A. B. Pardayev, D. B. Urinbaeva, D. A. Islamova. O’zbek terminologiyasi
Download 2.71 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Birikma terminlar
Qo‘shma termin - ikki va undan ortiq sodda terminlarning
birikuvidan tuzilgan terminlar. Qo‘shma terminlar ham qo‘shma so‘zlar kabi o‘z qatlam so‘zlaridan, boshqa til materiallaridan hamda har ikkala manbaning o‘zaro qo‘shilishidan yasaladi. O‘zbek tili materiallari asosida yuzaga kelgan qo‘shma terminlar asosan umumiste’moldagi tayyor qo‘shma so‘zlarning ilmiy termin yoki nomen sifatida terminologik tizimlarga qabul qilinishi mahsulidir. Bunday ikki planda qo‘llanuvchi leksik birliklar ko‘proq xalq tili bilan bog‘liq holda rivojlangan terminologik sistemalarda tez-tez uchraydi. Shuningdek, o‘z tilimiz materiallaridan tuzilgan qo‘shma terminlar ayni ruscha terminlarni to‘liq kalkalash jarayonida ham yuzaga keladi 2 . Birikma terminlar ko‘proq terminologik xarakterda bo‘ladi va u birikma holida bir tushuncha beradi. Unda hokim bo‘lak tushuncha mohiyatini bildirib, tobe bo‘lak unig nimaga xosligini belgilaydi yoki ma’noni mo‘ljallangan tushuncha hajmigacha toraytirib ifoda etishga xizmat qiladi. Masalan, agrar masala birikma terminining ma’no mohiyati masala so‘zidan anglashiladi. Uning aniqlovchisi esa uning nimaga taalluqligini ko‘rsatib kelgan. AMALIY MASHG‘ULOTLAR UCHUN TOPSHIRIQLAR 1-topshiriq. Berilgan sodda terminlarni tub va yasama terminlarga ajrating. Bola, jiyan, tog‘a, anjir shaftoli, nok behi, pista bodom, mebel, go‘sha, eshik, jarima, huquq, jazo, tezlik, massa, misol, zichlik, gul, lola, binafsha, xujayra, agrar, qo‘shin, shtab, avtomat, panjara, oqquyruq, arslonquyruq, ayiqtovonlar, bo‘tako‘z, itburun, itog‘iz, kiyikpanja, 1 Quronbekov A. Fors tili leksikologiyasi. - Toshkent, 2009. B.17. 2 Мадвалиев А. Ўзбек терминологияси ва лексикографияси масалалари. – Тошкент, 2017. –Б. 60. A.B.Pardayev, D.B.Urinbayeva, D.A.Islamova. O’zbek terminologiyasi 180 moralquloq, shpal, yog‘och, voris, guvoh, mebelsozlik, duradgorlik, yog‘ochsozlik, dalolatchi, jinoyatchi, bildiruv, serjant, nazoratchi. Download 2.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling