A. B. Pardayev, D. B. Urinbaeva, D. A. Islamova. O’zbek terminologiyasi


Download 2.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet108/152
Sana21.09.2023
Hajmi2.71 Mb.
#1683461
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   152
3-topshiriq. Oʻzingiz oʻqiyotgan badiiy asaringizdan topgan 
terminlarni guruhlang va shular asosida gazetaga maqola yozing. 
4-topshiriq. Oʻzingiz oʻqiyotgan badiiy asaringizdan topgan 
terminlarni bittasini tanlab, «Idrok xaritasi» yarating.


A.B.Pardayev, D.B.Urinbayeva, D.A.Islamova. O’zbek terminologiyasi 
176 
5-topshiriq. Mavzu yuzasidan 15 slayddan kam bo‘lmagan 
prezentatsiya yoki videorolik yarating. 
4.2. Terminlarning struktur tuzilishi 
Reja: 
1. Terminlarning struktur tuzilishi. 
2. Sodda termin. 
2. Qo‘shma termin. 
3. Birikma va murakkab termin. 
Tayanch tushunchalar: o‘zbek terminlari, struktur tuzilishi
sodda terminlar, qo‘shma terminlar, juft terminlar, birikma terminlar
qisqartma terminlar. 
Terminlar xususiyatiga ko‘ra turli xil shakl va ma’nolarda 
qo‘llanilgan bo‘lib, ularning struktur-grammatik tuzilishini aniqlash 
maqsadida terminlarni shakl strukturasiga ko‘ra tavsiflash, terminlarning 
struktural-grammatik xususiyatlari haqida fikrlar xilma-xildir. Jumladan, 
I.Ismoilov
1
qon-qarindoshlik terminlarini strukturasiga ko‘ra ikkiga 
ajratadi: 1) tub so‘z bilan ifodalangan terminlar: ona, bola, qiz, aka, 
opa,jiyan, tog‘a, amma va boshqalar; 2) qo‘shma so‘z bilan ifodalangan 
terminlar: ammavachcha, qayinona, kattabuvi, o‘gayona kabi. 
M.Saidovaning fikricha, «qon-qarindoshlik terminlarining tarkibi 
unchalik ko‘p emas, alohida tillar bo‘yicha olinganda ham ularning soni 
o‘ttiztadan oshmaydi. Deyarli barcha turkiy tillar, xususan, o‘zbek tili va 
shevalarida qon-qarindoshlik terminlari bir o‘zakli so‘zlardan iborat 
bo‘lib, nikohdan keyin paydo bo‘lgan terminlargina, ikki o‘zak 
(qo‘shma so‘z)dan iborat»
2

M.Narziyeva qon-qarindoshlik terminlarini strukturasiga ko‘ra 
ikkiga ajratadi: 1) sodda (tub) terminlar: opa, qiz, aka, jiyan, tog‘a, 
1
Исмоилов И. Туркий тилларда қавм-қариндошлик терминлари. – Тошкент: “Фан”, 1966. – 8-б.
2
Саидова М.Ш. Наманган шеваларидаги қариндошлик терминларининг лексик-семантик таҳлили. НДА. –
Тошкент, 1995, -24 б. 


A.B.Pardayev, D.B.Urinbayeva, D.A.Islamova. O’zbek terminologiyasi 
177 
nevara,bobo, buvi va boshqalar; 2) qo‘shma terminlar: amakivachcha, 
xolavachcha, qayinota, o‘gay o‘g‘il kabi
1

Har qanday tilning lug‘aviy boyligi ko‘p davrlarning mahsulidir. 
Tilda biror so‘z paydo bo‘lishi bilan birga uning lisoniy tuzilishi ham 
o‘zgarib, shakllanib va qat’iylashib boradi. Tilda ba’zi so‘zlarning tub 
so‘z holatida saqlangani, aslida yasama bo‘lgan ba’zi so‘zlarning 
hozirda tub so‘z sifatida tushunilishi, tub so‘zlardan yasama so‘zlarning 
hosil qilinishi, ba’zi qo‘shma so‘zlarning sodda so‘z shakliga, ayrim 
birikma tipli so‘zlarning qo‘shma so‘z shakliga kelib qolishi va 
boshqalar qayd qilingan tarixiy o‘zgarish va rivojlanish natijasidir. 
Terminlar 
til 
sistemasining 
boshqa 
birliklaridan 
tarkibiy 
tuzilmasining murakkabligi bilan ajralib turadi. O‘zbek terminlarini 
struktur jihatdan quyidagi guruhlarga ajratish mumkin: 1) sodda 
terminlar: burg‘ilash, shibbalash, planirovkalash, rejalash, shosse, shtir
2) qo‘shma terminlar: qalamto‘sin, yarimko‘prik, suvto‘siq, ravoqqulf, 
chokto‘ldirma; 3) juft terminlar: bitumli-gruntli, sement-tuproqli, asfalt-
beton, temir-beton, termos-bunker; 4) birikma terminlar: yo‘l qoplamasi, 
yo‘l poyi, yo‘l chetidagi ariq (kyuvet); 5) qisqartma terminlar: ABT 
(avtomatlashtirilgan boshqaruv sistemasi) QTL (qurilishni tashkil etish 
loyihasi) TMB (tosh maydalaydigan baza) kabilar. Birikma terminlar 
struktur jihatdan ikki uzvlidan yetti uzvligacha terminlarga bo‘linadi
2
.
Ayrim adabiyotlarda 3, ayrimlarida 4 turga bo‘linadi. Terminlar 
tuzilishi jihatdan quyidagi turlarga bo‘linadi: 
1. Sodda terminlar.
2. Qo‘shma terminlar.
3. Birikma terminlar. 

Download 2.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   152




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling