A b d u m a j id m a d r a im o V g avhar fu zailo V a


 .1 .3 . «Kitobi M ullazoda»


Download 6.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/245
Sana12.10.2023
Hajmi6.54 Mb.
#1699568
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   245
Bog'liq
--Manbashunoslik.Abdumajid Madraimov

6 .1 .3 . «Kitobi M ullazoda»
“ Kitobi Mullazoda” (“ Mullazoda kitobi”) - Buxoroyi sharifning X IV -
XV asrlardan qolgan osori-atiqalari va mashhur ziyoratgohlari, u yerda 
dafn etilgan valiylar, shayxlar, umuman mashhur kishilar haqida ma’lumot 
beruvchi asar bo'lib, XIV asr oxiri—XV asr boshlarida yozilgan.
Muallifning ismi sharifi Ahmad ibn Mahmud bo'lib, M o'in ul-fuqaro 
(faqirlar tayanchi) taxallusi bilan mashhur bo'lgan.
Bu kitob yaqin-yaqinlatgacha ko'pchilik tadqiqotchilarga ma’lum emas 
edi. Bunga uning qo'lyozm a nusxalari m a’lum bo'lmaganligi sabab 
bo'lgan. 1960-yili asaming forscha matni Tehronda Gulchin M a’oniy 
tomonidan chop etilgandan keyin ilmiy jamoatchilik orasida bu kitobga 
qiziqish birmuncha kuchaydi. Asar 1992-yili ms tilida R.L.G'afurova 
tomonidan e’lon qilindi.
“ Kitobi Mullazoda” — qabristonlami erkak va ayollar ziyorat qilsalar 
bo'ladi va bu ziyoratni qanday ado etish haqidagi ikki maxsus bob va 
ikki qismdan iborat asar.
Kitobning birinchi qismida shahar ichidagi va uning tashqarisida, 
shahardan yarim farsax masofada dafn etilgan ulug' shaxslar, shayxlar, 
din ulamolari va ulaming muqaddas mozorlari haqida m a’lumot beradi. 
Bular ichida mashhur shayx, imom va ilohiyot olimi xoja Hafs kabir, 
xoja Abu Hafs ibn al-Zabarkan ibn Abdulloh ibn al-Bahr al-Ijliy al- 
Buxoriy (7 6 7 -8 3 2 ), shogirdi xoja Abdulloh Safidm uniy, Saffariya
52


’m o m larin in g
mozorlari, Ismoliya imomlarining mozorlari, Talli xoja 
C horshanbadagi 
m ozorlar, Safidm un va xoja Jandi qishloqlaridagi 
mozorlar 
shular jumlasidandir.
K ito b n in g ik k in c h i q ism id a B u x o ro y i s h a rifn in g m a s h h u r 
a is h lo q la rid a n
Fathoboddagi muqaddas ziyoratgohlar, masalan, shayx 
A b u lm a o liy
(1190—1261), uning ikki o'g'li Xovand Jaloliddin va Xovand 
M u t a h i r u d d i n l a m i n g
mozorlari va o ‘zlari haqida m a’lumot keltiriladi.
Shu qismdan joy olgan Buxoro sadrlari, Burxoniylar haqida keltirilgan 
ma’lumotlar ham o ‘ta muhimdir.
Ikki og‘iz so‘z Buxoro sadrlari haqida. Aslida ular kim edilar? Buxoro 
sadrlari bir xonadonga mansub bo'lgan va muxtasib, rais lavozimini 
egallagan oliy nasab shaxslar edilar. «Kitobi mullazoda*da ulam ing kelib 
chiqishi, shajaralari haqida, hayoti va vafot etgan yili haqida qimmatli 
ma’lumotlar keltiriladi.
Buxoroyi sharifda o'tgan buyuk shaxslar xoja Abubakrtarxon, mavlono 
Hofizuddin Kabir, Abu Abdulloh M uham m ad al-Buxoriy, yetti qozi -
Abu Zayd Abdulloh U m ar ibn Iso ad-Dabusiy, Abu Ja ’far M uhammad 
ibn Amr ash-Sha’biy, Ismoil Mustamoliy va boshqalar haqida keltirilgan 
m a’lum otlar ham diqqatga sazovordir. M asalan, im om Abu Zayd 
Ubaydulloh Um ar ibn Iso ad-Dabusiy ham yirik fiqh va ilohiyot olimi 
bo'lgan. Uning musulmon qonunchiligiga oid «Omad ul-Aqso* ( “So'nggi 
hudud”) nomli asari o 'z zamonasida juda m ashhur bo'lgan.

Download 6.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   245




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling