A. B. Pardayev, D. B. Urinbaeva, D. A. Islamova. O’zbek terminologiyasi


Download 2.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet140/152
Sana21.09.2023
Hajmi2.71 Mb.
#1683461
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   152
standartlashtirish 
termini 
ostida 
yurtiladi. 
Ushbu 
maqolada 
terminologiyani standartlashtirish bo‘yicha xorijda e’lon qilingan ishlar 
xususida so‘z yurtiladi
1

Ma’lumki, har bir fan sohasining rivojlanish va takomillashuv 
darajasi shu soha terminologiyasining qay darajada taraqqiy etganligi, 
shuningdek, tartibga solinganligi kabi belgilar bilan ham uzviy 
bog‘liqdir
2
. Chunki ilmiy adabiyotda qo‘llanadigan termin yoki uning 
1
Ҳайдаров Ё. Терминологияни стандартлаштиришга доир // ЎТА, 2012, 3-сон. 
2
Қаранг: Нурмонов А. ва бошқ. Ҳозирги ўзбек адабий тили. –Т.: Шарқ, 2002. –Б. 62-63.


A.B.Pardayev, D.B.Urinbayeva, D.A.Islamova. O’zbek terminologiyasi 
232 
ifoda shakli aniq va ravshan bo‘lmas ekan, unda, albatta, chalkashlik, 
noaniqlik kabi salbiy holatlar saqlanib qolaveradi. Shu bois
V.P.Danilenko ta’kidlaganidek, har bir fan yoki sohaning taraqqiyot 
ko‘rsatkichi 
shu 
soha 
terminologiyasining 
«qat’iy 
ilmiy 
terminologiya»ga ega ekanligi bilan ham belgilanadi. V.P.Danilenko bu 
yerda «qat’iy ilmiy terminologiya» tushunchasini biror - bir sohaviy 
terminologiyaning mazkur fan sohasi taraqqiyoti bilan uyg‘unlashuvi, 
sohaviy terminologiyaning ayni sohaga oid tushunchalarni ifodalashdagi 
hamohangligi, yaratilgan va muomalada bo‘lib turgan terminologiyaning 
muayyan fan tili bilan mos kelishi kabi holatlarni nazarda tutadi.
Terminlarning «…aniqligi va qat’iylashishi shu millatning fani, 
maorifi, madaniyati darajasini ko‘rsatadi. Atamalarning rivojlanishi, 
tartibga solinishi fanning har xil sohalarida turlicha bo‘lib, ma’lum 
fanning taraqqiyotiga bog‘liq. Bu taraqqiyot to‘xtovsiz bo‘lgani uchun 
yangi atamalarning kelib chiqishi, tartibga tushishi ham uzluksiz bo‘ladi. 
Umuman, ona tilida atamalarning puxta ishlanishi, tartibga solinishi 
darslik va qo‘llanmalar tuzish uchun ham, ona tilida dars olib borish 
uchun ham zarur bo‘lgan manbadir. Atamalarning ishlanmaganligi va 
tartibga solinmaganligi nutq uslubiga ham ta’sir ko‘rsatadi
1
». Demak, 
terminologiyaning tartibga solinishi nafaqat ilmiy sohada, balki ijtimoiy 
hayotda ham ahamiyati katta bo‘lgan masaladir. 
Zamonaviy ilm-fan, savdo yoki sanoat sohasi bo‘lsin, ularning 
hammasida xalqaro aloqalar keng rivojlanib, sohaning ertasi butun 
dunyodagi mutaxassislarning o‘zaro hamkorligida ko‘rilmoqda. Bu 
hamkorlik sohaga oid tushunchalarning barcha mutaxassislar uchun 
tushunarli ifodalanishini taqozo qiladi. Mazkur masala xorijda o‘tgan 
asrdayoq ko‘tarilib bo‘lib, International Standartization Organization 
(ISO) - Xalqaro standartlashtirish tashkiloti aynan shu maqsadda tashkil 
etilgan. 
Xalqaro 
standartlashtirish 
tashkiloti 
(International 
1
Даниленко В.П. 


A.B.Pardayev, D.B.Urinbayeva, D.A.Islamova. O’zbek terminologiyasi 
233 
Standartization Organization ISO)ga 1946-yilda 25 davlatning 
standartlashtirish bo‘yicha tashkilotlari tomonidan asos solingan. 
Syu Ellen Rayt «Terminologiyani standartlashtirish. Boshqarish 
strategiyalari» maqolasida standartlashtirishni tashkillashtirish
strategiyalari, bir tilli terminologiyani boshqarish, standartlashtirishga 
oid cheklovlar kabi masalalarga to‘xtaladi. Olima standartlashtirishni 
tashkillashtirishda soha mutaxassislari, axborot texnologiyasi bo‘yicha
mutaxassislar hamda tajribali terminologlarning o‘zaro muloqoti 
natijasi o‘laroq yuzaga kelgan terminologik mahsulot, shuningdek, bu 
mahsulotning onlayn tarzda turli foydalanuvchilarning e’tiboriga havola 
etilishi, 
shu 
asosda 
foydalanuvchilarning 
munosabatini 
bilish 
zamonaviy, ishonchli ma’lumotlar bazasini yaratishga imkon beradi, 
deb hisoblaydi. 
Shon Shradening «Xalqaro standartlashtirishda terminologiyani 
boshqarish» maqolasida plastmassa sanoati sohasi bo‘yicha Xalqaro 
standartlashtirish tashkilotining tajribasi xususida fikr yuritiladi. Richard 
Strexlouning «ISO 10241: Terminologiya standartlarini tayyorlash va 
rejalashtirish» maqolasida Xalqaro standartlashtirish tashkiloti 
tomonidan ishlab chiqilgan ISO 10241 kompyuter dasturi haqida so‘z 
boradi. Bu dastur turli soha mutaxassislariga mo‘ljallangan bo‘lib, 
ularga o‘z sohalari terminologiyasini standartlashtirishda amaliy 
yordamchi vazifasini o‘taydi. Olim terminologiya standartlarini yozish 
sistem yondashuvni talab etadigan uch bosqichdan iborat ekanini aytadi. 
Uning fikricha, avvalo, standart qanday yondashuv asosida yozilishini 
rejalashtirish lozim. Bu rejalashtirish, o‘z navbatida, standartlashtirishga 
bo‘lgan 
ehtiyojni 
tahlil 
qilish, 
standartlashtirish 
kimlarga 
mo‘ljallanayotganini aniqlab olish, qaysi sohaning tushunchalari 
standartlashtirilayotganini qatiy belgilab 
olish, 
manba sifatida 
qo‘llanadigan materiallarni tahlil qilish, sohaga oid tushunchalarni 
ro‘yxat qilib, strukturalashtirish, tilni tanlash, ish rejasi jadvalini tuzish 
kabi qadamlardan tashkil topishini aytadi. Standartlashtirishga bo‘lgan 



Download 2.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   152




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling