A. B. Pardayev, D. B. Urinbaeva, D. A. Islamova. O’zbek terminologiyasi


Download 2.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet114/152
Sana21.09.2023
Hajmi2.71 Mb.
#1683461
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   152
2. Determinativlar. Determinativ qo‘shma terminlarda «ot 
bilan ot», «ot - sifat», «son bilan ot», «olmosh bilan ot» va 
hokazolar biri-birini aniqlab keladi: pogon, zirhli, granatamyot, general 
leytenant, qo‘mondon. 
Ma’lumki, o‘zbek xalqi qadimdan boshqa xalqlar bilan 
hamkorlikda, qo‘shnichilikda yashab kelgan. Shunga ko‘ra, tilimizda 
ayrim komponentlari arabcha, forscha yoki ruscha-baynalminal bo‘lgan, 
hatto har ikkala qismi ham muayyan (o‘zbek tilidan boshqa) til 
materialidan yasalgan qo‘shma so‘zlar va terminlar uchraydi. Demak, 
qo‘shma terminlarning komponentlari genetik materialiga ko‘ra turlicha. 
Shunga ko‘ra, ya’ni qo‘shma terminlarni ularni tashkil etgan 
komponentlarining kelib chiqish materialiga ko‘ra ikki guruhga ajratish 
mumkin: 1) bir tildagi qatlamga mansub so‘z birliklaridan hosil etilgan 
qo‘shma terminlar; 2) turli tillarga mansub so‘z birliklaridan hosil 
etilgan qo‘shma terminlar
2

1
Quronbekov A. Fors tili leksikologiyasi. - Toshkent, 2009. - B.17.
2
Мадвалиев А. Ўзбек терминологияси ва лексикографияси масалалари. – Тошкент, 2017. – Б.60. 


A.B.Pardayev, D.B.Urinbayeva, D.A.Islamova. O’zbek terminologiyasi 
186 
1. Komponentlari 
bir 
leksik 
qatlamga 
mansub 
so‘z 
birliklaridan hosil etilgan qo‘shma terminlar. Bunday qo‘shma 
terminlar ham o‘z navbatida ikkiga bo‘linadi:
a) o‘zbek tilida avvaldan qo‘llanib kelingan o‘zbekcha, 
arabcha, forscha so‘zlarning o‘zaro qo‘shilishidan yuzaga kelgan 
qo‘shma terminlar. Bunday terminlar quyidagi ko‘rinishlarga ega: 
Ot+ot modelida yasalgan qo‘shma terminlar. Bu model botanika
zoologiya singari tabiiy fanlarda, ularning terminologik tizimida 
mahsuldor hisoblanadi. Masalan: ayiqtovon, ituzum, tuyaqush (botanika) 
kabi. Keyingi davrda texnikaning bir qator terminologik tizimlarida ham 
shu tipidagi qo‘shma terminlar miqdori ortib bormoqda: qismfazo, 
tagmaxraj, ustmaydon, olovbardoshlik (fizika-matem.); qayin ona, katta 
buva (qarindoshlik); tintuv qilish, huquqni cheklash (yuridik) kabi.
Sifat+ot modelida yasalgan qo‘shma terminlar ko‘proq tabiiy 
fanlar 
terminotizimida 
uchraydi: 
to‘g‘ri 
burchak, 
qo‘shbog‘, 
issiqbardoshlik, sovuqbardoshlik (fizika-matem.); huquqiy norma, 
yuridik konsultant (yuridik) kabi.
Son+ot modelida yasalgan qo‘shma terminlar matematika fanida 
ko‘proq qo‘llaniladi: uchhad, birhad, o‘nyoq, beshyoq, yarim doira, 
yarimyig‘indi, yarimfazo, yarimo‘tkazgich (fizika-matem.) kabilar.

Download 2.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   152




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling