A. B. Pardayev, D. B. Urinbaeva, D. A. Islamova. O’zbek terminologiyasi
Download 2.71 Mb. Pdf ko'rish
|
standartlashtirish
termini ostida yurtiladi. Ushbu maqolada terminologiyani standartlashtirish bo‘yicha xorijda e’lon qilingan ishlar xususida so‘z yurtiladi 1 . Ma’lumki, har bir fan sohasining rivojlanish va takomillashuv darajasi shu soha terminologiyasining qay darajada taraqqiy etganligi, shuningdek, tartibga solinganligi kabi belgilar bilan ham uzviy bog‘liqdir 2 . Chunki ilmiy adabiyotda qo‘llanadigan termin yoki uning 1 Ҳайдаров Ё. Терминологияни стандартлаштиришга доир // ЎТА, 2012, 3-сон. 2 Қаранг: Нурмонов А. ва бошқ. Ҳозирги ўзбек адабий тили. –Т.: Шарқ, 2002. –Б. 62-63. A.B.Pardayev, D.B.Urinbayeva, D.A.Islamova. O’zbek terminologiyasi 232 ifoda shakli aniq va ravshan bo‘lmas ekan, unda, albatta, chalkashlik, noaniqlik kabi salbiy holatlar saqlanib qolaveradi. Shu bois, V.P.Danilenko ta’kidlaganidek, har bir fan yoki sohaning taraqqiyot ko‘rsatkichi shu soha terminologiyasining «qat’iy ilmiy terminologiya»ga ega ekanligi bilan ham belgilanadi. V.P.Danilenko bu yerda «qat’iy ilmiy terminologiya» tushunchasini biror - bir sohaviy terminologiyaning mazkur fan sohasi taraqqiyoti bilan uyg‘unlashuvi, sohaviy terminologiyaning ayni sohaga oid tushunchalarni ifodalashdagi hamohangligi, yaratilgan va muomalada bo‘lib turgan terminologiyaning muayyan fan tili bilan mos kelishi kabi holatlarni nazarda tutadi. Terminlarning «…aniqligi va qat’iylashishi shu millatning fani, maorifi, madaniyati darajasini ko‘rsatadi. Atamalarning rivojlanishi, tartibga solinishi fanning har xil sohalarida turlicha bo‘lib, ma’lum fanning taraqqiyotiga bog‘liq. Bu taraqqiyot to‘xtovsiz bo‘lgani uchun yangi atamalarning kelib chiqishi, tartibga tushishi ham uzluksiz bo‘ladi. Umuman, ona tilida atamalarning puxta ishlanishi, tartibga solinishi darslik va qo‘llanmalar tuzish uchun ham, ona tilida dars olib borish uchun ham zarur bo‘lgan manbadir. Atamalarning ishlanmaganligi va tartibga solinmaganligi nutq uslubiga ham ta’sir ko‘rsatadi 1 ». Demak, terminologiyaning tartibga solinishi nafaqat ilmiy sohada, balki ijtimoiy hayotda ham ahamiyati katta bo‘lgan masaladir. Zamonaviy ilm-fan, savdo yoki sanoat sohasi bo‘lsin, ularning hammasida xalqaro aloqalar keng rivojlanib, sohaning ertasi butun dunyodagi mutaxassislarning o‘zaro hamkorligida ko‘rilmoqda. Bu hamkorlik sohaga oid tushunchalarning barcha mutaxassislar uchun tushunarli ifodalanishini taqozo qiladi. Mazkur masala xorijda o‘tgan asrdayoq ko‘tarilib bo‘lib, International Standartization Organization (ISO) - Xalqaro standartlashtirish tashkiloti aynan shu maqsadda tashkil etilgan. Xalqaro standartlashtirish tashkiloti (International 1 Даниленко В.П. A.B.Pardayev, D.B.Urinbayeva, D.A.Islamova. O’zbek terminologiyasi 233 Standartization Organization ISO)ga 1946-yilda 25 davlatning standartlashtirish bo‘yicha tashkilotlari tomonidan asos solingan. Syu Ellen Rayt «Terminologiyani standartlashtirish. Boshqarish strategiyalari» maqolasida standartlashtirishni tashkillashtirish strategiyalari, bir tilli terminologiyani boshqarish, standartlashtirishga oid cheklovlar kabi masalalarga to‘xtaladi. Olima standartlashtirishni tashkillashtirishda soha mutaxassislari, axborot texnologiyasi bo‘yicha mutaxassislar hamda tajribali terminologlarning o‘zaro muloqoti natijasi o‘laroq yuzaga kelgan terminologik mahsulot, shuningdek, bu mahsulotning onlayn tarzda turli foydalanuvchilarning e’tiboriga havola etilishi, shu asosda foydalanuvchilarning munosabatini bilish zamonaviy, ishonchli ma’lumotlar bazasini yaratishga imkon beradi, deb hisoblaydi. Shon Shradening «Xalqaro standartlashtirishda terminologiyani boshqarish» maqolasida plastmassa sanoati sohasi bo‘yicha Xalqaro standartlashtirish tashkilotining tajribasi xususida fikr yuritiladi. Richard Strexlouning «ISO 10241: Terminologiya standartlarini tayyorlash va rejalashtirish» maqolasida Xalqaro standartlashtirish tashkiloti tomonidan ishlab chiqilgan ISO 10241 kompyuter dasturi haqida so‘z boradi. Bu dastur turli soha mutaxassislariga mo‘ljallangan bo‘lib, ularga o‘z sohalari terminologiyasini standartlashtirishda amaliy yordamchi vazifasini o‘taydi. Olim terminologiya standartlarini yozish sistem yondashuvni talab etadigan uch bosqichdan iborat ekanini aytadi. Uning fikricha, avvalo, standart qanday yondashuv asosida yozilishini rejalashtirish lozim. Bu rejalashtirish, o‘z navbatida, standartlashtirishga bo‘lgan ehtiyojni tahlil qilish, standartlashtirish kimlarga mo‘ljallanayotganini aniqlab olish, qaysi sohaning tushunchalari standartlashtirilayotganini qatiy belgilab olish, manba sifatida qo‘llanadigan materiallarni tahlil qilish, sohaga oid tushunchalarni ro‘yxat qilib, strukturalashtirish, tilni tanlash, ish rejasi jadvalini tuzish kabi qadamlardan tashkil topishini aytadi. Standartlashtirishga bo‘lgan |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling