A. B. Pardayev, D. B. Urinbaeva, D. A. Islamova. O’zbek terminologiyasi


SEMINAR MASHG‘ULOTLAR UCHUN TOPSHIRIQLAR


Download 2.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet138/152
Sana21.09.2023
Hajmi2.71 Mb.
#1683461
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   152
 
SEMINAR MASHG‘ULOTLAR UCHUN TOPSHIRIQLAR 
1-topshiriq. Lug‘at maqolalarini ierarxik tarzda tartiblang. 
Lug‘atlar turli tipda shakllantiriladi. Ayrim lug‘atlarda izoh, misol, 
illyustratsiyalar beriladi. Ayrim lug‘atlar izoh bilan chegaralanadi. 
Ayrim lug‘atlar bir tizimda ishlab chiqiladi. Masalan, 1) vokabula – 
grammatik ko‘rsatkich – stilistik ko‘rsatkich – mazmuni – frazeologiya; 
2) grammatik ko‘rsatkich – kategorial tavsifi (so‘z turkumiga 
tegishliligi); 3) mazmuni – mazmun raqami (qo‘shimcha grammatik 
ko‘rsatkichi+qo‘shimcha stilistik ko‘rsatkichi) – izohi va boshqalar.
Quyidagi lug‘atlarning tizimini qoliplashtiring: 
X.Hasanovning «Geografik terminlar lug‘ati» (Toshkent, 1978); 


A.B.Pardayev, D.B.Urinbayeva, D.A.Islamova. O’zbek terminologiyasi 
228 
A.Hojiyevning «Lingvistik terminlarning izohli lug‘ati» (Toshkent, 
2002); M.Ismoilov, A.Sharopovlarning «Tarix atamalari lug‘ati» 
(Toshkent, 2013); 
H.Dadaboyevning «Tarixiy harbiy terminlar lug‘ati» (Toshkent, 
2007);
G‘.Ahmedov va H.Bektemirov tomonidan tuzilgan «Ruscha –
o‘zbekcha yuridik atamalar lug‘ati» (Toshkent, 2002). 
2-topshiriq. Quyidagi savollarga javob bering. 
1. Terminologiya qanday manbalar hisobiga shakllanadi? 
2. Terminlogiyaning voqelanishida qanday jihatlar harakatga 
keladi? 
3. Terminlarning qaror topishida umummilliy qatlamning roli qay 
darajada? 
4. Ilmiy terminlar tizimida qadimgi sof turkiy qatlamning o‘rni 
bormi? 
5. Terminologik leksika va umumadabiy leksika o‘rtasidagi 
munosabatga baho bering. 
6. Terminlarning ma’no-mazmunini anglab yetishda terminologik 
lug‘atlarning qanday roli bor? 
7. O‘tgan asrda o‘zbek tilida qanday fan sohalari bo‘yicha 
terminologik lug‘atlar yaratildi? 
8. Istiqlol davrida terminologik lug‘atlar yaratish borasida qanday 
ishlar amalga oshirildi? 
9. Tarix terminlari lug‘atlari nima uchun zarur? 
10. Terminologik lug‘at bilan etimologik lug‘at maqolasini 
yozishda qanday farqli jihatlar mavjud? 
11. An’anaviy terminologik lug‘at va elektron terminologik 
lug‘atni yaratishdagi o‘ziga xosliklarni sanab o‘ting. 


A.B.Pardayev, D.B.Urinbayeva, D.A.Islamova. O’zbek terminologiyasi 
229 
3-topshiriq. Terminologik lug‘at yaratuvchi mutaxassislarga 
qo‘yiladigan talablarni keltiring. O‘zingiz zarur deb hisoblagan yangi 
talablar ishlab chiqishga harakat qiling.
4-topshiriq. Yangi terminologik lug‘at yaratish uchun lug‘at 
maqolalarini keltiring. Lug‘at maqolasi jadvalda berilgan tartibda 
bo‘lishi shart. 
Lug‘at maqolasi zonalari 
Izohi 
Leksik kirish (izoh) 
Ta’riflash
Misollar
Manba

Download 2.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   152




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling