A. B. Pardayev, D. B. Urinbaeva, D. A. Islamova. O’zbek terminologiyasi


Download 2.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet134/152
Sana21.09.2023
Hajmi2.71 Mb.
#1683461
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   152
To‘rtinchi bosqich – terminografik ishlarning natijalari konkret 
lug‘atlar ko‘rinishida shakllanadi, tayyorlangan material tahrir qilinadi, 
lug‘atning ayrim maqolalari orasidagi o‘zaro havolalar aniqlanib 
tekshirib chiqiladi, kirish qismi tayyorlanadi, lug‘atni nashrga topshirish 
bilan bog‘liq ishlar bajariladi. 
Misol tariqasida O.Usmonov va R.Doniyorov tomonidan 1979-yili
«O‘zbekiston» nashriyotida tuzatilgan va to‘ldirilgan holda ikkinchi 
marta nashr qilingan «Ruscha internatsional so‘zlar izohli lug‘ati»ni 
tahlil qilib ko‘raylik. Mualliflar ta’kidlaganidek, lug‘at o‘zbek tilining 
keng ma’nodagi izohli lug‘ati bo‘lmay, uning vazifasiga faqat rus tilidan 
va rus tili orqali boshqa tillardan o‘zlashtirilgan so‘zlarni, shuningdek, 
o‘zbekcha gazeta va jurnallarda, ilmiy-ommabop va ijtimoiy-siyosiy 
asarlarda 
uchraydigan 
Ruscha-baynalminal 
va 
ilmiy-publitsistik 
terminlarnigina o‘z ichiga olgan va ularga o‘zbek tilida o‘zlashtirilishi 
asosida izoh berilgan, izohlanayotgan so‘zlarning etimologiyasi (kelib 
chiqishi) haqida ham ba’zi ma’lumotlar keltirilgan. 
Lug‘atdan joy olgan so‘z va terminlar rus tilidan va rus tili orqali 
qadimgi yunon, lotin hamda Yevropa va qisman Sharq xalqlari tillaridan 
o‘zlashtirilgan so‘zlar va terminlar hisoblanadi. Bu so‘z va terminlarning 
bir qismi sof ruscha o‘zlashmalar bo‘lib, qolgan qismi esa xalqaro, 
baynalminal yoki internatsional xarakterga ega bo‘lgan. Mazkur lug‘at 
mutaxassislarga emas, balki keng o‘quvchilar ommasiga, xususan, 
ziyolilar va talabalarga mo‘ljallangan edi. Lug‘atning tuzilish tartibi 
tubandagicha ko‘rinishni hosil qilgan: 
1. Bosh so‘zlarning barcha so‘z va terminlar alifbe tartibida 
berilgan va ular yirik qora harflar bilan terilib, har qaysisi xatboshidan 
boshlangan. 


A.B.Pardayev, D.B.Urinbayeva, D.A.Islamova. O’zbek terminologiyasi 
222 
2. So‘z yoki termin ko‘p ma’noli bo‘lsa, u holda ma’nolarning har 
biri arab raqamlari bilan ko‘rsatilgan va ular o‘zaro nuqta bilan 
ajratilgan. 
3. Bosh so‘z yoki termin boshqa so‘z bilan qo‘shilib ishlatilganida, 
bosh so‘zdan keyin ikki nuqta qo‘yilib, ketidan tarkibida o‘sha so‘z 
yoxud termin kelgan so‘z birikmasi berilgan. 
4. Tarkibida bosh so‘z ishlatilgan turg‘un so‘z birikmalari, tarkibli 
terminlar ham misol tarzida berilgan. Lug‘atda ular romba ishorasi bilan 
ajratilib, qora kursiv bilan berilgan: absolyut... absolyut namlik va h.k. 
5. Biologik jinsni anglatuvchi so‘zlarning har ikki shakli ham 
lug‘atga kiritilgan: laborant – laborantka, stenografist – stenografistka 
va h.k. 
6. Mexanizatsiya, dezinfeksiya, koordinatsiya kabi so‘zlar 
mexanizatsiyalash, 
dezinfeksiyalash, 
koordinatsiyalash 
singari 
o‘zbekcha shakllari bilan yonma-yon berilgan. 
7. VUZ, ZAGS, DOT, DZOT, NEP, RADAR singari qisqartmalar 
o‘zbek tilida mustaqil, yaxlit so‘z yoki termin sifatida lug‘atdan o‘rin 
olgan. 
8. Omonimlar lug‘atda alohida-alohida berilgan, bir-biridan rim 
raqami bilan ajratilgan. 
9. Omoformlar ham rim raqamlari bilan ajratilib, alohida-alohida 
talqin qilingan. 
10. Sinonimlar mutlaq ma’nosiga ega bo‘lsa, u holda izoh eng faol 
qo‘llanadigan sinonimga berilib, kam ishlatiladigan yoki eskirgan 
ma’nodoshi so‘z.ayn. o‘zi. ishorasi orqali unga havola qilingan: Lokator. 
Radiolokator so‘z.ayn.o‘zi va h.k
11. Antonim so‘z yoki terminlar mustaqil tarzda berilgan bo‘lsa-
da, lekin ular bir-biriga havola qilinmaydi. Mabodo bunday xavola 
antonim so‘zlardan birining yoki har ikkisining ma’nosini ochishga, 
izohlashga yordam bersa, unday holatda ular bir-biriga havola qilingan: 

Download 2.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   152




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling