A. B. Pardayev, D. B. Urinbaeva, D. A. Islamova. O’zbek terminologiyasi


Download 2.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet133/152
Sana21.09.2023
Hajmi2.71 Mb.
#1683461
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   152
Birinchi bosqich – bo‘lajak lug‘atning tipi va uning asosiy 
xarakteristikalari – tavsiflanishi kerak bo‘lgan leksik qatlam, lug‘atning 
maqsad va vazifasi, lug‘atdan foydalanuvchilar doirasi, leksikani 
qamrab olish va tavsiflash jihatlari, lug‘atning taxminiy hajmi, lug‘atga 
jalb etiladigan maxsus leksikani tanlab olish mezonlari, lug‘at 
maqolalarining, va umuman, lug‘atning tuzilishi va boshqalar belgilab 
olinadi. 
Ikkinchi bosqich – leksik material (so‘z va so‘z birikmalari) 
to‘planadi va so‘zlik – lug‘atda tavsiflanishi kerak bo‘lgan maxsus 
lug‘aviy birliklar ro‘yxati tuziladi. Maxsus lug‘aviy birliklar lug‘at 
tuzuvchilar tomonidan avvaldan belgilab qo‘yilgan manbalardan 
maqbul, rasmiy mezonlarga mos holda tanlab olinadi. Aksariyat hollarda 
so‘zlikka faqat terminlar, ya’ni maxsus tilda maxsus tushunchalarni aniq 
aks ettirish, maxsus predmetlarni ifodalash uchun yaratiladigan so‘z va 
so‘z birikmalari tanlab olinadi, lekin ba’zan so‘zlikka nomenklaturaviy 
birliklar – yakka tushunchalar yoki konkret ommaviy mahsulotlar 
nomlari, shartli nomlar kiritiladi. Maxsus leksikani tanlab olishda har bir 
lug‘aviy birlik alohida kartochkaga ko‘chirib yoziladi va ular alifbo 
tartibida joylashtiriladi. 
Uchinchi bosqich – so‘zlikka kirgan maxsus leksika bevosita 
tahlil va tavsif qilinadi. Lug‘atning maqsad-vazifasiga ko‘ra, tanlab 
olingan lug‘aviy birliklar o‘rtasida sinonimik, ierarxik va assotsiativ 
munosabatlar aniqlanadi va qayd etiladi. Ularga ta’rif beriladi yoki chet 
til materiallaridan ekvivalent tanlanadi, zarur o‘rinlarda tavsiflanayotgan 
lug‘aviy birliklar Grammatik xarakteristika bilan ta’minlanadi. 
1
Акобиров С.Ф. Тил ва терминология. – Тошкент, 1968. – Б. 13-14. 
2
Гринёв С.В. Кўрсатилган асар. – Б.11-13. 


A.B.Pardayev, D.B.Urinbayeva, D.A.Islamova. O’zbek terminologiyasi 
221 
Maqolalar tarkibi va strukturasi belgilanadi, asosiy va qo‘shmcha 
ko‘rsatkichlar shakllantiriladi.

Download 2.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   152




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling