamrab olish va ularni kerakli mehnat topshiriqlarini bajarishga o’rgatish, barcha bolalarning qo’lidan keladigan bo’lib borishiga ko’ra tarbiyachi o’zining alohida e’tiboriga muhtoj bo’lgan bolalarning ism-larinigina ko’rsatib beradi. Bolalar navbatchiligiga rahbarlikni rejalashtirar ekan, tarbiyachi mehnat hajmi va mazmunini, o’zi bolalarga navbatchilarning vazifalarini tanishtiryshda foydalanadigan jihoz, metod va usullarni ko’rsatadi.
Keyinchalik navbatchilik ishiga rahbarlik rejada mehnat mazmuni murakkablashgan, navbatchilikka jalb qilinayotglp bolalar tarbiyachining alohida e’tiboriga muhtoj bo’lgan hollarda ko’rsatiladi. Vaqti-vaqtida navbatchilik bolalarning birlaridan ikkinchilariga topshirilayotgan vaqtda (katta guruhda) bolalar bilan suhbat rejalashtiriladi.
Rejada bolalarning jamoa shaklidagi mehnatlarini tashkil qilish mazmuni va tarkibi, o’tkazish vaqti ko’rsatiladn Zarur jihozlar belgilanadi va joylashtiriladi.
Maktabgacha ta’lim muassasalarda bayramlarni rejalashtirish.
Inqilobiy sanalar va mamlakat xayotining muhim xodisalari bilan bog’langan bayramlari maktabgacha ta’lim muassasalarda bolalarda Ona-vatanga muhabbat, baynalmilalchi xislatini tarbiyalash, ularga xalqning jangovor va mehnat an’analarini tanishtirish maqsadlarida nishonlanadi.
Bayramlar tarbiyaning muhim vositasi sifatida puxta rejalashtirilishi lozim. Rejada muassasaning butun jamoasi, shu jumladan bolalarning ham tayyorgarliklari aks ettiriladi.
Tarbiyachining joriy rejasida bolalarga u yoki bu bayram (yoki mashhur sana) ning ahamiyati haqida hikoya qilinadigan, bolalar katta yoshlilarning bayramga tayyorgarliklari bilan tanishish imkoniga ega bo’ladigan sayr-tomoshalar o’tkaziladigan turli mashg’ulotlar nazarda tutiladi. Bolalarni bayram ertaliklarida qatnashishga tayyorlash: she’rlar, qo’shiqlar aytish, raqsga tushish, kostyum va boshqa atributlarni tikishi ham rejalashtiriladi. Pedagoglar kengashida bayram ssenariysi ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi, bolalarni bayramga tayyorlash jarayonida ham, bayramni o’tkazish kunida ham uyushtirish shakllari o’ylab chiqiladi va puxta rejalashtiriladi.
Umumxalq bayramlariga bag’ishlangan ertaliklardan tashqari tarbiyachi bolalar bilan maishiy bayramlar va turli ko’ngil ochishlar: yangi yil bayrami, bolalarni maktabga chiqariy, bir oyda tug’ilgan bolalarning tug’ilgan kunlarini bir kunda nishonlash, shuningdek, qo’g’irchoh, soya teatrini, ko’ngil ochadigan diafilm va kinofilmlar, oynai jahon ko’rsatuv-larini ko’rsatish va shu kabilarni o’tkazishni rejalashtiradi.
Ota-onalar bilan ishlashni rejalashtirish.
Bolalar bog’chasi ota-onalar o’rtasida pedagoglik targ’ibotini amalga oshira ularni oila va oolalar muassasasining bolalarga ta’sir ko’rsatishda hamkorlikni yo’lga qo’yish maqsadlarida ta’lim-tarbiyaviy ish mazmuni bilan tanishtiradi, bolalarni oilada tarbiyalashning ilg’or tajribasini o’rganadi, umumlashtiradi va tarqatady. Bu ish sistema tarzida amalga oshiriladi va bolalar bog’chasi mudirasi tomonidan ham (yillik rejada), har bir guruh tarbiyachisi tomonidan ham rejalashtiriladi. Ishni tashkil etish usullari va ularning mazmuni quyidagilarni: ota-onalar majlislarini,- konsultasiyalar,ini o’tkazishni; bola oilasiga borishni, ochiq eshiklar kunini, mashg’u» lotlar o’tkazishni, bolalar ishlari ko’rgazmalarini tashkil etishni, ota-onalar burchaklarini yangilash va shu kabilarni nazarda tutadi.

Foydalanilgan adabiyotlar
1. Sh.A.Sodiqova . Maktabgacha pedagogika Toshkent .
2. P. Yusupova. «Maktabgacha tarbiya pedagogikasi» «O’qituvchi» T- 1993y.
3.«Maktabgacha ta’lim» jurnali 2018 yil 3-soni
4.Qodirova F.R,SH.Toshpo’latova .M.A’zamova” Maktabgacha pedagogika” T “manaviyat” 2013-yil.
5.X.Ahmedova.” bolangiz maktabga tayyormi””marifat madadkor”
Download 50.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling