A. B. Pardayev, D. B. Urinbaeva, D. A. Islamova. O’zbek terminologiyasi
Download 2.71 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- SEMINAR MASHG‘ULOTLAR UCHUN TOPSHIRIQLAR 1-topshiriq.
5-topshiriq. Agar seminar uchun manba to‘plamoqchi bo‘lsangiz, unda B.N.Golovin, A.V.Superanskaya, A.A.Reformatskiy, V.A.Zveginsev ijodidan terminologiyaga oid sitatalar rejasini tuzib chiqing. SEMINAR MASHG‘ULOTLAR UCHUN TOPSHIRIQLAR 1-topshiriq. N.Maxmudovning “Termin, obrazli so‘z va metafora” maqolasidan olingan parchani o‘qing, qisqa konspekt qiling. Terminlardagi sinonimiya masalasi ham terminshunoslikdagi anchayin munozarali muammolardan biridir. An’anaviy qarashga ko‘ra, terminosistemada sinonimlarning mavjudligi terminologik sistemaning nuqsoni, ya’ni salbiy holat sifatida baholanadi. Ammo keyingi paytlarda terminologik sinonimiyani ijobiy hodisa sifatida baholaydigan nuqtai nazar ham terminshunoslikda turg‘unlashmoqda. Terminosistemada sinonimiyaning yuzaga kelishi asosli ravishda mavjud ilmiy bilimlarning chuqurlashuvi, yangi ilmiy paradigmalarning shakllanishi va fanning jiddiy rivoji natijasi tarzida izohlanmoqda, “professional-kommunikativ vazifalarni bajarishda maxsus tilning imkoniyatlarini kengaytiradigan” hodisa sifatida “terminosistemaning uzviy xususiyati” o‘laroq talqin etilmoqda [Иванова Г.А. Синонимы в терминологической системе метаязыка лингвистики / Вестник Нижегородского университета им. Н.И.Лобачевского. –2011. –N6 (2). –С.199 – 200]. Bunday qarashga qo‘shilish mumkin, ayniqsa, gumanitar fanlar, xususan, tilshunoslik faktlari bunga to‘la imkon beradi. Bugun, masalan, o‘zbek tilshunosligida “lingvistika” – “tilshunoslik”, “orfoepiya” – “talaffuz”, “orfografiya” – “to‘g‘ri yozuv, imlo”, “sinonimiya” – “ma’nodoshlik”, “antonimiya” – “zid ma’nolilik”, “polisemiya” - “ko‘p ma’nolilik”, “leksika” – “so‘z boyligi”, “inversiya” - “teskari so‘z tartibi” tarzidagi juda ko‘plab sinonimik yoki dublet termin juftliklaridagi juft birliklarining har biri til ilmida yashashga haqli, ularning har birining ilmiy nutq janrlarida o‘z o‘rni, kommunikativ-pragmatik vazifasi bor. A.B.Pardayev, D.B.Urinbayeva, D.A.Islamova. O’zbek terminologiyasi 251 Buning ustiga, bu juftliklardagi birinchi birliklar xalqaro terminoelementlardan tarkib topganligi uchun umumiylik kasb etsa, ikkinchilari o‘z qatlamga oidligi uchun ularda milliy-madaniy unsur yorqinroq ifodalanadi. Bu o‘rinda, yo‘l-yo‘lakay yana bir narsani aytib o‘tmoq joiz. Tadqiqotchi D.Abdullayeva “turkumlararo antonimiya” (E.N.Miller: “межчастеречная антонимия”) hodisasini o‘zbek tilida tadqiq etar ekan, bu hodisani “antisemiya” termini bilan nomladi va muvaffaqiyatli sistemalashtirdi [Абдуллаева Д.А. Ўзбек тилида антисемия: Филол. фан. ном. ...дисс. авт. –Т., 2010]. Boshqa bir tadqiqotchi Sh.Orifjonova “lug‘aviy darajalanish” (E.Sepir: “graduirovanie”) hodisasini o‘zbek tilida tadqiq etarkan, bu hodisani “graduonimiya” termini bilan nomladi (o‘zidan oldingi o‘zbek tilshunoslari kabi) va benihoya asosli sistemaga soldi [Орифжонова Ш.Ғ. Ўзбек тилида луғавий градуонимия. Филол. фан. ном. ...дисс. авт. –Т., 1996]. Shu tariqa o‘zbek tilshunosligida “antisemiya” – “turkumlararo antonimiya”, “graduonimiya” – “darajalanish” terminologik sinonim-dubletlari yuzaga keldi. Albatta, bu ma’qul, tilshunosligimizning o‘ziga xos yutug‘i... [Маҳмудов Н. Тил тилсими тадқиқи. – Тошкент: “Мумтоз сўз” нашриёти, 2017. -Б.154-156]. 1) Mazkur ma’lumotdagi hodisaga o‘zingiz misollar toping. 2) Jadvalni to‘ldiring. Download 2.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling