A. B. Pardayev, D. B. Urinbaeva, D. A. Islamova. O’zbek terminologiyasi


Download 2.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet132/152
Sana21.09.2023
Hajmi2.71 Mb.
#1683461
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   152
Terminologik lug‘atlar – so‘zligi ma’lum bir fan va texnika 
tarmog‘i, ijtimoiy yoki xo‘jalik hayotining biror sohasiga oid so‘z-
terminlardan iborat bo‘lgan lug‘at. Bunday lug‘at so‘zlikning berilishi 
va izohlanishiga ko‘ra, ensiklopedik lug‘atlar bilan lingvistik lug‘atlar 
belgilariga ega bo‘ladi. Ular bir, ikki va undan ortiq tilli, izohsiz, izohli 
hamda ensiklopedik xarakterda bo‘lishi mumkin. Terminlar va ularning 
izohi qadimgi lug‘atlar – «Devonu lug‘otit turk», «Muqaddimatul adab», 
«Kelurnoma» asarlarida uchrasa-da, ular universal lug‘atlar hisoblanib, 
maxsus sohani ko‘zlab tuzilmagan
1
.
Terminlar asosida lug‘atlar yaratish hamda yaratilgan lug‘atlar 
majmui 
ko‘pchilik 
tilshunoslar 
va 
mutaxassislar 
tomonidan 
«terminologik leksikografiya», «ilmiy-texnik leksikografiya» deb 
nomlanib kelindi. Tilshunoslar A.A.Reformatskiy, A.D.Xayutin, 
S.V.Grinyov mazkur terminlar o‘rniga, terminografiya terminini 
qo‘llashni taklif etadi va unga maxsus yoki terminologik lug‘atlar tuzish 
nazariyasi va amaliyoti sifatida ta’rif beradi
2
.
Faqatgina 1980-yil terminografiya atamasi alohida fan sifatida 
kirib keldi va maxsus so‘zlarning lug‘atini yaratish, tuzish tamoyillarini 
ishlab chiqish masalalari bilan shug‘ullandi. XX asrning oxirlariga kelib, 
2 mingdan ortiq terminologik standartlar ishlab chiqildi. Shu asosda 2,5 
mingdan ortiq me’yoriy hujjatlar, 400 dan ortiq informatsion deskriptor 
lug‘atlar, minglab rubrikator va klassifikatorlar, o‘quv lug‘atlar, 1950-
1979-yillar oralig‘ida 700ga yaqin maxsus so‘zlarning tarjima va izohli 
lug‘atlari yuzaga keldi
3
.
1
Мадвалиев А. Ўзбек терминологияси ва лексикографияси масалалари. – Тошкент, 2017. – Б.134. 
2
Гринёв С.В. Введение в терминологическую лексикографию (учебное пособие). – М., 1986. – С.5. 
3
Гринев-Гриневич С. Терминоведение. – М., 2008. – С. 218. 


A.B.Pardayev, D.B.Urinbayeva, D.A.Islamova. O’zbek terminologiyasi 
217 
XX asrdagi dastlabki terminologik lug‘at – Nazir To‘raqulovning 
«Rus-o‘zbek tillarining ijtimoiy-siyosiy atamalari lug‘ati» 1922-yilda 
nashr etilgan. 
Terminologik lug‘atlar, odatda, sinxron materialni qamrab oladi, 
lekin ular eskirib borgan sari nafaqat tegishli terminologiya tarixini, 
balki o‘sha terminologik lug‘atlar yaratilgan tilning tarixini o‘rganishda 
muhim manbalardan biriga aylanib qoladi. Terminologik lug‘atlar 
yaratish, ya’ni terminografiya umumiy leksikografiyaning ajralmas 
qismi bo‘lib, ulardagi jarayonlar bir-biriga o‘xshasa-da, lekin bir-biridan 
farq qiladi. Shuning uchun ham, turli olimlar tomonidan lug‘at turlari va 
ularni tuzishning nazariy asoslari ishlab chiqilgan. 
V.G.Gakning yozishicha, tilshunoslikning lug‘atchilik nazariyasiga 
oid sohasi, ya’ni nazariy leksikografiya lug‘at turlari va ularni tuzishning 
nazariy asoslarini ishlab chiqish bilan shug‘ullanadi va bir qancha 
muammolarni qamrab oladi. Chunonchi: lug‘atlarning umumiy 
tipologiyasini va yangi turdagi lug‘atlarni ishlab chiqish; lug‘at 
makrostrukturasini ishlab chiqish (so‘zlarni tanlab olish, so‘z va lug‘at 
maqolalarini joylashtirish tartibi, omonimlarni belgilash, lug‘at tarkibiga 
havola materiallarini kiritish); lug‘at mikrostrukturasini, ya’ni har bir 
lug‘at maqolasini ishlab chiqish (so‘zga grammatik va fonetik izoh 
berish, so‘z ma’nolarini ajratish va tasniflash, dalil sifatidagi 
illyustratsiyalar turlari, ta’riflash turlari, belgilar tizimi, so‘z 
etimologiyasi haqidagi ma’lumotlar) va b
1

Terminologik lug‘atlarning lug‘at maqolalarini yozishda, terminni 
tavsiflashda quyidagilar muhim xususiyatlar taqqoslanadi va bir qator 
tamoyillar inobatga olinadi: 
1) semantika: terminni ifodalayotgan tushuncha bilan bog‘lash; 
2) so‘z o‘zgarishi: morfologik shakllarning yasalish xususiyatlari; 
3) so‘z yasalishi: bir o‘zakli so‘zlar o‘rtasida munosabat o‘rnatish 
va 
terminlarning 
so‘z 
yasalish 
uyasiga 
kiritish 
(qiyoslang: 
1
Гак В.Г. Лексикография // Лингвистический энциклопедический словарь. – М., 1990. – С.258-259. 


A.B.Pardayev, D.B.Urinbayeva, D.A.Islamova. O’zbek terminologiyasi 
218 
"kommunikatsiya" terminining turli ma’nolari bilan bog‘liq bo‘lgan 
kommunikativ va kommunikativlik); 
4) sintaktik aloqalar: boshqarish, boshqa termin va noterminlar 
bilan mosligi; 
5) 
terminotizimdagi 
paradigmatik 
aloqalar: 
sinonimlar, 
antonimlar, giper-giponimik aloqalar, ma’no kesishmalari, terminologik 
qatorlar; 
6) talaffuz; 
7) matnda qo‘llangan misollari; 
8) kelib chiqishi; 
9) tarjima ekvivalentlar. 
Terminlar ona tilining so‘z yasash elementlaridan (prefiks) yoki 
so‘zlarning semantikasining o‘zgarishi orqali shakllantirilishi mumkin 
(maydon - semantik maydon)
1

Rus tilshunos olimi A.N.Baranov quyidagi tamoyillarni keltiradi:
1) lug‘at tipi: lug‘at tipidan yaratilayotgan lug‘at maqolasining 
yuzaga kelishi inobatga olinadi. Tilshunoslikda quyidgi lug‘at tiplari 
mavjud: 1) Umumlingvistik lug‘atlar. 2) Xususiy lingvistik lug‘atlar; 
2) tarjima yoki izohli lug‘atlar: bu tip lug‘atlarni yaratishda lug‘at 
maqolalari muhim ahamiyatga ega. Tarjima lug‘atlaridagi ma’lumotlar 
izohli lug‘atda aks etmaydi yoki teskarisi; 
3) lug‘at ma’lumotlarini joylashtirishning umumiy tamoyili: 
tezaurus yoki alfavitli lug‘at; 
4) bir tilli yoki ko‘p tilli lug‘atlar; 
5) terminni talaffuz qilinishi bo‘yicha ma’lumot: tilshunoslikka oid 
lug‘atlarda bu tamoyil juda muhim. Chunki baynalminal so‘zlar tilda 
ko‘p ularni talaffuz shakliga ham amal qilish lozim; 
1
Волкова И.А. Введение в компьютерную лингвистику. Практические аспекты создания лингвистических 
процессоров. (Учебное пособие для студентов факультета ВМиК МГУ). – М., 2006. –С. 21. 


A.B.Pardayev, D.B.Urinbayeva, D.A.Islamova. O’zbek terminologiyasi 
219 
6) manba-til xususida ma’lumot: bu tamoyilga amal qilish 
terminning qaysi manbadan, yoki qaysi tilda qo‘llanishini aniqlash 
uchun zarur. Shunda terminning ma’nosini tushunish yengil kechadi; 
7) grammatik ma’lumot: bunda asosan, terminning qaysi so‘z 
turkumiga mansubligi, uning yasalishi, struktur tuzilishi haqida 
ma’lumotlar keltiriladi;
8) tarjima: tarjima lug‘atlari uchun zarur, izohli lug‘atlarning 
amaliy jihatini oshiradi;
9) izohlash;
10) ko‘rgazmalilik va misollar: lug‘atning tipiga qarab ushbu 
tamoyil amal qiladi; 
11)  terminning biror soha, maktabga taalluqli ekanligini 
ko‘rsatuvchi izoh: lug‘at tipiga qarab lug‘at maqolalarining tuzilishi 
ishlab chiqiladi;
12) kesishgan 
havolalar: 
terminlarning 
paradigmatik 
va 
sintagmatik xususiyatini tushunish uchun qo‘llaniladi. Bunda qarang., 
so‘z.ayn.qiyos. kabi markerlar qo‘llaniladi;
13) adabiyotga havola;
14) sitata
15) ko‘rsatkich
1

Terminologik lug‘atda lug‘at maqolasining tarkibiy qismlarini 
tahlil qilsangiz, oddiy lug‘atdan ko‘ra bunday lug‘atlar yanada ko‘proq 
mehnat talab qilishi mumkinligini sezasiz. 
O‘tgan asrning 50-90-yillarida nashr etilgan risola va 
qo‘llanmalarda, 
yo‘riqnomalarda 
terminografik 
faoliyat, 
ya’ni 
terminologik lug‘atlar tuzish ishi bir necha bosqichdan iborat bo‘lishi, 
har bir bosqichda qanday ishlar amalga oshirilishi kerakligi haqida aniq 
ko‘rsatmalar beriladi. Lug‘atshunos S.Akobirov o‘z davrida Moskvadagi 
Texnika 
terminologiyasi 
komitetining 
«Ilmiy-texnikaviy 
1
Баранов А.Н. Введение в прикладную лингвистику: Учебное пособие. — М.: Эдиториал УРСС, 2001. - C. 
55.13-14.


A.B.Pardayev, D.B.Urinbayeva, D.A.Islamova. O’zbek terminologiyasi 
220 
terminologiyani tartibga solish bo‘yicha ishlovchilar uchun eslatma 
xat»idan kelib chiqib, terminologik tadqiqotlar olib borish va 
terminologik lug‘at tuzish ishlari 6 bosqichda olib borilishini tavsiya 
etadi
1
. S.V.Grinyov esa bu bosqichlarni 4 ta qilib belgilaydi
2


Download 2.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   152




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling