A. B. Pardayev, D. B. Urinbaeva, D. A. Islamova. O’zbek terminologiyasi


Download 2.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet123/152
Sana21.09.2023
Hajmi2.71 Mb.
#1683461
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   152
biznesmen so‘zlari shunday tavsiflangan: biznes – “kapitalistik 
mamlakatlarda: shaxsiy boylik, foyda orttirishga qaratilgan ish (mas., 
chayqov, kommersiya, katta daromad keltiradigan korxona va sh.k.)”; 
biznesmen – “biznes bilan shug‘ullanuvchi shaxs; korchalon”. Ko‘rinib 
turganiday, sho‘ro tuzumi davrida “shaxsiy boylik”, “foyda orttirish”, 
“kommersiya”, “katta daromad” kabi tushunchalar tamoman zararli deb 
e’lon qilingan, bunday ishlar bilan mashg‘ul bo‘lganlar chayqovchi, 
korchalon sifatida malomatga mahkum bo‘lgan, bu fikr omma ongiga 
zo‘r berib singdirilgan. Mustaqillik bu so‘zlardagi qora ranglarni sidirib 
tashlab, ularga mutlaq ijobiy, hatto havasli munosabatni shakllantirdi, 


A.B.Pardayev, D.B.Urinbayeva, D.A.Islamova. O’zbek terminologiyasi 
199 
ular ana shunday musbat baho bilan faollashdi. Bu so‘zlarga yangi izohli 
lug‘atda mana bunday haqiqiy tavsif berilgan: “biznes – daromad 
keltiradigan, foyda olish maqsadlari ko‘zlangan va qonunlarga xilof 
bo‘lmagan har qanday tashkiliy, xo‘jalik faoliyati; tijorat; 
ishbilarmonlik; biznesmen – aynan ishbilarmon”. 
Bugun O‘zbekistonda halol mehnati orqasidan topgan daromadi 
millionlar bilan o‘lchanadigan tadbirkorlar ko‘p, bunday millionerlarga 
jamiyat ola ko‘z bilan emas, balki havas va hayrat bilan qaraydi. 
Millioner so‘zi, demakki, ijobiy baho bilan idrok qilinadi. Ammo sho‘ro 
tuzumi davrida bu so‘z salbiy munosabatdan xoli bo‘lmagan. Hatto eski 
izohli lug‘atda bu so‘zning “millionlar bilan hisoblanadigan boylikka 
ega bo‘lgan kishi” ma’nosini izohlovchi misol sifatida “ingliz 
millionerlari” birikmasi keltirilgan, mazkur ma’noning belgi tarzidagi 
turini tavsiflashda esa “kolxoz haqida” degan izoh berilgan, go‘yoki 
o‘zbek millioner bo‘lishi mumkin emasdek.
Sho‘ro davrida yuzi qora bo‘lgan so‘zlardan yana biri savdogar 
so‘zidir. Hatto so‘zlashuv tilida bu so‘zning “xususiy manfaati uchun 
arzimagan narsaga ham talashadigan, pastkash odam” (eski izohli lug‘at) 
tarzidagi ko‘chma ma’nosi ham yuzaga keldi. Bugun bu so‘z savdo-
sotiq, tijorat faoliyati bilan halol shug‘ullanadigan shaxsni ifodalaydi va 
bunday kishilar jamiyatda hurmat-ehtiromga sazovordir, bugun mazkur 
so‘zning yuzi ham yorug‘ bo‘ldi. Yuzi yorug‘ bo‘lgan ko‘plab 
so‘zlardan yana biri sifatida fermer so‘zini tilga olish mumkin. Bu so‘z 
ilgari “kapitalistik mamlakatlarda: fermani ijaraga oluvchi kishi yoki 
ferma egasi” ma’nosida salbiy bo‘yoq bilan bo‘yalgandi. Mustaqillik 
tufayli amalga oshirilgan favqulodda muhim iqtisodiy islohotlar 
samarasi o‘laroq fermer degan yaratuvchi shaxs shakllandi. Bugun 
fermer “o‘ziga qarashli yoki ijaraga uzoq muddatga olingan yerda ziroat, 
chorva, parranda mahsulotlarini yetishtirish bilan shug‘ullanuvchi 
mayda yoki o‘rtacha qishloq xo‘jaligi korxonasi egasi” (yangi izohli 
lug‘at) bo‘lib, jamiyatda alohida obro‘-e’tiborga sazovordir. 


A.B.Pardayev, D.B.Urinbayeva, D.A.Islamova. O’zbek terminologiyasi 
200 
Oliy niyati “kishilar o‘rtasidagi tenglikni ta’minlashdan iborat 
bo‘lgan” sho‘ro tuzumi, ajabki, barcha kambag‘alni boy qilib emas, 
balki barcha boylarni kambag‘al qilib, mazkur oliy niyatning ijobatiga 
yetmoqday dumbul tutum bilan sa’y-harakat qilganligi bugun hech 
kimga sir emas. Ana shu tutumning palag‘da mohiyati bois boy so‘ziga 
nisbatan ham salbiy nigoh mezon bo‘lgan, jamiyatda bu kabi so‘zlarga 
xolis munosabatning qaror topishi mushkullashgan. Eski jamiyatda 
barqarorlashgan ommaviy idrok o‘zaniga muvofiq bu so‘zning asosiy 
ma’nolaridan biri ham eski izohli lug‘atda “kishi kuchidan foydalanish 
hisobiga boylik, dunyo orttirgan (odam)” tarzida tavsiflangan. 
Muhtasham maqsadi “yurt tinchligi, Vatan ravnaqi, xalq farovonligi”ga 
qaratilgan “o‘zbek modeli” asosida muntazam taraqqiy etib borayotgan 
mamlakatimizda boy so‘zi o‘zining chin ma’nosi bilan qovushdi, 
“birovning kuchidan foydalanish hisobiga” emas, balki o‘zining halol va 
mashaqqatli mehnati, favqulodda aqlu zakovati, tadbirkorligining hadisi 
hisobiga boylik, dunyo orttirgan(odam)ni nomlaydigan bo‘ldi, bu so‘z 
anglatgan tushuncha jamiyatda haqiqiy havasning hadafiga aylandi. 
Shuningdek, mulkdor so‘zi “katta yer-suv egasi; zamindor” 
ma’nosi bilan eskirgan, tarixiy so‘z deb qaralgan. Buning ustiga, ayni 
so‘z anglatgan tushunchaga o‘sha jamiyatning aksariyat a’zolari g‘ashlik 
bilan qaragan, chunki, atoqli adib va adabiyotshunos I.Sulton ta’biri 
bilan aytganda, “sotsialistik davrda mulkka, mulkdorga nafrat ruhida 
tarbiyalandik”; “mana, hozirgi jamiyatimiz taraqqiyotida Inson, Imon, 
Mulk muqaddas bo‘ldi” [Раҳимжонов Н. Бадиий асар биографияси. –
Т.: Фан, 2008. –Б. 201 – 202], shuning uchun ham mulkdor so‘zi 
mustaqillik davrida “mulk sub’ekti; mulk ob’ektiga egalik, foydalanish, 
tasarruf etish huquqiy tamoyllari asosida mustahkamlangan huquqlarga 
ega bo‘lgan jismoniy yoki yuridik shaxs” degan yangi ma’noni kasb 
qilib, mutlaqo ijobiy rang bilan tilimizda faollashdi [Маҳмудов Н. Тил 
тилсими тадқиқи. – Тошкент: “Мумтоз сўз” нашриёти, 2017. – Б.97-
101].


A.B.Pardayev, D.B.Urinbayeva, D.A.Islamova. O’zbek terminologiyasi 
201 
1) Mazkur ma’lumotdagi hodisaga o‘zingiz misollar toping. 
2) Jadvalni to‘ldiring. 

Download 2.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   152




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling