A. B. Pardayev, D. B. Urinbaeva, D. A. Islamova. O’zbek terminologiyasi


Download 2.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet137/152
Sana21.09.2023
Hajmi2.71 Mb.
#1683461
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   152
JARROH BALIQLAR (Acanthuridae) - okunsimonlar turkumiga 
mansub baliqlar oilasi. Tanasi yon tomondan yassilashgan, mayda 
tangachalar bilan qoplangan, uz. 15-60 sm. dumining ikki yonida 
harakatchan o‘tkir pixi bo‘ladi. Pixlar teridagi chuqurchaga kirib turadi, 
xavf tug‘ilganida bir zumda to‘g‘rilanib chiqadi. 300 ga yaqin turi tropik 
dengizlarda tarqalgan. Rangi chiroyli, korall riflari va suvosti qoyalari 
orasida uchraydi. Uvildirig‘i suvda qalqib turadi. Chavoqlari plankton 
bilan, voyaga yetgan baliqlar suv o‘tlari bilan oziqlanadi. Suzgichlardagi 
tikanlari va dumidagi pixlari sanchilganida og‘ritadi. 
JARQALDIRG‘OChLAR (Apodes) - uzunqanotlilar turkumiga 
mansub qushlarning kenja turkumi. 86 turi bor. Chekka shimol bilan 
chet janubdan boshqa hamma joyda, tekislik va tog‘ yalangliklarida 
uchraydi. Daraxt kovaklariga, uylarga, tik qoyalardagi yoriqlar va b. 
joylarga uya soladi. Qora J. Hindiston va Afrikada qishlaydi. 
O‘zbekistonda 5 turi yashaydi, shundan 3 turi uya quradi. Qora J. 
martning o‘rtalarida uchib keladi, 2-3 hafta o‘tgandan keyin uya 
qurishga kirishadi. 4 tagacha tuxum qo‘yadi. 11-16 kunda tuxumdan 
jo‘ja chiqadi. Jo‘jasi 38-40 kunda uchirma bo‘ladi. Ob-havo noqulay 
yillari uyada 56 kungacha qolib ketadi. J. hasharotlar, o‘rgimchaklar 
bilan oziqlanadi. Hashoratlarni qirib, xo‘jalikka foyda keltiradi.
2-topshiriq. A.Hojiyevning «Tilshunoslik terminlarining izohli 
lug‘ati»dan terminologiya sohasiga oid terminlarni 20 tasini tanlang va 
quyidagi jadvalda aks ettiring. Lug‘atdagi termin va uning lug‘at 
maqolasini yozish haqidagi mulohazalaringizni keltiring. 
Terminlar 
Izohi 
Mulohazalar uchun 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


A.B.Pardayev, D.B.Urinbayeva, D.A.Islamova. O’zbek terminologiyasi 
227 
3-topshiriq. X.Yu.Bekmuhamedovning «Tarix terminlari izohli 
lug‘ati» (Pedagogika oliy o‘quv yurtlarining studentlari va o‘rta maktab 
tarix 
o‘qituvchilari 
uchun. 
Toshkent, 
1978), 
M.Ismoilov, 
A.Sharopovlarnig «Tarix atamalari lug‘ati» (Toshkent, 2013), 
H.Dadaboyevning «Tarixiy harbiy terminlar lug‘ati» (Toshkent, 2007) 
dan 10 ta bir xil terminni tanlang va lug‘at maqolalarini tahlil qiling. 
Savollarga javob bering.
Termin 
H.Dadaboyev 
lug‘ati 
X.Yu.Bekmuhamedov 
lug‘ati 
M.Ismoilov, 
A.Sharopov 
lug‘ati 
Izoh
1. Tanlagan terminning barcha mualliflarda berilgan lug‘at 
maqolalari bir xilmi? ______________________________ 
2. Ularning farqli jihatlarini sanang. __________________ 
3. Qaysi lug‘at maqolasining izohi tushunarli? _____________ 

Download 2.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   152




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling