A. B. Pardayev, D. B. Urinbaeva, D. A. Islamova. O’zbek terminologiyasi
Download 2.71 Mb. Pdf ko'rish
|
Terminologik lug‘atlar – so‘zligi ma’lum bir fan va texnika
tarmog‘i, ijtimoiy yoki xo‘jalik hayotining biror sohasiga oid so‘z- terminlardan iborat bo‘lgan lug‘at. Bunday lug‘at so‘zlikning berilishi va izohlanishiga ko‘ra, ensiklopedik lug‘atlar bilan lingvistik lug‘atlar belgilariga ega bo‘ladi. Ular bir, ikki va undan ortiq tilli, izohsiz, izohli hamda ensiklopedik xarakterda bo‘lishi mumkin. Terminlar va ularning izohi qadimgi lug‘atlar – «Devonu lug‘otit turk», «Muqaddimatul adab», «Kelurnoma» asarlarida uchrasa-da, ular universal lug‘atlar hisoblanib, maxsus sohani ko‘zlab tuzilmagan 1 . Terminlar asosida lug‘atlar yaratish hamda yaratilgan lug‘atlar majmui ko‘pchilik tilshunoslar va mutaxassislar tomonidan «terminologik leksikografiya», «ilmiy-texnik leksikografiya» deb nomlanib kelindi. Tilshunoslar A.A.Reformatskiy, A.D.Xayutin, S.V.Grinyov mazkur terminlar o‘rniga, terminografiya terminini qo‘llashni taklif etadi va unga maxsus yoki terminologik lug‘atlar tuzish nazariyasi va amaliyoti sifatida ta’rif beradi 2 . Faqatgina 1980-yil terminografiya atamasi alohida fan sifatida kirib keldi va maxsus so‘zlarning lug‘atini yaratish, tuzish tamoyillarini ishlab chiqish masalalari bilan shug‘ullandi. XX asrning oxirlariga kelib, 2 mingdan ortiq terminologik standartlar ishlab chiqildi. Shu asosda 2,5 mingdan ortiq me’yoriy hujjatlar, 400 dan ortiq informatsion deskriptor lug‘atlar, minglab rubrikator va klassifikatorlar, o‘quv lug‘atlar, 1950- 1979-yillar oralig‘ida 700ga yaqin maxsus so‘zlarning tarjima va izohli lug‘atlari yuzaga keldi 3 . 1 Мадвалиев А. Ўзбек терминологияси ва лексикографияси масалалари. – Тошкент, 2017. – Б.134. 2 Гринёв С.В. Введение в терминологическую лексикографию (учебное пособие). – М., 1986. – С.5. 3 Гринев-Гриневич С. Терминоведение. – М., 2008. – С. 218. A.B.Pardayev, D.B.Urinbayeva, D.A.Islamova. O’zbek terminologiyasi 217 XX asrdagi dastlabki terminologik lug‘at – Nazir To‘raqulovning «Rus-o‘zbek tillarining ijtimoiy-siyosiy atamalari lug‘ati» 1922-yilda nashr etilgan. Terminologik lug‘atlar, odatda, sinxron materialni qamrab oladi, lekin ular eskirib borgan sari nafaqat tegishli terminologiya tarixini, balki o‘sha terminologik lug‘atlar yaratilgan tilning tarixini o‘rganishda muhim manbalardan biriga aylanib qoladi. Terminologik lug‘atlar yaratish, ya’ni terminografiya umumiy leksikografiyaning ajralmas qismi bo‘lib, ulardagi jarayonlar bir-biriga o‘xshasa-da, lekin bir-biridan farq qiladi. Shuning uchun ham, turli olimlar tomonidan lug‘at turlari va ularni tuzishning nazariy asoslari ishlab chiqilgan. V.G.Gakning yozishicha, tilshunoslikning lug‘atchilik nazariyasiga oid sohasi, ya’ni nazariy leksikografiya lug‘at turlari va ularni tuzishning nazariy asoslarini ishlab chiqish bilan shug‘ullanadi va bir qancha muammolarni qamrab oladi. Chunonchi: lug‘atlarning umumiy tipologiyasini va yangi turdagi lug‘atlarni ishlab chiqish; lug‘at makrostrukturasini ishlab chiqish (so‘zlarni tanlab olish, so‘z va lug‘at maqolalarini joylashtirish tartibi, omonimlarni belgilash, lug‘at tarkibiga havola materiallarini kiritish); lug‘at mikrostrukturasini, ya’ni har bir lug‘at maqolasini ishlab chiqish (so‘zga grammatik va fonetik izoh berish, so‘z ma’nolarini ajratish va tasniflash, dalil sifatidagi illyustratsiyalar turlari, ta’riflash turlari, belgilar tizimi, so‘z etimologiyasi haqidagi ma’lumotlar) va b 1 . Terminologik lug‘atlarning lug‘at maqolalarini yozishda, terminni tavsiflashda quyidagilar muhim xususiyatlar taqqoslanadi va bir qator tamoyillar inobatga olinadi: 1) semantika: terminni ifodalayotgan tushuncha bilan bog‘lash; 2) so‘z o‘zgarishi: morfologik shakllarning yasalish xususiyatlari; 3) so‘z yasalishi: bir o‘zakli so‘zlar o‘rtasida munosabat o‘rnatish va terminlarning so‘z yasalish uyasiga kiritish (qiyoslang: 1 Гак В.Г. Лексикография // Лингвистический энциклопедический словарь. – М., 1990. – С.258-259. A.B.Pardayev, D.B.Urinbayeva, D.A.Islamova. O’zbek terminologiyasi 218 "kommunikatsiya" terminining turli ma’nolari bilan bog‘liq bo‘lgan kommunikativ va kommunikativlik); 4) sintaktik aloqalar: boshqarish, boshqa termin va noterminlar bilan mosligi; 5) terminotizimdagi paradigmatik aloqalar: sinonimlar, antonimlar, giper-giponimik aloqalar, ma’no kesishmalari, terminologik qatorlar; 6) talaffuz; 7) matnda qo‘llangan misollari; 8) kelib chiqishi; 9) tarjima ekvivalentlar. Terminlar ona tilining so‘z yasash elementlaridan (prefiks) yoki so‘zlarning semantikasining o‘zgarishi orqali shakllantirilishi mumkin (maydon - semantik maydon) 1 . Rus tilshunos olimi A.N.Baranov quyidagi tamoyillarni keltiradi: 1) lug‘at tipi: lug‘at tipidan yaratilayotgan lug‘at maqolasining yuzaga kelishi inobatga olinadi. Tilshunoslikda quyidgi lug‘at tiplari mavjud: 1) Umumlingvistik lug‘atlar. 2) Xususiy lingvistik lug‘atlar; 2) tarjima yoki izohli lug‘atlar: bu tip lug‘atlarni yaratishda lug‘at maqolalari muhim ahamiyatga ega. Tarjima lug‘atlaridagi ma’lumotlar izohli lug‘atda aks etmaydi yoki teskarisi; 3) lug‘at ma’lumotlarini joylashtirishning umumiy tamoyili: tezaurus yoki alfavitli lug‘at; 4) bir tilli yoki ko‘p tilli lug‘atlar; 5) terminni talaffuz qilinishi bo‘yicha ma’lumot: tilshunoslikka oid lug‘atlarda bu tamoyil juda muhim. Chunki baynalminal so‘zlar tilda ko‘p ularni talaffuz shakliga ham amal qilish lozim; 1 Волкова И.А. Введение в компьютерную лингвистику. Практические аспекты создания лингвистических процессоров. (Учебное пособие для студентов факультета ВМиК МГУ). – М., 2006. –С. 21. A.B.Pardayev, D.B.Urinbayeva, D.A.Islamova. O’zbek terminologiyasi 219 6) manba-til xususida ma’lumot: bu tamoyilga amal qilish terminning qaysi manbadan, yoki qaysi tilda qo‘llanishini aniqlash uchun zarur. Shunda terminning ma’nosini tushunish yengil kechadi; 7) grammatik ma’lumot: bunda asosan, terminning qaysi so‘z turkumiga mansubligi, uning yasalishi, struktur tuzilishi haqida ma’lumotlar keltiriladi; 8) tarjima: tarjima lug‘atlari uchun zarur, izohli lug‘atlarning amaliy jihatini oshiradi; 9) izohlash; 10) ko‘rgazmalilik va misollar: lug‘atning tipiga qarab ushbu tamoyil amal qiladi; 11) terminning biror soha, maktabga taalluqli ekanligini ko‘rsatuvchi izoh: lug‘at tipiga qarab lug‘at maqolalarining tuzilishi ishlab chiqiladi; 12) kesishgan havolalar: terminlarning paradigmatik va sintagmatik xususiyatini tushunish uchun qo‘llaniladi. Bunda qarang., so‘z.ayn., qiyos. kabi markerlar qo‘llaniladi; 13) adabiyotga havola; 14) sitata; 15) ko‘rsatkich 1 . Terminologik lug‘atda lug‘at maqolasining tarkibiy qismlarini tahlil qilsangiz, oddiy lug‘atdan ko‘ra bunday lug‘atlar yanada ko‘proq mehnat talab qilishi mumkinligini sezasiz. O‘tgan asrning 50-90-yillarida nashr etilgan risola va qo‘llanmalarda, yo‘riqnomalarda terminografik faoliyat, ya’ni terminologik lug‘atlar tuzish ishi bir necha bosqichdan iborat bo‘lishi, har bir bosqichda qanday ishlar amalga oshirilishi kerakligi haqida aniq ko‘rsatmalar beriladi. Lug‘atshunos S.Akobirov o‘z davrida Moskvadagi Texnika terminologiyasi komitetining «Ilmiy-texnikaviy 1 Баранов А.Н. Введение в прикладную лингвистику: Учебное пособие. — М.: Эдиториал УРСС, 2001. - C. 55.13-14. A.B.Pardayev, D.B.Urinbayeva, D.A.Islamova. O’zbek terminologiyasi 220 terminologiyani tartibga solish bo‘yicha ishlovchilar uchun eslatma xat»idan kelib chiqib, terminologik tadqiqotlar olib borish va terminologik lug‘at tuzish ishlari 6 bosqichda olib borilishini tavsiya etadi 1 . S.V.Grinyov esa bu bosqichlarni 4 ta qilib belgilaydi 2 . Download 2.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling