A. B. Pardayev, D. B. Urinbaeva, D. A. Islamova. O’zbek terminologiyasi
Download 2.71 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tub terminlar
Sodda terminlar - tarkibida so‘z yasovchi va so‘z o‘zgartiruvchi
affikslarning bor-yo‘qligiga qaramay, yolg‘iz bir o‘zakdan yoki 1 Н арзиева М.Ж. Семантическая структура имен существительных возрастной характеристики лица в узбекском языке. Автореф. дис… канд. филол. наук. – Ташкент, 1992. – 26 с. 2 Валиев Т.Қ. Ўзбек тили йўлсозлик терминларининг структур-семантик хусусиятлари ва лексикографик талқини. Фалсафа доктори диссертацияси (PhD) автореферати. – Самарқанд, 2018. - Б.13. A.B.Pardayev, D.B.Urinbayeva, D.A.Islamova. O’zbek terminologiyasi 178 negizdan paydo bo‘lgan, birgina lug‘aviy ma’noli qism bo‘lgan so‘z hisoblanadi. Masalan: qo‘shin, shtab, avtomat (harbiy); panjara, shpal, yog‘och (yog‘ochsozlik); voris, guvoh (yuridik). Sodda terminlar ikki guruhga bo‘linadi: 1. Tub terminlar – yolg‘iz o‘zakdan hosil bo‘lgan terminlar: bola, jiyan, tog‘a (qarindoshlik); mebel, go‘sha, eshik (yog‘ochsozlik); jarima, huquq, jazo (yuridik). Yasama terminlar – tub terminlarga biror yasovchi affiksning qo‘shilishi bilan hosil bo‘lgan terminlar: mebelsozlik, duradgorlik (yog‘ochsozlik); dalolatchi, jinoyatchi (yuridik). Affiksatsiya usuli bilan so‘z yasash asosan doimiy jarayon bo‘lsa ham, lekin affikslarning tarkibi va miqdori o‘zgaruvchan bo‘lgan. Ba’zi bir affikslar hozirgi davrda mahsulsiz affikslarga aylangan, yangi affikslar vujudga kelgan, biri-ikkinchisi bilan almashtirilgan, ba ’zi affikslar o‘zak bilan chatishib ketgan, affikslar allomorflari, omonimlari rivojlangan, affiksal bloklar va yarim affikslar bloki ko‘paygan 1 . Masalan, bildiruv, serjant, nazoratchi. Yarim affikslar o‘z mohiyatiga ko‘ra so‘z yasalishining ikki asosiy usulini o‘zida mujassamlashtiradi. Yarim affikslar sodda va murakkab affikslar shakllarida bo‘lib, ko‘pincha fe’lning hozirgi zamon o‘zagi hamda ot so‘z turkumiga xos so‘zlardan iborat bo‘ladi. Yarim affikslarning affikslardan farqi ular o‘z ma’nosini aniqroq saqlab qolgan bo‘ladi. Yarim affikslar sifatida hozirgi zamon fe’l negizi va ot yarim suffikslaridan tashqari prefiksli fe’llar, qo‘shma fe’llar va frazeologik birikmalar ham so‘z yasashda ishtirok etadi. Yarim affikslar umumiy fe’li ma’nosini saqlab qolgan bo‘lsa ham ammo tobora mavhumlashib kengroq ma’nolarda qo‘llanilmoqda. Hozirgi davrda keng qo‘llaniladigan yarim affikslardan: - aniz, - pazir, - avar, - za, - parvar, - gara, - kah va boshqa fe’l negizlari, shuningdek, - bandi, - gari, - bini, - rizi va shu turdagi boshqa affiks 1 Quronbekov A. Fors tili leksikologiyasi. - Toshkent, 2009. B.16. A.B.Pardayev, D.B.Urinbayeva, D.A.Islamova. O’zbek terminologiyasi 179 bloklarini keltirish mumkin 1 . Masalan, otish tayyorgarligi, topografiya, mustaqil tayyorgarlik, loyihalash, transportyor. Download 2.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling