A. B. Pardayev, D. B. Urinbaeva, D. A. Islamova. O’zbek terminologiyasi
Download 2.71 Mb. Pdf ko'rish
|
mikroskopik...; aksi –makroskopik va b.
A.B.Pardayev, D.B.Urinbayeva, D.A.Islamova. O’zbek terminologiyasi 223 12. O‘zbek ilmiy terminlogiyasiga mansub bo‘lgan qo‘shma va murakkab qisqartma so‘zlarning tarkibiy qismlari lug‘atda bosh so‘z tariqasida berilgan: avia-, avto-, agro-, geo-, gidro-, mikro-, moto-, radio-, tele-, ultra-, foto- va shu kabi. 13. Lug‘atda keltirilgan so‘zlarga o‘rni bilan fiz., tex., mat., geol., astr., med., farm. singari belgilar qo‘yilgan. Ta’kidlash joizki, mazkur lug‘atdan o‘rin olgan va izohlangan baynalminal so‘z yoki terminlarning muayyan adadi. Tarixda qo‘llangan terminlar izohiga bag‘ishlab mamlakatimizda nisbatan katta yoki kichik hajmdagi lug‘atlar nashr qilindi. Shunday lug‘atlar sirasiga X.Yu.Bekmuhamedovning «Tarix terminlari izohli lug‘ati» (Pedagogika oliy o‘quv yurtlarining talabalari va o‘rta maktab tarix o‘qituvchilari uchun. Toshkent, 1978), X.Hasanovning «Geografik terminlar lug‘ati» (Toshkent, 1978), X.Xomidiy, Sh.Abdullayev, S.Ibrohimovlarning «Adabiyotshunoslikning terminlari lug‘ati» (Toshkent, 1983), A.Hojiyevning «Lingvistik terminlarning izohli lug‘ati» (Toshkent, 2002), M.Ismoilov, A.Sharopovlarning «Tarix atamalari lug‘ati» (Toshkent, 2013), H.Dadaboyevning «Tarixiy harbiy terminlar lug‘ati» (Toshkent, 2007), G‘.Ahmedov va H.Bektemirov tomonidan tuzilgan «Ruscha-o‘zbekcha yuridik atamalar lug‘ati» (Toshkent), F.Bakirovning «Yuridik terminlar lug‘ati» (Toshkent, 1959), «Yuridik atamalar va iboralar lug‘ati» (Toshkent,1993), D.Xudayberganovaning «Lingvokulturologiya terminlarining qisqacha izohli lug‘ati» (Toshkent, 2015), Z.Muqimov va O.Tursunovalar tomonidan tuzilgan «O‘zbek davlatchiligida qo‘llangan tarixiy-huquqiy atamalar» (Samarqand, 2007) singari asarlarni kiritish o‘zini oqlaydi. «Yo‘l ishi sohasidagi atamalar 1 » lug‘atidagi terminlarni yo‘lga xoslik darajasiga ko‘ra quyidagi uch guruhga bo‘lib o‘rganish mumkin: 1 Йўл иши соҳасидаги атамалар. Дорожная терминология. (Ю.Т.Абдураҳмонов ва бошқалар.) –Тошкент, 1990. – 96 б.; Темир йўл атамаларининг русча-ўзбекча қисқа луғати (И.Ибрагимов ва бошқалар.) – Тошкент, “Ўқитувчи” 1993. – 67 б. A.B.Pardayev, D.B.Urinbayeva, D.A.Islamova. O’zbek terminologiyasi 224 a) faqat yo‘lga xos terminlar: avtomobil yo‘li, asfalt-beton, asfalt yotqizgich, bordyur, yo‘l qoplamasi, yo‘l poyi kabilar; b) yo‘lga ham, boshqa sohalarga ham xos bo‘lgan terminlar: polimerlar, ohak kukuni, xlorli kalsiy, portlandsement kabilar; v) yo‘lga xos bo‘lmagan terminlar: uchish maydoni, aeroport, gidroaerodrom (suv havo uyi), qo‘nalg‘a kabilar. Nazarimizda, so‘nggi turdagi terminlar yo‘lsozlik terminosistemasiga daxldor emas. Mazkur lug‘at orqali rus tilidan o‘zbek tiliga uch xil yo‘l bilan termin o‘zlashtirilganligini aniqlash mumkin. Bular: 1. Aynan olingan terminlar: anker, domkrat, kompressor, koper, koush kyuvet kabilar. 2. Kalkalash asosida o‘zlashtirilgan terminlar: блоки такелажные – takelaj bloklari, вибробадя – tebratgich badya, дизель молот – dizel bolg‘a, иглофильтр – ignali filt kabilar. 3. O‘zbek tilida muqobili topilgan terminlar: бордюр – hoshiya, земляное полотно – yo‘l poyi, тротуар – yo‘lka, буна – to‘siq, лоток – nov, насып – ko‘tarma kabilar. Lug‘atda terminlarning berilishida ayrim nuqsonlar sifatida quyidagilarni ko‘rsatish mumkin. Birinchidan, lug‘atda ko‘p hollarda terminning o‘zbekcha muqobilini ko‘rsatish emas, balki terminning ma’nosini tushuntirib berishga intilish hollari kuzatiladi. Nazarimizda, birikma terminlarni imkon qadar qisqartirib, termin shakliga keltirish mumkin edi. Masalan, idora, korxona ixtiyoridagi avtomobil yo‘li (автомобильная дорога ведомственная) terminini korxona yo‘li; kolxoz, sovxoz yoki korxonalar ichidagi avtomobil yo‘llari (автомобильная дорога внутрихозяйственная) terminini xo‘jalik yo‘li, bir qator aylanma egri chiziqdan iborat bo‘lgan egrilik (кривая коробовая) terminini aylana tarzida berish mumkin. Ikkinchidan, o‘zlashgan har qanday terminni o‘zbekchalashtirishga urinish, unga o‘zbekcha muqobil qidirish sun’iylikni keltirib chiqaradi. Masalan, lug‘atda бордюр termini o‘rniga hoshiya; бровки termini o‘rniga qosh so‘zlarining berilishi o‘zini oqlamaydi. Bizningcha, rus tilidan A.B.Pardayev, D.B.Urinbayeva, D.A.Islamova. O’zbek terminologiyasi 225 o‘zlashgan бордюр, бровки terminlarining o‘zini qoldirish maqsadga muvofiq 1 . Download 2.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling