A. B. Pardayev, D. B. Urinbaeva, D. A. Islamova. O’zbek terminologiyasi
Download 2.71 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Baqtriya tili va yozuvi.
- So‘g‘d tili va yozuvi.
- Sak tili va yozuvi.
Qadimgi Xorazm tili va yozuvi. Qadimgi Xorazm yozuvi Oromiy
yozuvi asosida shakllangan. Xorazm alifbosi miloddan avvalgi V-III asrlarda qo‘llanilgan bo‘lib, u 22 harfdan iborat. U Katta Oybuyirqal’a, Qo‘yqirilgan qal’adan topilgan sopol idishning sirtida saqlangan. Bu manba yagona aspabarak – otliq so‘zidan iborat. A.B.Pardayev, D.B.Urinbayeva, D.A.Islamova. O’zbek terminologiyasi 41 Baqtriya tili va yozuvi. Bizgacha yuzdan ortiq baqtriylar so‘zlari yetib kelgan. Uning topilmalari milodning I asrlariga tegishlidir. Baqtriya yozuvi oromiy va qadimgi yunon alifbesiga asoslanib rivojlangan. Baqtriya tili va yozuvi namunalari Surxon vohasi, Tojikiston, Shimoliy Afg‘onistondan topilgan bo‘lib, ular uncha yaxshi o‘rganilmagan. So‘g‘d tili va yozuvi. So‘g‘diyona viloyati Zarafshon, Qashqadaryo vohalarini o‘z ichiga olgan. Milodning I-IV asrlaridan boshlab, so‘g‘d yozuvi keng hududda tarqalgan. So‘g‘d tilidagi yozma yodgorliklar Markaziy Osiyo, Qozog‘iston, Sharqiy Turkiston, Pokiston va Mo‘g‘ulistondan topilib o‘rganilgan. So‘g‘d yozuvi 17 harfiy belgidan iborat bo‘lib, u qadimgi uyg‘ur, mo‘g‘ul va manjur yozuvlari uchun asos bo‘lgan. Sak tili va yozuvi. Sak(shak)lar Markaziy Osiyo va Qozog‘istonda istiqomat qilgan ko‘chmanchi qabilalardir. Sak tilida yoritilgan eng qadimgi manba - bu Olmaota yaqinidagi Issiq qo‘rg‘oni, Andijonning Lo‘mbitepa, Termizning Fayoztepa, Afg‘onistonning Dashti Novur, Sharqiy Turkistonning Xotan vohasidan topilgandir. Bu yodgorliklar alifbesida 26 harfiy belgi mavjud. Bu yodgorliklarni o‘rganishga G.V.Beyli, M.J.Drezden, L.G.Gersenberg, I.M.Oranskiylar katta hissa qo‘shganlar. «Avesto», xorazmiy, baqtriy, so‘g‘d, sak tillaridagi ayrim atamalar, tushunchalar va nomlar hozirgi tillarda ham saqlanib ishlatilmoqda. Jumladan, «Avesto» so‘zlari bratar-birodar, aka(rus tilida brat), xapta – hafta, yetti; band – bog‘lab qo‘yish; zar – oltin; nau (nav) – yangi; ap – ob; framana – farmon; hovana – o‘g‘ir, keli; miysra – mehr, qasam, keng, yilning yettinchi oyi; Afrosiyob – Turon shohi; bod – shamol; bihisht – eng yaxshi jahon; raoshana – yorug‘, ravshan, oydin (bu so‘z Zarafshon nomida saqlangan) va hokazo. So‘g‘d tili so‘zlaridan quyidagilar hozirgi tillarda saqlangan: kand (kent) – shahar, qo‘rg‘on; tak – qurilish, gumbaz; kat – uy-joy, makon. A.B.Pardayev, D.B.Urinbayeva, D.A.Islamova. O’zbek terminologiyasi 42 Masalan: Katob (Kitob) – daryo bo‘yidagi makon, qo‘rg‘on; Chortak (Chortoq) – to‘rt qurilish, gumbaz; Navkat (Navqat) – yangi uy-joy, makon. Yozma manbalarga ko‘ra yurtimizda eng qadimgi mahalliy tillar: turkiy, fors, arab va o‘zbek tillari rivoj topgan. Ular ish yuritish va ma’muriy, adabiy va xalqaro, mahalliy qishloq va shahar tillari vazifasini bajargan 1 . Download 2.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling