A. B. Pardayev, D. B. Urinbaeva, D. A. Islamova. O’zbek terminologiyasi


Download 2.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet141/152
Sana21.09.2023
Hajmi2.71 Mb.
#1683461
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   152
A.B.Pardayev, D.B.Urinbayeva, D.A.Islamova. O’zbek terminologiyasi 
234 
ehtiyojni tahlil qilish uchun ayni soha bo‘yicha ish olib borayotgan 
guruhlarning o‘zaro muloqotini kuzatish kerakligini ta’kidlaydi. Agar bu 
muloqot ma’lum darajada cheklangan bo‘lsa, biror terminning ma’nosi 
ko‘pchilikka tushunarsiz bo‘lib, u haqda yig‘ilishda ko‘p so‘ralsa, ayrim 
terminlarning ma’nosini asoslash yoki ma’nosi haqida bahslashish 
uchun ko‘p vaqt ketsa, terminologiyani standartlashtirish zarurati 
mavjuddir, deb xulosa qilish mumkin bo‘ladi. 
Standartni 
yozish 
manba 
yig‘ish, 
terminlarni 
tanlash, 
tushunchalarni strukturalashtirish va ta’rif yozishdan iborat bo‘ladi. 
Tushunchalar tanlab olinib, tasniflangach, terminlar ro‘yxati tuzilib, 
tushunchalar shu sohaga tegishliligi yoki boshqa sohadan 
o‘zlashtirilganligiga ko‘ra yoki umumxalq tilidan olinganligiga ko‘ra 
tasniflanishi lozim. Terminlarni keyingi ta’riflanishi va ajratib olinishi
shu tasnifga bog‘liq bo‘ladi. 
Terminlarga ta’rif yozishda ma’lum qoidalarga rioya qilinishi 
lozim. ISO 10241 quyidagi qoidalarni taklif etadi: 
Ta’rifni termin bilan bir xil grammatik shaklga ega bo‘lgan so‘z 
bilan boshlash. 
Termin anglanayotgan tushuncha mansub bo‘lgan obyektlar sinfini 
keltirish va muhim farqlovchi xususiyatlarni berish. 
Ta’rifda terminni qayta ishlatmaslik. 
Ta’rifni «termin» degan so‘z bilan boshlamaslik. 
Terminni tushuntirish uchun vebral tushuntirish bilan birga 
chizmalardan foydalanish. 
Xalqaro 
standartlashtirish 
tashkilotining 
terminologiyasini 
standartlashtirish 
bo‘yicha 
ishlab 
chiqqan 
qoidalariga 
ko‘ra, 
terminologik 
lug‘atlarda 
ilmiy 
terminga 
izoh 
berilayotganda
izohlanayotgan termin aynan takrorlanmasligi kerak. O‘zbek tilidagi 
ayrim terminolgik lug‘atlarda bu qoidaga har doim ham amal qilmaslik 
holatlari mavjud. Masalan, 1994-yili nashr etilgan «Tibbiyot qomusiy 
lug‘ati»da berilgan qorin pardasi, seroz parda, homila pardasi 


A.B.Pardayev, D.B.Urinbayeva, D.A.Islamova. O’zbek terminologiyasi 
235 
terminlarining izohlarida ularni tushuntirish uchun yana aynan parda 
so‘zi ishlatilgan. «Seroz parda - tana bo‘shliqlarini o‘rab turadigan 
parda...», «homila pardasi - xorion va suv pardadan iborat; xorion va 
amnion pardalar homilaga, desidual parda esa onaga xos». Ko‘rinib 
turibdiki, parda so‘zi ishlatilgan har uchala termin ta’rifida ham ilmiy 
tushunchalar bilan tushuntirilmasdan aynan takrorlangan. Parda so‘zi 
alohida termin sifatida izohlangan bo‘lishi mumkin degan fikrda 
lug‘atning «P» harfi bilan boshlanuvchi terminlar berilgan qismiga 
ko‘z tashlansa, bu qismda unday termin berilmaganiga guvoh bo‘lasiz. 
Terminologik lug‘atlarda, umuman, har qanday izohli lug‘atda 
biror leksik birlikni izohlashda qo‘llanilgan so‘zlarning barchasi ayni 
lug‘atda alohida izohga ega bo‘lishi lozimligi ma’lum. Biroq yuqorida
nomi zikr etilgan tibbiyot lug‘atida homila pardasi termini ta’rifida 
qo‘llangan xorion termini lug‘atning «X» harfi bilan boshlanuvchi 
terminlar berilgan qismida mavjud emas. Yana bir misol, ana shu 
lug‘atda seroz parda atributiv birikmali termini izohida ishlatilgan
chambar ichak termini alohida tarzda lug‘atning «Ch» harfi bilan 
boshlanuvchi terminlar berilgan qismidan topilmaydi. Shu kabi ko‘z ichi 
bosimi termini izohida ishlatilgan ko‘z soqqasi terminiga alohida lug‘at 
birligi sifatida izoh berilmagan. Ko‘z ichi bosimi nima ekanini
tushunib olmoqchi bo‘lgan kishi bu termin izohini o‘qib, ikkinchi bir 
terminga duch keladi, o‘sha ikkinchi termin esa lug‘atda berilmagan. 
Bundan xulosa qilish mumkinki, lug‘atda izohi berilgan terminning 
ma’nosi ham o‘quvchi tomonidan to‘liq tushunilmaydi. 
Xulosa qilib aytganda, ilmiy tushunchalar izohlanadigan maxsus 
lug‘atlarda bunday holatga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Bu holatlar sohani 
o‘rganuvchilar, o‘quvchilar tomonidan terminlar ma’nosini tushunishga
ularni o‘zlashtirishga to‘sqinlik qiladi, shu bilan birga, terminologiyani
tartibga solish va standartlashtirish ishlarini murakkabllashtiradi.
Ilmiy adabiyotlarda barcha tillardagi sohaviy terminologiyalar
uchun umumiy bo‘lgan quyidagi jiddiy kamchiliklar ko‘rsatib o‘tilgan: 


A.B.Pardayev, D.B.Urinbayeva, D.A.Islamova. O’zbek terminologiyasi 
236 
terminlarning ko‘p ma’noliligi; terminlar sinonimiyasi; ma’lum bir 
tushunchani ifodalashga xizmat qiluvchi terminning anglatishi lozim 
bo‘lgan tushuncha mohiyatiga uyg‘un bo‘lmasligi; terminning ko‘p 
komponentlardan iborat bo‘lishi va natijada, uni qo‘llashdagi 
noqulaylik; termin talaffuzining noqulayligi (bunday terminlar ikki 
sababga ko‘ra vujudga keladi: 1) asosiy terminni yaratishda uning 
derivatlilik imkoniyatlari yetarlicha inobatga olinmaydi; 2) xorijiy 
terminni o‘zlashtirishda unga jiddiy e’tibor bilan qarab, tanqidiy 
yondashilmaydi); terminologiyani keragidan ortiq miqdorda xorijiy 
terminlar bilan to‘ldirib tashlanishi; termin yaratilishida u anglatishi 
lozim 
bo‘lgan 
tushuncha 
mohiyati 
bilan 
o‘zaro batartiblik 
(sistemalilik)ning yetishmasligi kabilardir. 
To‘g‘ri, hech qanday til faqat o‘z termin elementlari hisobiga 
terminologiyasini qura olmaydi. Til qurilishi jarayoni shuni ko‘rsatadiki, 
dunyoda sof tilning o‘zi umuman mavjud emas. Har doim boshqa 
tillardan termin o‘zlashtirish jarayoni sodir bo‘lib turadi, bu jarayondan 
chekinish mumkin emas. Ammo ehtiyoj sezilmagan holatlarda ham 
xorijiy terminlarni sun’iy ravishda tilga olib kirish har doim o‘zini 
oqlayvermaydi. Bunday holatlarda ko‘proq o‘z til imkoniyatlaridan 
foydalanish va bunda termin ifodalashi lozim bo‘lgan tushuncha 
mohiyati bilan termin o‘rtasidagi mutanosiblikni saqlashga e’tiborni 
qaratish lozim. Ko‘p hollarda ba’zi tushunchalarni ifodalovchi terminlar 
iste’molda mavjud bo‘lmaydi. Natijada bunday tushunchalar o‘ta muhim 
va ahamiyatli bo‘lishiga qaramasdan, keng tarqalish imkoniyatidan 
mahrum bo‘ladi
1

Ko‘rsatilgan 
bu 
kamchiliklarning 
ayrimlari 
o‘zbek 
terminologiyasida ham mavjuddir. Xususan, tilimizda ayni bir terminni 
birdan ortiq tushuncha uchun qo‘llash, bir tushunchani turli terminlar 
bilan atash, variantlilikning mavjudligi, rus tili va u orqali Yevropa 
tillaridan o‘zlashtirilgan terminlarning tushuncha mohiyatini to‘g‘ri aks 
1
Йўлдошев Б. Ўзбек терминологиясини тартибга солиш масалаларига доир. -


A.B.Pardayev, D.B.Urinbayeva, D.A.Islamova. O’zbek terminologiyasi 
237 
ettira olmasligi, bir tushunchani ifodalovchi terminlarning noqulayligiga 
sabab bo‘luvchi ko‘p komponentlilik holatining mavjudligi, xorijiy 
terminlarning keragidan ortiq darajada qo‘llanishi, ayrim terminlarning 
yozilishidagi har xillik kabi terminologiyaning yetakchi tendensiyasiga 
zid keluvchi holatlar ko‘plab uchraydi. O‘zbek terminologiyasidagi 
bunday salbiy holatlarning mavjudligi sohaviy terminologiyalarni 
tartibga solish borasida hali ko‘p ishlar qilinishi lozimligidan dalolat 
beradi. 

Download 2.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   152




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling