A. B. Pardayev, D. B. Urinbaeva, D. A. Islamova. O’zbek terminologiyasi


Download 2.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet131/152
Sana21.09.2023
Hajmi2.71 Mb.
#1683461
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   152
 
 
 
 
 
 
 


A.B.Pardayev, D.B.Urinbayeva, D.A.Islamova. O’zbek terminologiyasi 
215 
V. O‘ZBEK TERMINOLOGIYASINI 
TAKOMILLASHTIRISH MASALALARI 
5.1. Terminologik lug‘atlar 
Reja: 
1. Terminologik lug‘atlar. 
2. Terminologik lug‘atlarning lug‘at maqolalari. 
3. Terminologik lug‘atlarning yaratilishi. 
Tayanch tushunchalar: termin, terminologik lug‘at, lug‘at 
maqolasi, semantika, so‘z o‘zgarishi, so‘z yasalishi, sintaktik aloqalar, 
noterminlar, terminotizimidagi paradigmatik aloqalar, sinonimlar, 
antonimlar, giper-giponimik aloqalar. 
Ilm-fanning barcha sohalari bo‘yicha davr talablariga javob 
beradigan terminologik tizimlarni yaratish hozirgi kunning dolzarb 
masalalaridan hisoblanadi. Shu bilan birga, bularni amalga oshirish 
nihoyatda murakkab, katta kuch talab qiladigan ish ekanligi ham 
shubhasiz. 
Umuman, terminologiyaga oid barcha ishlarning muvaffaqiyatli 
hal etilishida har bir sohaga oid terminlarni to‘la qamrab olgan 
terminologik lug‘atlarni tuzish va nashr etish muhim ahamiyat kasb 
etadi. Bunday lug‘atlarda har bir terminning o‘zi atayotgan 
tushunchaning, narsa-hodisaning mohiyatini qay darajada to‘g‘ri, to‘la 
va aniq ifodalashini belgilash muhimdir. Bu bilan har bir terminning 
talabga qanchalik muayyan javob berish - bermasligi aniqlanadi. Ana 
shunday lug‘atlar yaratilmaguncha terminologik tizimdagi har xil salbiy 
hodisalar, masalan, ayni bir tushunchani ifodalash uchun birdan ortiq 
terminning qo‘llanishi, va aksincha, bir necha (boshqa-boshqa) 
hodisalarni ifodalash uchun bir terminning qo‘llanishi, hodisannng 
mohiyatini to‘g‘ri, to‘la va aniq ifodalay olmaydigan terminlarning 
mavjud bo‘lishi kabi va boshqa salbiy hodisalar davom etaveradi.
Demak, har bir sohaga oid terminlarni iloji boricha to‘la qamrab 
oladigan, hodisaning mohiyatini to‘g‘ri, to‘la va aniq aks ettiradigan 


A.B.Pardayev, D.B.Urinbayeva, D.A.Islamova. O’zbek terminologiyasi 
216 
terminlarni belgilaydigan terminologik lug‘atlarni yaratish shu sohalar 
mutaxassislarining eng birinchi galdagi vazifalaridandir.

Download 2.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   152




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling