A. B. Pardayev, D. B. Urinbaeva, D. A. Islamova. O’zbek terminologiyasi
Sho‘rolar davri o‘zbek tili terminologiyasi
Download 2.71 Mb. Pdf ko'rish
|
2.4. Sho‘rolar davri o‘zbek tili terminologiyasi Reja: 1. XIX asrning 70-yillarida o‘zbek terminologiyasi. 2. Ulug‘ Tursunov va o‘zbek tili terminologiyasi. 3. Sho‘rolar davrida o‘zbek tili terminologiyasining rivoji. Tayanch tushunchalar: rus tili, soha terminologiyasi, terminologik lug‘atlari, arab va fors tilidan o‘zlashgan terminlar, o‘zlashgan termin. XIX asrning 70-yillaridan e’tiboran o‘zbek terminologiyasi rus tili orqali G‘arbiy Yevropa tillaridan kirib kelayotgan o‘zlashmalar ta’sirida rivojlandi. Sho‘rolar hukmronligi vaqtida o‘zbek tili terminologiyasi yangi tushunchalar va ularni ifodalovchi haddan tashqari ko‘p miqdordagi o‘zlashma terminlar hisobiga kengaydi. Soha terminologiyasi tizimining vujudga kelishida sof o‘zbekcha leksik birliklar qatori ruscha-baynalminal terminlarning roli yuqori bo‘ldi. Bu jihat, ayniqsa, tabiiy fanlarga xos terminologik tizimda yaqqol ifodasini topdi. A.B.Pardayev, D.B.Urinbayeva, D.A.Islamova. O’zbek terminologiyasi 79 O‘zbek tili terminshunoslik sohasining hozirgi darajasi, ilmiy qiymati bevosita rus hamda boshqa xalqlar terminshunoslarining ishlari bilan chambarchas bog‘liq. Shu jihatdan qaraganda, N.A.Baskakov, L.A.Bulaxovskiy, G.O.Vinokur, V.V.Vinogradov, A.A.Reformaskiy, D.S.Lotte, S.A.Chapligina, T.L.Kandelaki, V.P.Danilenko kabi o‘nlab terminshunos olimlarning izlanishlari o‘zbek terminshunosligining qaror topishiga o‘zining katta hissasini qo‘shdi. Turkiy xalqlar tilshunoslarining, jumladan, M.Sh.Gasimov, B.U.Oruzbayeva, R.A.Urekenova, F.S.Faseyev kabi olimlarning ishlari ham o‘zbek terminologiyaning rivojiga ulkan hissa bo‘lib qo‘shildi. XX asrning 30-yillari o‘zbek tilining ko‘plab terminologik lug‘atlari tuzilib nashr etildi. Shu jarayonda terminlar tarixi, terminlarning ma’no va mavzu guruhlari, grammatik tuzilishi va yasalishi, taraqqiyot yo‘li va boyish manbalari haqidagi nazariy masalalar ham ishlab chiqildi. Birinchilardan bo‘lib Ulug‘ Tursunov o‘zbek tili terminologiyasi masalalariga oydinlik kiritishga harakat qildi: «Til – terminologiyada burjuaziya intilishlariga qarshi», «O‘zbek terminologiyasi masalalari», «O‘zbek adabiy tilida so‘z – terminlar tanlash prinsiplari» kabilar. Bu asarlarda terminlarni hosil qilish, to‘plash, tartibga solish, unifikatsiyalash va nashr yetish sohasidagi turli xil qarashlar va tushunchalar haqida mulohaza yuritiladi. Bundan tashqari, terminologiya sohasida ro‘y bergan va ro‘y berayotgan chalkashliklar yaqqol ko‘zga tashlana boshlashi ta’kidlanadi. Masalan, bir tushunchaning turlicha atalishi va yozila boshlashi; aniq va ixcham terminlar o‘rniga uzundan uzoq izohlarning berilishi; termin yaratishda ona tili imkoniyatlaridan kam foydalanish; o‘zbek terminologiyasini boyitishdagi manbalardan biri tashqi omilga turlicha yondashish faktlari mavjudligi ko‘rsatildi. Prof. U.Tursunovning terminologiya masalalariga bag‘ishlangan asarlarida ikki muammo alohida o‘rin tutadi: 1.Terminlarning qo‘llanilishi. 2. Terminologiyaning boyish manbalari. A.B.Pardayev, D.B.Urinbayeva, D.A.Islamova. O’zbek terminologiyasi 80 Terminlar qo‘llanilishi haqida fikr yuritar ekan prof. U.Tursunov ularni uch guruhga ajratib tahlil qiladi: a) bir sohada qo‘llaniladigan terminlar; b) har xil sohada qo‘llaniladigan terminlar; v) termin ham oddiy so‘z sifatida qo‘llaniladigan terminlar. Prof. U.Tursunov asarlarida o‘zbek tili terminologiyasining boyish manbalari batafsil yoritilgan. O‘z asarlarida U.Tursunov o‘zbek tili terminologik tizimining ichki va tashqi manbalar hisobiga rivojlanishi haqida ma’lumot beradi. O‘z asarlarida U.Tursunov o‘zbek tili terminologik tizimining ichki va tashqi manbalar hisobiga rivojlanishi haqida ma’lumot beradi 1 . Har bir tilda bo‘lganidek, o‘zbek tilida ham u yoki bu tushunchani ifodalash uchun bir qancha usullardan foydalanadilar. Ular quyidagilardan iborat: 1. Terminlarning semantik yo‘l hisobiga boyishi. 2. Terminlarning morfologik usul bilan yasalishi. 3. Terminlarning sintaktik yo‘l bilan yasalishi. Qator terminologik sistemalarda semantik yo‘l bilan termin yasashdan unumli foydalanib keladilar. Chunki semantik so‘z yasash terminologiyada amal qilinadigan doimiy va an’anaviy yo‘ldir. Terminlarni tekshirish jarayonida qator leksik qatlamlar semantik o‘zgarish tufayli terminologik sistemadan joy olishi mumkinligini ko‘rsatdi. Ular biror ma’noni ifodalash uchun xizmat qiladigan o‘zbek tilining odatdagi so‘zlaridir. Ulardan termin sifatida foydalanadilar: 1. Download 2.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling