A. B. Pardayev, D. B. Urinbaeva, D. A. Islamova. O’zbek terminologiyasi


Download 2.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet117/152
Sana21.09.2023
Hajmi2.71 Mb.
#1683461
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   152
+ anatomik leksema» qolipli terminlar: kapalakqanot, mushukquyruq, 
sigirquyruq, otquloq, bo‘tako‘z, echkiichak, echkisoqol, eshakmiya, 
cho‘chqayol
2. «Zoologik termin + botanik termin» qolipli botanik terminlar: 
baqajo‘xori, baqaterak, baqayaproq va b. 
3. «Zoologik termin + boshqa soha termini yoki oddiy 
leksema» qolipli botanik terminlar: pashshaqopqon, to‘ng‘iztaroq, 
qushqo‘nmas, pashshaqo‘nmas va boshqalar. 
4. «Botanik termin + botanik termin» qolipli botanik terminlar: 
gulkaram
1
Усмонов С. Метафора / Ўзбек тили ва адабиёти, 1964. – №4. – Б. 39. 
2
Мукаррамов М. Кўчимларнинг ўзаро муносабати / Ўзбек тили ва адабиёти, 1976. - №5. - Б. 53. 


A.B.Pardayev, D.B.Urinbayeva, D.A.Islamova. O’zbek terminologiyasi 
189 
Keltirilgan botanik terminlardan ma’lumki, zoologiya sohasiga oid 
terminning qaysidir xususiyati o‘simliklarda mavjud bo‘lganligi bois 
zootermin bilan birga ifodalanadi
1
. 
Bir predmetda mavjud belgi boshqa bir predmet tasavvurini 
jonlantirishi natijasida shakllangan qo‘shma terminlar o‘xshatish 
obyekti, o‘xshatish obrazi va o‘xshatma belgining o‘zaro munosabati 
asosida shakllanadi. Mazkur qo‘shma terminlarda o‘xshatish obyekti 
umumiylikni anglatadi, o‘xshatish obrazi xususiylikni anglatib, 
umumiylik anglatgan denotatning farqlovchi belgisi mavqeyida bo‘ladi. 
Bu jarayonda o‘xshatma belgi umumiylik va xususiylikni bog‘lovchi bir 
rishta vazifasini bajaradi. Bundan tashqari, bunday shakllangan 
terminlarda ellipsisning ishtiroki ham mavjud. Ularning quyidagi tiplari 
bor: 
itsichqonlar, 
tiyinsichqonlar, 
yo‘lbarsot, 
kalamushkengru, 
qo‘ykaltakesak, mushukilonlar
2
.
  B.M.Mirsanov doktorlik dissertatsiyasida o‘simlik nomlari 
orasida 
daraxt 
so‘zi 
aniqlanmish 
mavqeida, 
aniqlovchi 
esa 
adyektivlashgan ot orqali shakllangan qo‘shma terminlar ham 
birmuncha keng tarqalganligi xususida fikr bildiradi. 
Uning 
ta’kidlashicha, bularning ayrimlari o‘xshatishga asoslangan bo‘lib, 
baxmaldaraxt, atlasdaraxt, loladaraxt, mamontdaraxt, mumdaraxt, 
mo‘jizadaraxt, ajdardaraxt, temirdaraxt, qovundaraxt, marjondaraxt
satindaraxt kabi shakllangan. Ayrimlari esa daraxt po‘stlog‘i, yog‘ochi, 
mevasi tarkibidan biror narsa olinishi, biron narsa tayyorlanishi asosida 
shakllangan 
qo‘shma 
terminlardir: 
sovundaraxt, 
suvdondaraxt, 
sutdaraxt, qalamdaraxt, qog‘ozdaraxt kabi.
1
Исмоилов Ғ.М.
Ўзбек тили терминологик тизимларида семантик усулда термин ҳосил бўлиши. НДА. –
Тошкент, 2011. –Б.9-10. 
2
Мирсанов Б.М. Ўзбек тили терминологиясида иккиламчи номлашлар ва уларнинг мотивлашуви (ўзбек 
тили зоонимлари ва фитонимлари мисолида). Фалсафа доктори диссертацияси (PhD) автореферати. – 
Самарқанд, 2018. - Б.13. 


A.B.Pardayev, D.B.Urinbayeva, D.A.Islamova. O’zbek terminologiyasi 
190 
Hayvonning biror belgili a’zosi nomi bilan shakllangan qo‘shma 
terminlar ham anchagina bor. Ular odatda sifatlovchi–sifatlanmish 
modelida bo‘ladi: oqquyruq, arslonquyruq, ayiqtovonlar, bo‘tako‘z, 
itburun, itog‘iz, kiyikpanja, moralquloq, otquloq kabi. Hayvon va uning 
a’zosi nomi bilan shakllangan qo‘shma nomlarda assotsiativ 
tafakkurning o‘xshatish assotsiatsiyasi qonuniyati muhim rol o‘ynaydi. 
Shunga muvofiq tarzda o‘xshatish obyekti, o‘xshatish obrazi va 
o‘xshatma belgi munosabati orqali kechgan jarayon ta’sirida o‘xshatish 
oborotiga teng keladigan aniqlovchi komponentdan va o‘simlik nomidan 
iborat murakkab nom yuzaga keladi. Keyingi bosqichda ro‘y beradigan 
ellipsislashuv jarayoni natijasida o‘xshatish obrazining nomidan iborat 
komponentlar o‘simlikning qo‘shma nomiga aylanadi.
Qush va uning a’zosi nomi o‘xshashlik assotsiatsiyasi qonuniyati 
asosida kechib, nomini kutayotgan o‘simlikning biror belgisini 
anglatadi. 
Bu 
jarayon 
metaforik 
ko‘chim 
deb 
baholanadi: 
laylaktumshuq, zag‘chako‘z, chumchuqko‘z, qarg‘ako‘z, qarg‘atirnoq, 
qushtirnoq, g‘ozoyoq, g‘ozpanja. 
Qo‘shma terminlarning o‘ziga xos xususiyatiga ko‘ra qo‘shma 
terminlarni ikkiga ajratish mumkin: 
1. Qismlari qo‘shib yoziladigan terminlar: qaynona, qaynota, 
qaynopa, qayinsingil, ammavachcha, laylaktumshuq, zag‘chako‘z,
2. Qismlari ajratib yoziladigan terminlar: katta oyi (ona), katta 
dada (ota), oppog‘ dada, oppoq oyi, nabira kelin (kuyov), quda xola, 
quda buva, quda buvi, o‘gay ona, o‘gay ota, o‘gay o‘g‘il (qiz): Badiiy 
asarlarda mazkur terminlarning ma’no va qo‘llanish doirasi bir-biridan 
farqlanadi. Jumladan, katta oyi, katta ona terminlari buvi – otaning yoki 
onaning onasi ma’nosida ishlatiladi: Saltining onasi bilan katta onasi 
uni o‘zi tenglik yosh qizlar bilan birga olis joyga yuborarkan, ehtiyot 
tomonini ham unutmagan edilar (Kecha va kunduz, 27-b.). Ba’zi 
asarlarda esa bek oyi, ya’ni uyning katta bekasiga nisbatan xizmatkorlari 
tomonidan hurmat yuzasidan murojaat etishda keng qo‘llaniladi: Katta 


A.B.Pardayev, D.B.Urinbayeva, D.A.Islamova. O’zbek terminologiyasi 
191 
oyi, ko‘rmanani bering-chi, men sizning qochqoq keliningizni tutib 
keldim,- dedi Hasanali yo‘lakka qarab (O‘tkan kunlar, 382-b.).
«Kecha va kunduz» asarida katta aya yoki kichik aya shaklida 
katta xotinning farzandlari onasining kundoshlariga nisbatan yoshiga 
qarab ifodalashi kuzatiladi: - Men sizdan so‘roqsiz chaqirishga 
botinolmadim, ikkovimiz maslahatlashib ertangi kunga kichik ayam 
chaqirib keldi (Kecha va kunduz, 53-b.). Katta dada, (ota) termini buva 
so‘zining sinonimi sifatida ishlatiladi: Katta dadam: «Chalma, sen 
naychi bo‘lasanmi, yomon ko‘raman», deydi (Qutlug‘ qon, 38-b.).
 
 

Download 2.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   152




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling