A. B. Pardayev, D. B. Urinbaeva, D. A. Islamova. O’zbek terminologiyasi
Download 2.71 Mb. Pdf ko'rish
|
Sodda tub terminlar
Sodda yasama terminlar 2-topshiriq. Berilgam ma’lumotlarni diqqat bilan oʻqing, hamda toʻgʻri yoki notoʻgʻriligiga qarab, ha yoki yoʻq javoblarini jadvalga yozing. 1. Qo‘shma terminlar ham qo‘shma so‘zlar kabi o‘z qatlam so‘zlaridan, boshqa til materiallaridan hamda har ikkala manbaning o‘zaro qo‘shilishidan yasaladi. 2. Sodda terminlar - tarkibida so‘z yasovchi va so‘z o‘zgartiruvchi affikslarning bor-yo‘qligiga qaramay, yolg‘iz bir o‘zakdan yoki negizdan paydo bo‘lgan, birgina lug‘aviy ma’noli qism bo‘lgan so‘z hisoblanadi. 3. Tub terminlar – yolg‘iz o‘zakdan hosil bo‘lgan terminlar hisoblanmaydi. 4. Yasama terminlar – tub terminlarga biror yasovchi affiksning qo‘shilishi bilan hosil bo‘lgan terminlardir. 5. Terminlar til sistemasining boshqa birliklaridan tarkibiy tuzilmasining murakkabligi bilan ajralib turadi. 6. Deyarli barcha turkiy tillar, xususan, o‘zbek tili va shevalarida qon-qarindoshlik terminlari bir o‘zakli so‘zlardan iborat bo‘lib, nikohdan keyin paydo bo‘lgan terminlargina, ikki o‘zak (qo‘shma so‘z)dan iborat. 7. Birikma va soda terminlar struktur jihatdan ikki uzvlidan yetti uzvligacha terminlarga bo‘linadi. A.B.Pardayev, D.B.Urinbayeva, D.A.Islamova. O’zbek terminologiyasi 181 1. 2. 3. 4. 5. 6. 7. 3-topshiriq. Berilgan matnni oʻqing va terminlarni aniqlang. Tuzilishiga koʻra guruhlarga ajrating. Fan va texnika taraqqiy etgani sari tilimizga ko‘plab yangi so‘z va atamalar kirib kelmoqda. Shulardan biri telefaks so‘zidir. «Amerika» oynomasida yozilishiga qaraganda, bu so‘z telefon va faksimil (asl nusxadan olingan tasvir) so‘zlarining qisqartirilgan shaklidir. Bunda buyumning nomi yozilgan matn, fotosurat yoki chizma telefon simi orqali mijozlarga yetkaziladi. Birinchi avtomobil Germaniyada paydo bo‘ldi, lekin haydovchilarning no‘noqligi tufayli tez-tez ko‘ngilsiz voqealar ro‘y bera boshladi. Shunda Germaniyada chop etiladigan jurnallardan biri ajoyib bir taklif kiritdi. Bu taklifga ko‘ra, politsiya mashina egasiga guvohnoma berishdan oldin uning mashina haydashni bilish-bilmasligini tekshirib ko‘rishi va quvohnoma berishi kerak edi. Dunyoda birinchi haydovchilik guvohnomasi shu tariqa Germaniyada 1910-yildan boshlab joriy etilgan. Kunlardan bir kuni Janubiy Afrikadagi Kyeptaun shahar ro‘znomasining muharriri mahalliy qamoqxonadan maktub oldi. Unda g‘alati to‘rtburchaklar - kvadratlar tasvirlangan bo‘lib, har bir katak ichiga bittadan harf joylashtirilgan edi. - Janob, - deb yozgandi xat muallifi, - men qamoqda o‘tirib bir o‘yin topdim. Uni krossvord deb atadim. Agar lozim topsangiz, buni ro‘znomangizda e’lon qilsangiz [Internet ma’lumot]. Download 2.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling