A. B. Pardayev, D. B. Urinbaeva, D. A. Islamova. O’zbek terminologiyasi
Download 2.71 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Musiqaga oid terminlar
Botanika faniga oid terminlar: Argʻuvon – burchoqdoshlar
oilasiga mansub bahorda gullaydigan qizil gulli daraxt; binafsha – gunafshadoshlarga mansub, koʻp yillik oʻtsimon oʻsimlik; boʻstonafroʻz – gultojixoʻroz; yigʻoch – daraxt, yogʻoch; lola – koʻp yillik yovvoyi oʻsimlik turi, lolaqizgʻaldoq; mugʻilon – choʻlda oʻsuvchi tikonli oʻsimlik; nargis – chuchmomadoshlar oilasiga mansub xonakilashtirilgan sariq, oq rangli bahor guli; nasrin (nastarin) – 1 Alisher Navoiy. Qomusiy lug’at. 3 jildlik. 1-jild. – Toshkent: Sharq, 2016. A.B.Pardayev, D.B.Urinbayeva, D.A.Islamova. O’zbek terminologiyasi 72 zaytundoshlar oilasiga mansub bargi toʻkiladigan boʻta yoki daraxtlar turkumi; nilufar – nilufarguldoshlarga mansub suvda oʻsadigan gul; rayhon – lolaguldoshlar oilasiga mansub bir yillik oʻt; ra’no – bir tomoni qizil, bir tomoni sariq rangdagi gul; sabza – yashillik, koʻkat, maysa; savsan – ignabarglilar oilasiga mansub oʻsimlik; sandal – marjonoʻtdoshlar oilasiga mansub doim yashil oʻsimlik, yoqimli hid taratuvchi daraxt; sarv – janubda tik oʻsadigan, ignabargli, doim yashil daraxt; suman – yasmin guli; Musiqaga oid terminlar: Abdor - oʻrta asrlar musiqa ilmining amaliy qismi; ayolgʻu - oʻtmishda mashxur boʻlgan oʻlan va yallalarning muayyan turi; argʻunun – damli, klavishli trubalarga yuborilgan havo yordamida chalinadigan asbob; argʻushtak – raqsga moslangan musiqiy usul; bayot – 12 maqom tizimi hamda shashmaqom tarkibida muayyan shubalar nomi; bam - yoʻgʻon tor, bas tovushini beradigan tor turi; barbat – ud sozining qadimgi oʻtmishdoshi boʻlgan musiqa asbobi; bozgʻoʻy – kuy ijro jarayonida takrorlanadigan jumla, naqorat; yotugʻon – turkiy xalqlarning qadimgi mashxur torli musiqa asbobi; zer (zir) – baland tovush; yir (jir) - oʻzbek, qozoq xalqlarida qoʻshiq; mutrib - cholgʻuchi, sozanda; Download 2.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling