A. B. Pardayev, D. B. Urinbaeva, D. A. Islamova. O’zbek terminologiyasi


AMALIY MASHG‘ULOTLAR UCHUN TOPSHIRIQLAR


Download 2.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet136/152
Sana21.09.2023
Hajmi2.71 Mb.
#1683461
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   152
 
AMALIY MASHG‘ULOTLAR UCHUN TOPSHIRIQLAR 
1-topshiriq. Quyidagi lug‘at maqolalarini tahlil qilib, terminologik 
lug‘atlarning tarkibini aniqlang. Masalan, Bir tilli lug‘atlar – ko‘p tilli 
lug‘atlar; Sohaga oid lug‘at – sohalararo lug‘at. 
BANDLIK XIZMATI - aholini ish bilan ta’minlash davlat 
xizmati - mamlakat miqyosida aholini ish bilan ta’minlash siyosatini 
amalga oshirish va fuqarolarga tegishli kafolatlarni ta’minlab berish 
uchun tashkil etilgan davlat xizmati. O‘zbekistonda 1992-yildan 
O‘zRning «Aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risida»gi qonuni 
(13.1.1992) asosida tashkil etilgan. B.x. ishsizlikning oldini olish va 
ishsizlik oqibatlaridan ijtimoiy muhofaza qilish maqsadlarida respublika 
miqyosida va mahalliy darajada ish bilan ta’minlash dasturlarini amalga 
oshiradi, jumladan, mehnat bozoridagi holatni tahlil hamda taxmin 
qiladi, tegishli axborot tarqatilishini ta’minlaydi; bo‘sh ish joylarini va 
ishga joylashtirish masalasida murojaat qilgan fuqarolarning hisobini 
yuritadi, ularni ishga joylashtiradi, ishlamayotgan fuqarolarni kasbga 
o‘rgatish, qayta o‘qitish va malakasini oshirishni tashkil etadi, ishsizlarni 
ro‘yxatga olishni ta’minlaydi, ularga yordam ko‘rsatadi va boshqa 
bandlik xizmati faoliyatini pul bilan ta’minlash uchun ish bilan 
ta’minlashga ko‘maklashish Davlat fondi tashkil etilgan. Bu fond 
mulkchilik va xo‘jalik yuritish shakllaridan qat’i nazar korxonalar, 
muassasalar, tashkilotlar, kooperativlar va b. ish beruvchilar mehnatga 
haq to‘lash fondining 3%dan kam bo‘lmagan miqdorda majburiy 
ajratmalari, hukumat va mahalliy boshqaruv organlari dotatsiyalari, 
ixtiyoriy xayriyalar va b.dan tashkil topaldi. 
1
Валиев Т.Қ. Ўзбек тили йўлсозлик терминларининг структур-семантик хусусиятлари ва лексикографик 
талқини. Фалсафа доктори диссертацияси (PhD) автореферати. -Самарқанд, - 2018. 15 б. 


A.B.Pardayev, D.B.Urinbayeva, D.A.Islamova. O’zbek terminologiyasi 
226 
Mamlakat miqyosida B. x. tizimi O‘zR Mehnat vazirligi va uning 
hududiy organlarini hamda mahalliy bandlik markazlari - mehnat 
birjalarini qamraydi (q. Mehnat birjasi). Dilfuza Rahimova. 

Download 2.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   152




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling