A. B. Pardayev, D. B. Urinbaeva, D. A. Islamova. O’zbek terminologiyasi
Download 2.71 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5-topshiriq.
3-topshiriq. Abulgʻozi Bahodirxonning «Shajarai turk» asarida keltirilgan terminlarni ma’nosiga koʻra moslashtiring. 1. handasa A geometriya 2. nujum B astrologiya 3. malik C hukmdor 4. yarg‘uchi D qozi 5. yarisha E ko‘rshapalak Javob 1- 2- 3- 4- 5- 4-topshiriq. Eng maqbul javobni tanlang. 1. Qaysi asar to‘rt qismdan iborat bo‘lib, birinchi qismda ismlar, ikkinchi qismda fe’l masdari buyruq mayli, uchinchi qismda so‘zlarning turlanishi va fe’llarining tuslanishi, to‘rtinchi qismda so‘zlarning qo‘llanish qoidalari haqida mulohaza yuritilgan? A) «Tarjumon turki va ajami va mo‘g‘ali» B) «At-tuhfa» S) «Minerologiya» D) «Kimyo» 2. … ta’kidlaganidek, devon faqat izohli lug‘atgina bo‘lib qolmay, XI asr tilining fonetika va grammatikasi hamdir. A) S.Mutallibov B) A.Hojiyev S) Sh.Rahmatullayev D) U.Tursunov 3. Mahmud Qoshgʻariy devonda eng kam harfli ism …, eng ko‘p harfli ism …. harfli deb ko‘rsatadi. A) ikki, yetti B) uch, besh A.B.Pardayev, D.B.Urinbayeva, D.A.Islamova. O’zbek terminologiyasi 75 S) toʻrt, besh D) uch, olti 4. .... o‘z davridagi turkiy qabilalarning so‘z boyligi, lug‘atini izohlashga, so‘zlarning ma’no va ma’no nozikliklarini ochib berishga, turli qabila tillari o‘rtasidagi xarakterli fonetik va morfologik farqlarni ko‘rsatishga mo‘ljallangan. A) «Devonu lug‘otit turk» B) «Tarjumon» S) «At-tuhfa» D) «Kitob ul-bulg‘ot» 5. …. ning leksik tarkibi taxminan 8000 ga yaqin so‘zlardan iborat bo‘lib, 1729 tasi ot, 1185 tasi fe’l, 313 tasi sifat, 92 tasi son, 53 tasi olmosh, 34 ravish, 22 tasi bog‘lovchi, 32tasi ko‘makchi, 7 tasi yuklama, 6tasi undovlardir. A) «Devonu lug‘otit turk» B) «Tarjumon» S) «At-tuhfa» D) «Kitob ul-bulg‘ot» 5-topshiriq. Alisher Navoiy asarlarining qomusiy lugʻatidan olingan botanika faniga oid terminlarni bir-biriga moslashtiring. 1. Boʻstonafroʻz A gultojixoʻroz 2. Ra’no B bir tomoni qizil, bir tomoni sariq rangdagi gul 3. Suman S yasmin guli 4. mugʻilon D choʻlda oʻsuvchi tikonli oʻsimlik 5. binafsha E gunafshadoshlarga mansub, koʻp yillik oʻtsimon oʻsimlik 6. rayhon F lolaguldoshlar oilasiga mansub bir yillik oʻt 7. yigʻoch G daraxt, yogʻoch 8. nilufar H nilufarguldoshlarga mansub suvda oʻsadigan gul Download 2.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling