A. B. Pardayev, D. B. Urinbaeva, D. A. Islamova. O’zbek terminologiyasi
Download 2.71 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Komponentlari bir leksik qatlamga mansub so‘z birliklaridan hosil etilgan qo‘shma terminlar.
2. Determinativlar. Determinativ qo‘shma terminlarda «ot
bilan ot», «ot - sifat», «son bilan ot», «olmosh bilan ot» va hokazolar biri-birini aniqlab keladi: pogon, zirhli, granatamyot, general leytenant, qo‘mondon. Ma’lumki, o‘zbek xalqi qadimdan boshqa xalqlar bilan hamkorlikda, qo‘shnichilikda yashab kelgan. Shunga ko‘ra, tilimizda ayrim komponentlari arabcha, forscha yoki ruscha-baynalminal bo‘lgan, hatto har ikkala qismi ham muayyan (o‘zbek tilidan boshqa) til materialidan yasalgan qo‘shma so‘zlar va terminlar uchraydi. Demak, qo‘shma terminlarning komponentlari genetik materialiga ko‘ra turlicha. Shunga ko‘ra, ya’ni qo‘shma terminlarni ularni tashkil etgan komponentlarining kelib chiqish materialiga ko‘ra ikki guruhga ajratish mumkin: 1) bir tildagi qatlamga mansub so‘z birliklaridan hosil etilgan qo‘shma terminlar; 2) turli tillarga mansub so‘z birliklaridan hosil etilgan qo‘shma terminlar 2 . 1 Quronbekov A. Fors tili leksikologiyasi. - Toshkent, 2009. - B.17. 2 Мадвалиев А. Ўзбек терминологияси ва лексикографияси масалалари. – Тошкент, 2017. – Б.60. A.B.Pardayev, D.B.Urinbayeva, D.A.Islamova. O’zbek terminologiyasi 186 1. Komponentlari bir leksik qatlamga mansub so‘z birliklaridan hosil etilgan qo‘shma terminlar. Bunday qo‘shma terminlar ham o‘z navbatida ikkiga bo‘linadi: a) o‘zbek tilida avvaldan qo‘llanib kelingan o‘zbekcha, arabcha, forscha so‘zlarning o‘zaro qo‘shilishidan yuzaga kelgan qo‘shma terminlar. Bunday terminlar quyidagi ko‘rinishlarga ega: Ot+ot modelida yasalgan qo‘shma terminlar. Bu model botanika, zoologiya singari tabiiy fanlarda, ularning terminologik tizimida mahsuldor hisoblanadi. Masalan: ayiqtovon, ituzum, tuyaqush (botanika) kabi. Keyingi davrda texnikaning bir qator terminologik tizimlarida ham shu tipidagi qo‘shma terminlar miqdori ortib bormoqda: qismfazo, tagmaxraj, ustmaydon, olovbardoshlik (fizika-matem.); qayin ona, katta buva (qarindoshlik); tintuv qilish, huquqni cheklash (yuridik) kabi. Sifat+ot modelida yasalgan qo‘shma terminlar ko‘proq tabiiy fanlar terminotizimida uchraydi: to‘g‘ri burchak, qo‘shbog‘, issiqbardoshlik, sovuqbardoshlik (fizika-matem.); huquqiy norma, yuridik konsultant (yuridik) kabi. Son+ot modelida yasalgan qo‘shma terminlar matematika fanida ko‘proq qo‘llaniladi: uchhad, birhad, o‘nyoq, beshyoq, yarim doira, yarimyig‘indi, yarimfazo, yarimo‘tkazgich (fizika-matem.) kabilar. Download 2.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling