A. B. Pardayev, D. B. Urinbaeva, D. A. Islamova. O’zbek terminologiyasi


Download 2.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet125/152
Sana21.09.2023
Hajmi2.71 Mb.
#1683461
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   152
Ot+ot modeliTaxta pol, yog‘och oyoq (yog‘ochsozlik); yo‘l boji, 
jinoyat ishi (yuridik). 
Sifat+ot modeli. Pog‘onali sirt, ponasimon ulash, shakldor 
oyoqlar (yog‘ochsozlik); huquqiy vorislik, davomli jinoyatlar (yuridik); 
qattiq tanglay, to‘g‘ri ichak (anatomiya). 
 
AMALIY MASHG‘ULOTLAR UCHUN TOPSHIRIQLAR 
1-topshiriq. Jadvalni toʻldiring. Berilgan birikmali terminlarni 
yigʻiq va yoyiq birikmalarga ajrating. Yog‘och to‘qmoq, kitob tokchasi,
taxta pol, qo‘yim qoldirish, odil sudlov, sud taftishi, tob tashlab 
qiyshaytirish, bo‘ylama tob tashlash, «qaldirg‘och quyruq» tirnoqli 
birikmalar, oqquyruq, arslonquyruq, ayiqtovonlar, bo‘tako‘z, itburun, 
itog‘iz, kiyikpanja, moralquloq, otquloq, dasta bet bog‘lash usuli,
uzunasiga qirquvchi disk arrali stanok, markazlar yordamida silindrik 
sirtlarni xomaki yo‘nish. 
 
Yoyiq birikmalar 
Yigʻiq birikmalar 
 
 
 
  
2-topshiriq. Berilgan matnni diqqat bilan oʻqing. Matndan 
birikmali terminlarga misollar toping va daftaringizga koʻchiring. 
Milliy xavfsizlikka qarshi yashirin tahdidlarni ko‘rib chiqar 
ekanmiz, ekologik xavfsizlik va atrof-muhitni muhofaza qilish 
muammosi alohida e’tiborga molikdir. Uzoq yillar mobaynida eski 
ma’muriy-buyruqbozlik tuzumi sharoitida bu muammo bilan jiddiy 
shug‘ullanilmagan. Тabiatni muhofaza qilish tadbirlariga arzimas 


A.B.Pardayev, D.B.Urinbayeva, D.A.Islamova. O’zbek terminologiyasi 
206 
darajada kam mablag‘ ajratilardi. O‘rmonlar o‘ylamay-netmay, vahshiy-
larcha kesib tashlanar edi. Yoqilg‘i va mineral-xomashyo zaxiralari real 
ehtiyoj bilan taqqoslanmagan holda juda ko‘p miqdorda qazib 
olinganidan ko‘pchilik qismi qayta ishlanmagan chiqitlar sifatida uyulib 
yotar edi. Тabiatni muhofaza qiluvchi eng oddiy tozalash inshootlariga 
ega bo‘lmagan bahaybat sanoat korxonalari faol bunyod etildi. Natijada 
barcha zaharli va zararli sanoat chiqindilari ulkan havo kengliklarini, suv 
havzalarini, yer maydonlarini ifloslantiradigan bo‘ldi. O‘z ko‘lami 
jihatidan beqiyos darajada katta gidroenergetika loyihalarini ro‘yobga 
chiqarish, transport kommunikatsiyalarini (BAM, ТurkSib kabi 
temiryo‘llarni, avtomobil, neft-gaz magistral arina va irrigatsiya 
tarmoqlarini) bunyod etish nafaqat tabiiy zaxiralarni qashshoqlashtirdi, 
balki butun boshli aholi punktlarining yo‘q bo‘lib ketishiga, ekologik 
muvozanat, iqlim, odamlarning hayot va faoliyat sharoitlarining 
buzilishiga ham olib keldi. 
…Xalqaro tuzilmalarning zaxiralari, imkoniyatlari va investi-
tsiyalarini ana shu muammolarni hal qilishga jalb etish birinchi darajali 
vazifadir [Internet ma’lumot]. 

Download 2.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   152




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling