A. B. Pardayev, D. B. Urinbaeva, D. A. Islamova. O’zbek terminologiyasi
Download 2.71 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2-topshiriq.
- Kopulyativlar 1
Sodda terminlar
Qoʻshma terminlar Birikmali terminlar 3-topshiriq. Berilgan «Venn diagrammasi» metodi bo‘yicha topshiriqni bajaring. Terminlarning tuzilishiga koʻra turlari boʻyicha har birining oʻziga xos xususiyatlarini va umumlashtiruvchi xususiyatlarini tahlil qiling. Sodda terminlar Qo’shma terminlar Birikmali terminlar A.B.Pardayev, D.B.Urinbayeva, D.A.Islamova. O’zbek terminologiyasi 184 MUSTAQIL TA’LIM UCHUN TOPSHIRIQLAR 1-topshiriq. «Oʻzbek tilining milliy ensiklopediyasi»ning 10- jildidan farmatsevtikaga oid 50 ta termini daftaringizga yozib, sodda, qoʻshma va birikmali terminlarga ajrating. 2-topshiriq. Mavzu yuzasidan 15 slayddan kam bo‘lmagan prezentatsiya va videorolik yarating. 3-topshiriq. «Reklama» usulidan foydalangan holda mavzuga oid reklama yarating. 4-topshiriq. Yashayotgan shahringiz (mahalla, qishloq, viloyat) dagi reklama pehstaxtalari, tashkilot va do‘kon nomlariga e’tibor qarating. Shular orasidan terminlarni toping va izohlang. 4.3. Qo‘shma terminlar Reja: 1. Qo‘shma terminlar haqida tushuncha. 2. Qo‘shma terminlarning yasash bo‘limi. 3. Qo‘shma terminlarning yasalish qoliplari. Tayanch tushunchalar: qo‘shma terminlar, birikma, kopulyativlar, determinantlar, komponentlari bir leksik qatlamga mansub, o‘zbekcha, arabcha, forscha so‘zlar, qolip. Qo‘shma so‘z sodda so‘z kabi yaxlit bir so‘z, tilning bir butun birligi tarzida tushuniladi va foydalaniladi. Qo‘shma so‘zning bir butun so‘z holatiga kelishi unga quyidagi lisoniy xususiyatlarni beradi: Qo‘shma so‘z bir butun leksik ma’no – bir murakkab tushuncha va yaxlit shakllanishi – grammatik strukturasining ham yaxlitligi, fonetik butunlik bilan xarakterlanadi. Demak, u bir so‘zdir, uning komponentlari qismlari orasida grammatik aloqa yo‘q (lekin semantik aloqa bor), u har qanday so‘z qo‘shilmasida – gapda, so‘z birikmasida – bir sintaktik funksiyani bajaradi. Qo‘shma so‘z, sodda so‘zlar kabi, til birligi bo‘lib, undan nutqda har gal tayyor leksik material sifatida foydalanamiz. A.B.Pardayev, D.B.Urinbayeva, D.A.Islamova. O’zbek terminologiyasi 185 Qo‘shma so‘zning mazkur xususiyatlari qo‘shma terminlar uchun ham tegishlidir. Demak, terminlar ikki yoki undan ortiq so‘zlarning qo‘shilishidan yasalgan bo‘lsa, bunday terminlar qo‘shma termin deyiladi. Qo‘shma termin yasash asosan ikki yirik bo‘limdan iborat. 1. Kopulyativlar 1 - ikki bir-biri bilan teng negizlar qo‘shilishidan yasaladigan qo‘shma terminlardir. Kopulyativ terminlar ko‘pincha o‘zaro bog‘lovchi yoki ko‘makchilar vositasida bog‘langan bo‘ladi. Kopulyativ usulda yasalgan harbiy terminlar kam bo‘lib, bizdan oldinroq qilingan ilmiy ishlarda ular batafsil ko‘rsatib berilgan. Ular to‘plagan terminlar quyidagilardan iborat: transportirovka, jihozlar, aloqa. Download 2.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling