A. B. Pardayev, D. B. Urinbaeva, D. A. Islamova. O’zbek terminologiyasi
Download 2.71 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- absolyut... absolyut namlik
To‘rtinchi bosqich – terminografik ishlarning natijalari konkret
lug‘atlar ko‘rinishida shakllanadi, tayyorlangan material tahrir qilinadi, lug‘atning ayrim maqolalari orasidagi o‘zaro havolalar aniqlanib tekshirib chiqiladi, kirish qismi tayyorlanadi, lug‘atni nashrga topshirish bilan bog‘liq ishlar bajariladi. Misol tariqasida O.Usmonov va R.Doniyorov tomonidan 1979-yili «O‘zbekiston» nashriyotida tuzatilgan va to‘ldirilgan holda ikkinchi marta nashr qilingan «Ruscha internatsional so‘zlar izohli lug‘ati»ni tahlil qilib ko‘raylik. Mualliflar ta’kidlaganidek, lug‘at o‘zbek tilining keng ma’nodagi izohli lug‘ati bo‘lmay, uning vazifasiga faqat rus tilidan va rus tili orqali boshqa tillardan o‘zlashtirilgan so‘zlarni, shuningdek, o‘zbekcha gazeta va jurnallarda, ilmiy-ommabop va ijtimoiy-siyosiy asarlarda uchraydigan Ruscha-baynalminal va ilmiy-publitsistik terminlarnigina o‘z ichiga olgan va ularga o‘zbek tilida o‘zlashtirilishi asosida izoh berilgan, izohlanayotgan so‘zlarning etimologiyasi (kelib chiqishi) haqida ham ba’zi ma’lumotlar keltirilgan. Lug‘atdan joy olgan so‘z va terminlar rus tilidan va rus tili orqali qadimgi yunon, lotin hamda Yevropa va qisman Sharq xalqlari tillaridan o‘zlashtirilgan so‘zlar va terminlar hisoblanadi. Bu so‘z va terminlarning bir qismi sof ruscha o‘zlashmalar bo‘lib, qolgan qismi esa xalqaro, baynalminal yoki internatsional xarakterga ega bo‘lgan. Mazkur lug‘at mutaxassislarga emas, balki keng o‘quvchilar ommasiga, xususan, ziyolilar va talabalarga mo‘ljallangan edi. Lug‘atning tuzilish tartibi tubandagicha ko‘rinishni hosil qilgan: 1. Bosh so‘zlarning barcha so‘z va terminlar alifbe tartibida berilgan va ular yirik qora harflar bilan terilib, har qaysisi xatboshidan boshlangan. A.B.Pardayev, D.B.Urinbayeva, D.A.Islamova. O’zbek terminologiyasi 222 2. So‘z yoki termin ko‘p ma’noli bo‘lsa, u holda ma’nolarning har biri arab raqamlari bilan ko‘rsatilgan va ular o‘zaro nuqta bilan ajratilgan. 3. Bosh so‘z yoki termin boshqa so‘z bilan qo‘shilib ishlatilganida, bosh so‘zdan keyin ikki nuqta qo‘yilib, ketidan tarkibida o‘sha so‘z yoxud termin kelgan so‘z birikmasi berilgan. 4. Tarkibida bosh so‘z ishlatilgan turg‘un so‘z birikmalari, tarkibli terminlar ham misol tarzida berilgan. Lug‘atda ular romba ishorasi bilan ajratilib, qora kursiv bilan berilgan: absolyut... absolyut namlik va h.k. 5. Biologik jinsni anglatuvchi so‘zlarning har ikki shakli ham lug‘atga kiritilgan: laborant – laborantka, stenografist – stenografistka va h.k. 6. Mexanizatsiya, dezinfeksiya, koordinatsiya kabi so‘zlar mexanizatsiyalash, dezinfeksiyalash, koordinatsiyalash singari o‘zbekcha shakllari bilan yonma-yon berilgan. 7. VUZ, ZAGS, DOT, DZOT, NEP, RADAR singari qisqartmalar o‘zbek tilida mustaqil, yaxlit so‘z yoki termin sifatida lug‘atdan o‘rin olgan. 8. Omonimlar lug‘atda alohida-alohida berilgan, bir-biridan rim raqami bilan ajratilgan. 9. Omoformlar ham rim raqamlari bilan ajratilib, alohida-alohida talqin qilingan. 10. Sinonimlar mutlaq ma’nosiga ega bo‘lsa, u holda izoh eng faol qo‘llanadigan sinonimga berilib, kam ishlatiladigan yoki eskirgan ma’nodoshi so‘z.ayn. o‘zi. ishorasi orqali unga havola qilingan: Lokator. Radiolokator so‘z.ayn.o‘zi va h.k. 11. Antonim so‘z yoki terminlar mustaqil tarzda berilgan bo‘lsa- da, lekin ular bir-biriga havola qilinmaydi. Mabodo bunday xavola antonim so‘zlardan birining yoki har ikkisining ma’nosini ochishga, izohlashga yordam bersa, unday holatda ular bir-biriga havola qilingan: Download 2.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling