A. B. Pardayev, D. B. Urinbaeva, D. A. Islamova. O’zbek terminologiyasi
SEMINAR MASHG‘ULOTLAR UCHUN TOPSHIRIQLAR
Download 2.71 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2-topshiriq.
SEMINAR MASHG‘ULOTLAR UCHUN TOPSHIRIQLAR 1-topshiriq. Lug‘at maqolalarini ierarxik tarzda tartiblang. Lug‘atlar turli tipda shakllantiriladi. Ayrim lug‘atlarda izoh, misol, illyustratsiyalar beriladi. Ayrim lug‘atlar izoh bilan chegaralanadi. Ayrim lug‘atlar bir tizimda ishlab chiqiladi. Masalan, 1) vokabula – grammatik ko‘rsatkich – stilistik ko‘rsatkich – mazmuni – frazeologiya; 2) grammatik ko‘rsatkich – kategorial tavsifi (so‘z turkumiga tegishliligi); 3) mazmuni – mazmun raqami (qo‘shimcha grammatik ko‘rsatkichi+qo‘shimcha stilistik ko‘rsatkichi) – izohi va boshqalar. Quyidagi lug‘atlarning tizimini qoliplashtiring: X.Hasanovning «Geografik terminlar lug‘ati» (Toshkent, 1978); A.B.Pardayev, D.B.Urinbayeva, D.A.Islamova. O’zbek terminologiyasi 228 A.Hojiyevning «Lingvistik terminlarning izohli lug‘ati» (Toshkent, 2002); M.Ismoilov, A.Sharopovlarning «Tarix atamalari lug‘ati» (Toshkent, 2013); H.Dadaboyevning «Tarixiy harbiy terminlar lug‘ati» (Toshkent, 2007); G‘.Ahmedov va H.Bektemirov tomonidan tuzilgan «Ruscha – o‘zbekcha yuridik atamalar lug‘ati» (Toshkent, 2002). 2-topshiriq. Quyidagi savollarga javob bering. 1. Terminologiya qanday manbalar hisobiga shakllanadi? 2. Terminlogiyaning voqelanishida qanday jihatlar harakatga keladi? 3. Terminlarning qaror topishida umummilliy qatlamning roli qay darajada? 4. Ilmiy terminlar tizimida qadimgi sof turkiy qatlamning o‘rni bormi? 5. Terminologik leksika va umumadabiy leksika o‘rtasidagi munosabatga baho bering. 6. Terminlarning ma’no-mazmunini anglab yetishda terminologik lug‘atlarning qanday roli bor? 7. O‘tgan asrda o‘zbek tilida qanday fan sohalari bo‘yicha terminologik lug‘atlar yaratildi? 8. Istiqlol davrida terminologik lug‘atlar yaratish borasida qanday ishlar amalga oshirildi? 9. Tarix terminlari lug‘atlari nima uchun zarur? 10. Terminologik lug‘at bilan etimologik lug‘at maqolasini yozishda qanday farqli jihatlar mavjud? 11. An’anaviy terminologik lug‘at va elektron terminologik lug‘atni yaratishdagi o‘ziga xosliklarni sanab o‘ting. A.B.Pardayev, D.B.Urinbayeva, D.A.Islamova. O’zbek terminologiyasi 229 3-topshiriq. Terminologik lug‘at yaratuvchi mutaxassislarga qo‘yiladigan talablarni keltiring. O‘zingiz zarur deb hisoblagan yangi talablar ishlab chiqishga harakat qiling. 4-topshiriq. Yangi terminologik lug‘at yaratish uchun lug‘at maqolalarini keltiring. Lug‘at maqolasi jadvalda berilgan tartibda bo‘lishi shart. Lug‘at maqolasi zonalari Izohi Leksik kirish (izoh) Ta’riflash Misollar Manba Download 2.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling