A. B. Pardayev, D. B. Urinbaeva, D. A. Islamova. O’zbek terminologiyasi
Termin Tuzilishiga ko‘ra Yasalishiga ko‘ra O‘zlashganligiga
Download 2.71 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4.4. Birikma terminlar Reja: 1.
- Yig‘iq birikmalar
Termin
Tuzilishiga ko‘ra Yasalishiga ko‘ra O‘zlashganligiga ko‘ra 3) Ma’lumotlarga tahliliy yondashing. Jamiyatda yuz berayotgan o’zgarishlar bilan taqqoslang. MUSTAQIL TA’LIM UCHUN TOPSHIRIQLAR 1-topshiriq. «Tilshunoslik terminlarining izohli lugʻati»dan tilshunoslikka oid 50 ta qoʻshma terminni daftaringizga yozib, kichik terminologik lugʻat yarating. 2-topshiriq. Mavzu yuzasidan 15 slayddan kam bo‘lmagan prezentatsiya yarating. 3-topshiriq. «Tushunchalar asosida matn tuzish» usuli. Mavzu yuzasidan berilgan tushunchalar asosida mustaqil tarzda matn tuzing. 1. Komponentlar, leksik qatlam, so‘z birliklari, qo‘shma terminlar. 2. O‘zbek tili, o‘zbekcha, arabcha, forscha so‘zlar, qo‘shma terminlar. 3. Turli tillar, so‘z birliklari, gibrid, qo‘shma terminlar. 4. Komponentlar, ruscha-baynalminal termin, termin-elementlar, rus tili, o‘zlashgan, qo‘shma terminlar. 4.4. Birikma terminlar Reja: 1. Birikma terminlarning o‘ziga xos xususiyatlari. 2. Birikma terminlarning yasalishi. 3. Birikma terminlarning turlari. Tayanch tushunchalar: birikma terminlar, xususiyatlar, yasalish, terminlarning turlari, yig‘iq, yoyiq birikma terminlar. A.B.Pardayev, D.B.Urinbayeva, D.A.Islamova. O’zbek terminologiyasi 202 Tadqiqotchi B.Mirsanov terminlarning ikkilamchi nomlash xususida fikr yuritib, birikma orqali shakllangan ikkilamchi nomlashda asosan uch ko‘rinishini qayd etgan 1 . 1. Ularning eng xarakterlisi sifatlovchi–sifatlanmish bo‘lib, sifatlovchi bo‘lak sifatlanmishni aniqlab keladi va ularning ikkisi ham ot turkumidagi so‘zdan ifodalanadi. O‘z navbatida, otdan ifodalangan sifatlovchi bo‘lak otlik xususiyatini neytrallashtirib, sifatga xos vazifa bajaradi, ya’ni adektivlashgan bo‘ladi. Bu o‘zgarish sirtdan qaraganda, metaforik ko‘chim bo‘lib ko‘rinadi. Demak, ot turkumidagi so‘zning sifatlashuvini nazarga olsak, uni metaforik adyektivatsiya deb baholashimiz zarur bo‘ladi. Albatta, bu jarayonda ellipsisning ham ta’siri bor. Masalan, boshi buyvolning boshiga o‘xshagan baliq > buyvol baliq. Qiyos: sutemizuvchi+baliq. Qiyos mevalar orasida ham bo‘lishi mumkin: anjir shaftoli, nok behi, pista bodom. 2. Qaralmish komponent ikkilamchi nomlash mavqeida bo‘lgan birikmalarda asosan bir-biridan keskin farq qiluvchi muhit jonivorlari qiyoslanadi. Shu sababli ham muhitni bildiruvchi ot qaratqich vazifasidagi aniqlovchi hisoblanadi. Quyidagi zoonimlar shunday shakllangan: dengiz mushugi, dengiz sigiri, dengiz toychalari, dengiz fili, dengiz cho‘chqasi, dengiz cho‘chqachasi, dengiz quyoni, dengiz sheri, dengiz qoploni, dengiz qunduzi kabi. E’tibor berilsa, quruqlik sutemizuvchilari dengiz sutemizuvchilariga qiyoslangan. Qiyos ba’zan bir dengiz jonivorlari quruqlik o‘simligi mevalari orasida kechadi: dengiz bodringlari, dengiz yong‘oqlari kabi. Ayrim hollarda qiyos astronimlarga asoslanadi: dengiz yulduzlari kabi. Gohida o‘xshashlik asosidagi qiyos dunyoviy manzaralardan topilmasa, diniy tasavvurlarda yaratilgan teonimlardan topiladi: dengiz farishtasi, dengiz iblislari, dengiz shaytoni, jannat qushlari kabi. 1 Мирсанов Б. М. Ўзбек тили терминологиясида иккиламчи номлашлар ва уларнинг мотивлашуви (ўзбек тили зоонимлари ва фитонимлари мисолида). Фалсафа доктори диссертацияси (PhD) автореферати. - Cамарқанд, 2018. -24 б. A.B.Pardayev, D.B.Urinbayeva, D.A.Islamova. O’zbek terminologiyasi 203 3. Ikkilamchi nomlashning birikmalar orqali voqelanishida sifatlovchi komponent qo‘shma terminlar bilan shakllanganlarini ham ajratib ko‘rsatish mumkin. Ularning aksari sifatlovchi-sifatlanmish modelida shakllanib, sifatlovchilari qo‘shma so‘z ko‘rinishida bo‘ladi: kurakburun baliqchi, tillaqosh chiporilon, qoshiqbosh ilonlar, xumbosh baliq, oqsaqol maymun, bo‘ritish ilonlar kabi. Yana melodiy yil, qamara yil, muchal yili birikma terminlarida birikma ma’nosi mohiyati yil so‘zida ifoda topgan. U to‘rt fasl vaqtiga teng. Lekin unga aniqlik kiritish uchun aniqlovchi berilgan. Aniqlovchi aniqlanmishdan anglashilgan vaqtning aniq belgilanishida ahamiyat kasb etadi. Melodiy yil 365-366 kundan, qamara yil 354 kundan, muchal yili esa 365 kunu qancha soat va daqiqadan iborat bo‘ladi. Birikma terminlar ma’nosi xoh u terminologik xarakterda bo‘lsin, xoh terminologik xarakterda bo‘lmasin, albatta, nomlovchili xususiyatini o‘zida saqlaydi. Bu uning nomlovchi ma’nosi ham hokim bo‘lakdan, ham tobe bo‘lakdan tarkib topganligi bilan izohlanadi. Birikma terminlar asosan ot turkumida ekanligi bilan diqqatga sazovordir. Bu birikma terminlar esa asosan terminlardan iborat. Masalan, aylanma harakat, yo‘nalma harakat, ayirish belgisi, analitik geometriya kabi birikma terminlar matematik, yetti og‘ayni, somon yo‘li, andromeda tumshig‘i kabi birikma terminlar astronomik, absolyut monarxiya, demokratik hokimiyat, agrar masala, vaziri akbar kabi birikma terminlar siyosiy terminlardir. Shularga o‘xshash yana terminologik bo‘lmagan chin arafa, yolg‘on arafa, tashviqot nuqtasi, katta maslahatchi, ilmiy xodim, ichki ishlar kabi birikma terminlar o‘zbek tilida ot turkumiga oid lug‘aviy birliklar ichida ko‘plab uchraydi. Birikma terminlar so‘z turkumi nuqtai nazaridan, aytilganiday, chegaralangan emas. U sifat turkumida ham ko‘plab uchraydi. Masalan, avzoyi buzuq, amri mahol, arzon-garov, arki namokob kabi birikma terminlarni ko‘rsatish mumkin. Bunday birikma terminlarning hokim bo‘lagi sifat turkumiga mansub bo‘lib, tobe bo‘lagi ot turkumida ham, A.B.Pardayev, D.B.Urinbayeva, D.A.Islamova. O’zbek terminologiyasi 204 sifat turkumida ham bo‘lishi mumkin. Yuqoridagi birikma terminlarning 1- va 2-sida tobe bo‘lak ot, keyingi ikkitasida esa sifatga oiddir. Birikma terminlar fe’l turkumida ham uchraydi. Masalan, aholining absolyut o‘sishi, aybga buyurmoq, aksiga olmoq, aks tegmoq kabi birikma terminlarni ko‘rsatish mumkin. Bunday birikma terminlarning ham hokim bo‘lagi fe’l bo‘lib, tobe bo‘lagi ot yoki sifat turkumiga mansub ekanligi kuzatiladi. Tobe bo‘lak ot turkumiga mansub bo‘lsa, birikma yo obyektli birikma, yo predikativ qo‘shilma qolipida tarkib topadi. Yuqoridagi birikma terminlarning 2- va 3-si obyektli birikma qolipida bo‘lib, oxirgisi predikativ qo‘shilma qolipidadir. Birinchi sifat birikmali terminning tobe bo‘lagi esa uyushmagan aniqlovchilardan iborat. Birikma terminlar ravish turkumida bo‘lishi ham mumkin. Biroq u tilda juda kam uchraydi. Masalan, aks holda birikma termini ravish turkumidadir. Birikma terminlarning murakkab birikmadan tarkib topganligi ham tilda kuzatiladi. Masalan, yuqorigi o‘rta kurak tish kabi. Bunday birikma terminlarda ham eng so‘nggi o‘rindagi bo‘lak hokim bo‘lak bo‘lib, birikma ma’nosi mohiyatini belgilaydi. Turli korxona, muassasa, tashkilotga, gazetalarga berilgan nomlar ham birikma terminlar tipiga kiradi. Birikma terminlar ikki xil bo‘ladi 1 : 1) Yig‘iq birikmalar. Bular ikki komponentli birikmalardir: yog‘och to‘qmoq, kitob tokchasi, taxta pol, qo‘yim qoldirish (yog‘ochsozlik); odil sudlov, sud taftishi (yuridik). 2) Yoyiq birikmalar. Bular uch va undan ortiq mustaqil leksemalardan tarkib topadi: a) uch komponentli birikmalar: tob tashlab qiyshaytirish, bo‘ylama tob tashlash (yog‘ochsozlik); b) to‘rt komponentli biriikmalar: «qaldirg‘och quyruq» tiroqli birikmalar, dasta bet bog‘lash usuli (yog‘ochsozlik); s) besh komponentli birikmalar: 1 Аҳатова М.С. Ўзбек тилининг ёғочсозлик терминологияси. Филол. фан. номз…автореф. – Тошкент, 2004. – Б.9. A.B.Pardayev, D.B.Urinbayeva, D.A.Islamova. O’zbek terminologiyasi 205 uzunasiga qirquvchi disk arrali stanok (yog‘ochsozlik); d) olti komponentli biriikmalar: markazlar yordamida silindrik sirtlarni xomaki yo‘nish (yog‘ochsozlik). Birikma terminlar quyidagi modellarda yasaladi: Download 2.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling