A b d u m a j id m a d r a im o V g avhar fu zailo V a


Download 6.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/245
Sana12.10.2023
Hajmi6.54 Mb.
#1699568
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   245
Bog'liq
--Manbashunoslik.Abdumajid Madraimov

6 .1 .4 . «Sam ariya»
“Samariya” asari muallifi Abu Tohirxoja Samarqand qozisi Abu Sa’id 
ibn Abdulhayning o'g'lidir. Abu Tohirxojaning otasi ham, bobosi mavlono 
Mir Abdulhay ham o'qimishli kishilar bo'lishgan. Mavlono Mir Abdulhay 
(1755-1827) 
Samarqandda qirq yil qozikalon mansabida turgan. Shu 
bilan birga u bir talay ilmiy asarlar yozib qoldirgan. “ Havoshi shofiy bar 
sharhi Bayzaviy” , “ Sahihi B uxoriy” ning forscha sharhi, “ Z aburi 
D o vudiy” ning fo rsiy ch a s h a rh i, “ A xloqi B a h o d u rx o n ” s h u la r 
jumlasidandir. Otasi Abu Sa’idxoja (1849-yili 28 avgustda vafot etgan) 
ham keng m a’lumotli kishi bo'lgan. Fiqh va kalom, diniy aqidalami 
isbotlash ilmida benazir bo'lgan.
Sam ariya” XI bob, m uq ad d im a va xotim adan iborat b o 'lib , 
* ™ q a nd shahrining bunyod etilishi, “ Sam arqand” deb atalishining 
sa ablari, shahaming geografik holati, ob-havosi, uning XIX asming 
uc inchi choragiga qadar saqlanib qolgan osori-atiqalari va m ashhur 
Kisnilan haqida m a’lumot beradi.
53


Asaming o'zbekcha taijimasi 1921-yili samarqandlik yosh, salohiyatli 
olim Abdulmo'min Sattoriy tarafidan amalga oshirilgan edi. Lekin, og'ir 
xastalik va 1925-yil 23 iyuldagi bevaqt o'limi unga taijimani chop qilishga 
imkon bermadi. Sadriddin Ayniy 1925-yili o ‘sha yillari maorif noziri 
bo'lib ishlab turgan Abdurauf Fitratning taklifi bilan, uni tahrir qilib, 
nashrga tayyorlagan edi. Lekin, asar chop etilmay qolgan edi. S.Ayniyning 
q o 'ly o z m a si h o z ird a O 'z R FA S hi fo n d id a 6 0 0 -ra q a m ostid a 
saqlanmoqda.
''Sam ariya” asari B.Ahmedov va A.Juvonmardiyev tom onidan qayta 
nashrga tayyorlandi va 1991-yili Toshkentda chop etildi.
6 .1 .5 . «M ajm u’ a l-g ‘aroyib»
’’Majmu’ al-g'aroyib” (“G 'aroyibotlarm ajm uasi”) 1569-yili Balxxoni 
Shayboniyxon Pirmuhammadxon 1 (1546-1566/67) ning topshirig'i bilan 
yozilgan. Asar muallifi balxlik olim Sulton Muhammad bo'lib, uning 
haqida bizga quyidagilar m a’lum. Otasi mavlono Darvish Muhammad 
Balxning o'qimishli va katta nufuzga ega bo'lgan kishilaridan biri edi. 
Shayboniy hukmdorlardan Xurramshoh sulton (1506-1511) va Kistinqora 
sulton (1526-1544) davrida Balxning muftiysi lavozimida xizmat qilgan. 
O'zbek tilida she’rlar bitgan. Uning she’rlaridan namunalar ’’M ajmu’ 
al-g'aroyib”da keltiriladi. Darvesh M uham m ad muftiy 1550-yil 19- 
fevralda vafot etgan.
Asar muallifi Sulton M uhammad Balxiy ham zamonasining keng 
m a’lumotli kishilaridan bo'lgan. U, xususan tarix, geografiya, astrologiya, 
mineralogiya, ilohiyot, fiqh va adabiyot ilmlaridan boxabar kishi bo'lgan. 
Otasi vafotidan keyin uning mansabida tuigan Sulton M uhammad 1573- 
yil 12-may kuni vafot etgan.
’’M ajmu’ al-g'aroyib” asarini yozishda Sulton M uhammad al-Balxiy 
o'zidan aw al o'tgan olimlaming asarlaridan, shuningdek Balx mamlakati 
bo'ylab qilgan sayohatlari paytida to'plagan m a’lum otlaridan keng 
foydalangan. Olim foydalangan asarlar ichida bizgacha yetib kelmaganlari 
va kam m a’lum bo'lganlari ko'p. «Or al-muqaddimin* («Salaflaming 
fikrlari*), «Tarixi saqoliba*(«Slavyanlar tarixi*), «Anis ul-vahdat va jolis 
ul-xilvat* («Yolg'izlar do'sti va xilvatda o'tiruvchilar suhbatdoshi») kabi 
asarlar shular jumlasidandir.
“ M ajm u’ al-g'aroyib” ilm ahli orasida keng tarqalgan asar. Uning 
hozirgacha saqlangan qo'lyozmalari 80 dan ortiq. Uning ma’lumotlaridan 
juda ko'p olimlar foydalanganlar. Ulardan “Abdullanoma” asari muallifi
54



Download 6.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   245




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling