A. B. Pardayev, D. B. Urinbaeva, D. A. Islamova. O’zbek terminologiyasi
AMALIY MASHG‘ULOTLAR UCHUN TOPSHIRIQLAR
Download 2.71 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- BANDLIK XIZMATI
AMALIY MASHG‘ULOTLAR UCHUN TOPSHIRIQLAR 1-topshiriq. Quyidagi lug‘at maqolalarini tahlil qilib, terminologik lug‘atlarning tarkibini aniqlang. Masalan, Bir tilli lug‘atlar – ko‘p tilli lug‘atlar; Sohaga oid lug‘at – sohalararo lug‘at. BANDLIK XIZMATI - aholini ish bilan ta’minlash davlat xizmati - mamlakat miqyosida aholini ish bilan ta’minlash siyosatini amalga oshirish va fuqarolarga tegishli kafolatlarni ta’minlab berish uchun tashkil etilgan davlat xizmati. O‘zbekistonda 1992-yildan O‘zRning «Aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risida»gi qonuni (13.1.1992) asosida tashkil etilgan. B.x. ishsizlikning oldini olish va ishsizlik oqibatlaridan ijtimoiy muhofaza qilish maqsadlarida respublika miqyosida va mahalliy darajada ish bilan ta’minlash dasturlarini amalga oshiradi, jumladan, mehnat bozoridagi holatni tahlil hamda taxmin qiladi, tegishli axborot tarqatilishini ta’minlaydi; bo‘sh ish joylarini va ishga joylashtirish masalasida murojaat qilgan fuqarolarning hisobini yuritadi, ularni ishga joylashtiradi, ishlamayotgan fuqarolarni kasbga o‘rgatish, qayta o‘qitish va malakasini oshirishni tashkil etadi, ishsizlarni ro‘yxatga olishni ta’minlaydi, ularga yordam ko‘rsatadi va boshqa bandlik xizmati faoliyatini pul bilan ta’minlash uchun ish bilan ta’minlashga ko‘maklashish Davlat fondi tashkil etilgan. Bu fond mulkchilik va xo‘jalik yuritish shakllaridan qat’i nazar korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, kooperativlar va b. ish beruvchilar mehnatga haq to‘lash fondining 3%dan kam bo‘lmagan miqdorda majburiy ajratmalari, hukumat va mahalliy boshqaruv organlari dotatsiyalari, ixtiyoriy xayriyalar va b.dan tashkil topaldi. 1 Валиев Т.Қ. Ўзбек тили йўлсозлик терминларининг структур-семантик хусусиятлари ва лексикографик талқини. Фалсафа доктори диссертацияси (PhD) автореферати. -Самарқанд, - 2018. 15 б. A.B.Pardayev, D.B.Urinbayeva, D.A.Islamova. O’zbek terminologiyasi 226 Mamlakat miqyosida B. x. tizimi O‘zR Mehnat vazirligi va uning hududiy organlarini hamda mahalliy bandlik markazlari - mehnat birjalarini qamraydi (q. Mehnat birjasi). Dilfuza Rahimova. Download 2.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling