A. B. Pardayev, D. B. Urinbaeva, D. A. Islamova. O’zbek terminologiyasi
Download 2.71 Mb. Pdf ko'rish
|
Tanlash uchun soʻzlar: Kopulyativlar, qo‘shma, ot+ot,
prefikslar, gibrid terminlarning, determinativ, sifat+ot, qo‘shma terminlar. 3-topshiriq. N.Maxmudovning “Tilimizning kecha va kunduzi” maqolasidan olingan parchani o‘qing, qisqa konspekt qiling. O‘zbek tili lug‘at boyligi tarkibi doirasida mustaqillik davrida kechayotgan faollashgan jarayonlarni quyidagicha umumlashtirish mumkin: 1. Muayyan so‘z yasovchi qo‘shimchaning bevosita faollashuvi yorqin bir tarzda deyarli kuzatilmasa-da, ayrim, masalan, -noma, -aro, no-, -lashtirish kabi yasovchilarning nisbatan ko‘proq yangi yasalmalardagi ishtirokini qayd etish mumkin. Misollar: taomnoma, axborotnoma, so‘rovnoma, narxnoma, dalolatnoma, qaydnoma, ma’lumotnoma, asosnoma, yo‘riqnoma, tashakkurnoma, talabnoma, ahdnoma, kafolatnoma; idoralararo, hukumatlararo, davlatlararo; nodavlat, nohukumat, notijorat, nomoddiy, nodavriy, nofaol; avtomatlashtirish, mahalliylashtirish, kompyuterlashtirish, modellashtirish kabi. 2. Mustaqillik davrida faollashgan tamoyillardan biri tilimizning ilgarigi davrlariga mansub bo‘lgan, demakki, nofaol bo‘lgan so‘zlarning faol qatlamga o‘tishidir. Albatta, eskirgan so‘zlarni tiklash tilimizning ming yillik boy zaxiralaridagi muayyan qismlarni harakatga keltirish, ishga solish demakdir. Bunda, asosan, uch xil holatni kuzatish mumkin: 1) eskirgan deb qaralgan so‘z mavjud ma’nolari bilan faollashadi; 2) eskirgan deb qaralgan so‘z mavjud ma’nolari bilan bir qatorda yangi A.B.Pardayev, D.B.Urinbayeva, D.A.Islamova. O’zbek terminologiyasi 196 ma’nolarni ham kasb qilgan holda faollashadi; 3) eskirgan deb qaralgan so‘z mavjud ma’nolaridan faqat bittasi bilan faollashadi. Eskirgan deb qaralgan so‘zning mavjud ma’nolari bilan faollashishi ma’naviyat-ma’rifatga daxldor tushunchalarni ifodalovchi leksika doirasida nisbatan kengroq kuzatiladi. Mustaqillikkacha bo‘lgan davrdagi hukmron mafkura talablariga ko‘ra, milliy mentalitetimiz va ming yillik madaniyatimizu ma’naviyatimizning mag‘zi-mohiyatini tayin etadigan juda ko‘p tushunchalarni ifodalaydigan, masalan, ajr, aziz-avliyo, vorisiylik, ma’naviyat, millatparvar, milliylik, qadriyat kabi bir qancha so‘zlarning tilimizdagi faol leksik qatlam tarkibiga kirishiga izn berilmagan edi. Shuning uchun ham ularga ilgarigi ikki jildli o‘zbek tilining izohli lug‘ati (1981)da joy topilmagan edi. O‘zbek tilining yangi besh jildli izohli lug‘atida bu so‘zlar hayotimizdagi eng faol so‘zlar sifatida qayd qilingan va ularning mavjud ma’nolari batafsil izohlangan. Shuningdek, jarroh, matbaa, muallif, muloqot, munaqqid, musahhih, muharrir, tashxis, tijorat kabi juda ko‘plab so‘zlar ham mavjud ma’nolari bilan faollashgan. Eskirgan deb qaralgan so‘zning mavjud ma’nolari bilan bir qatorda yangi ma’nolarni ham kasb qilgan holda faollashishi konkret tushunchalarni bildiruvchi leksika doirasida nisbatan kengroq kuzatiladi. Masalan, ilgari eskirgan degan qaralgan vazir, viloyat, tuman kabi bir qancha so‘zlar faollashib, tilimizdagi asl maqomini tikladi va mavjud ma’nolarini saqlagan holda yangi, ya’ni “ministr”, “oblast”, “rayon” kabi ma’nolarni ham o‘z ustiga olgan holda faollashgan birliklarga aylandi, shuning uchun ham ularning barcha ma’nolari yangi izohli lug‘atda tegishli tarzda tavsiflangan. Eski izohli lug‘atda, masalan, hokim so‘zining ikki tarixiy va bir zamonaviy ma’nosi qayd qilingan va tavsiflangan. Yangi izohli lug‘atda esa bu so‘zga mustaqillik davrida yangi davlat tuzumidagi yangi tushunchani aks ettiruvchi leksik ma’no yuklangani inobatga olinib, uning ma’nolari quyidagicha izohlangan: “...1 tar. O‘rta Osiyo |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling