A.B.Pardayev, D.B.Urinbayeva, D.A.Islamova. O’zbek terminologiyasi
154
3-topshiriq. Mavzu yuzasidan 15 slayddan kam bo‘lmagan
prezentatsiya va videorolik yarating.
4-topshiriq. So‘zning terminga, terminning so‘zga o‘zgarishi,
obrazli so‘z va termin munosabatiga 10 ta misol toping. Har bir topgan
misolni o‘tish jarayoni chizmasini chizing va qoliplashga harakat qiling.
5-topshiriq. Mavzu yuzasidan ilmiy-ommabop
maqola yozing va
«Samarqand universiteti» gazetasida nashr ettiring.
3.5. O‘zbek terminologiyasida dubletlik
Reja:
1. Terminlarning sinonimligi.
2. Dublet va sinonimning farqi.
3. Dubletning hosil bo‘lish omillari.
4. Dubletlarning turlari.
Tayanch tushunchalar: dubletlik – absolyut sinonimiya, leksik
dubletlar, absolyut sinonimlar, mutlaq sinonimlar, leksik dublet,
morfologik dublet, sintaktik dublet, etimologik dubletlar va sohalararo
dubletlar.
Tillarda, jumladan, o‘zbek tilida ham
biror tushunchani ifodalash
maqsadida, avvalo, bitta lug‘aviy birlikdan foydalaniladi. Shu bilan
birga, muayyan bir tushuncha ikki va undan ortiq lug‘aviy
birlik
vositasida ham ifodalanadi. Bunday lug‘aviy birliklar shaklan har xil
bo‘lsa-da, faqat bitta ma’noni anglatadi.
Tilshunoslikda, xususan,
terminshunoslikda bunday leksemalar qatori xilma-xil atalayotganligini
ta’kidlab o‘tamiz. Masalan:
dubletlik –
absolyut sinonimiya
1
;
leksik
Do'stlaringiz bilan baham: