A. B. Pardayev, D. B. Urinbaeva, D. A. Islamova. O’zbek terminologiyasi


Download 2.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet145/152
Sana21.09.2023
Hajmi2.71 Mb.
#1683461
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   152
4-topshiriq. Mavzu yuzasidan 15 slayddan kam bo‘lmagan 
prezentatsiya va videorolik yarating.
5.3. O‘zbek terminologiyasida amalga oshirilayotgan 
islohotlar 
Reja: 
1. Ilmiy-texnik terminologiya. 
2. O‘zlashgan terminlar. 
Tayanch tushunchalar: termin, talaffuz, matnda qo‘llangan 
misollari, kelib chiqishi, tarjima ekvivalentlar. 
Terminologiya, 
ayniqsa, 
ilmiy-texnik 
terminologiya 
til 
vakillarining nisbatan oz qismi mashg‘ul bo‘lgan fan va 
texnologiyalarning ajralmas unsuridir, terminologiya, asosan, olimlar va 
texnik mutaxassislar muloqoti uchun xizmat qiladi. Shuning uchun ham 


A.B.Pardayev, D.B.Urinbayeva, D.A.Islamova. O’zbek terminologiyasi 
245 
termin yaratishda olimlarning ongli aralashuvi, ilmiy faoliyati, subyektiv 
omillar kuchliroq amal qiladi
1
. Ayni soha mutaxassislari terminlarning 
«tilning tabiiy taraqqiyot yo‘liga insonning sun’iy aralashuvi natijasi» 
ekanligini aytadilar va shuning uchun ham maxsus leksika butunicha 
ikkilamchi ekanligini, haqiqiy, o‘ylab chiqarilgan yoki o‘zlashtirilgan 
so‘zlardan sun’iy yaratilganligini ta’kidlaydilar
2
. Dunyoning turli 
tillarida termin yaratish va boshqa tildan termin o‘zlashtirishning 
shakllangan o‘ziga xos an’analari mavjud. Masalan, Hindistonda yangi 
va butun mamlakat uchun yagona terminologiya yaratishda sanskritga 
asoslanish 
zaruriy 
shartlardandir
3

Xitoy 
va 
fin 
tillaridagi 
terminologiyaning aksariyat qismini o‘z so‘zlar tashkil etadi, o‘zlashma 
terminlar esa juda kam
4
. Tabiiyki, xitoy yozuvining o‘ziga xosligi, ya’ni 
fonetik emasligi tovush o‘zlashmalarining bu tilga erkin kirishi uchun 
monelik qiladi. Xitoy tilining harbiy terminlari izohli lug‘atidagi 4961 ta 
terminning faqat qirqqa yaqinigina tovush o‘zlashmalari ekanligi
5
ham 
ayni shu holat bilan bog‘liq. Yevropa tillaridagi terminlarning asosini 
yunon-lotin tillari birliklari, yunoncha-lotincha terminoelementlar 
tashkil etadi. Mutaxassislar yunoncha-lotincha terminoelementlar o‘ziga 
xos neytral terminologik fondni tashkil etishini qayd etadilar. 
«Haqiqatan ham, ular kunimizda biron-bir tirik tilga mansub emasligi 
uchun barcha tillarga (kamida, yevropa lingvomadaniy arealiga mansub 
tillarning barchasiga) birday tegishlidir»
6
. Ayni paytda yunon-lotin 
tillarining o‘lik tillar ekanligi bu tillar materiallari asosida yaratilgan 
terminlarning stabilligi, bir ma’noliligining saqlanishi, o‘zgarmasligi 
uchun muhim omildir. Avvalo, aytish kerakki, yunon-lotin tili materiali 
asosidagi termin yasalishining barchasi qachonlardir shu tillarda voqe 
1
Никольский Л.Б. Язык в политике и идеологии стран зарубежного Востока. –М.: Наука, 1986. –С. 64. 
2
Суперанская А.В., Подольская Н.В., Васильева Н.В. Общая терминология. Вопросы теории. – М.: “Наука”, 
1989. –С.26. 
3
Зарубежный Восток. Языковая ситуация и языковая политика. –М.: «Наука», 1986. – С.20. 
4
Никольский Л.Б. Кўрсатилган асар, - Б.65. 
5
Кленин И.Д. Заимствования в современном китайском языке / Лексические заимствования в языках 
зарубежного Востока. –М.: «Наука», 1991. – С.94.
6
Суперанская А.В., Подольская Н.В., Васильева Н.В. Кўрсатилган асар, 204-бет; Гак В.Г. Сопоставительная 
лексикология. –М.: «Международные отношения», 1977. – С.53. 


A.B.Pardayev, D.B.Urinbayeva, D.A.Islamova. O’zbek terminologiyasi 
246 
bo‘lgan hodisalar emas, balki fan va texnika rivojida paydo bo‘lgan 
yangi tushunchalarni nomlash ehtiyojiga ko‘ra u yoki bu tirik tilda o‘sha 
o‘lik tillar materiallari asosida termin yasashdir. Bu jarayonni 
V.P.Grigoryev «teskari kalkalash» deb nomlaydi
1
, ya’ni yangi 
tushunchaning asosiy belgilarini ifodalovchi so‘z birikmasi yunon yoki 
lotin tiliga kalkalanadi, paydo bo‘lgan «ifoda» leksik birlik sifatida 
zamonaviy tilning fonetik va orfografik me’yorlariga muvofiq tarzda 
qayd qilinadi. Masalan, mikrofon so‘zi yunoncha mikro va fon 
elementlaridan tarkib topgan, ammo u yunonchada shu tarzda tarkib 
toptirilgan emas, bu tarkiblash jarayoni rus tilida va shu til qonuniyatiga 
muvofiq tarzda amalga oshgan. 
Yunoncha-lotincha terminoelementlar aynan neytral terminologik 
baza bo‘lganligi uchun ham nafaqat Yevropa tillari, balki dunyodagi 
boshqa tillar uchun ham alohida ahamiyat kasb etib bo‘lgan, ular 
xalqarolik sifatini kasb etgan. Albatta, xususan, o‘zbek tili uchun ham 
ular xalqaro terminoelementlar sifatida xizmat qilib kelmoqda. Ilgari 
bunday termin va terminoelementlar o‘zbek, ozarbayjon va boshqa 
tillarga, asosan, rus tili orqali qabul qilingan bo‘lsa, bugun ayni paytda 
Yevropa tillaridan ham qabul qilinmoqda, bu jarayon jadallashmoqda
2
.
Xorijiy o‘zlashma terminlar, xalqaro terminoelementlar, ularning 
ona tilidagi me’yori haqida gap ketganda, bunday terminlarning 
qo‘llanish sohalariga, mazkur terminlardan foydalanadigan fanlarga 
farqli yondashuv zarur. Aniq fanlar, tabiiy fanlar sohalaridagi mazkur 
terminlar me’yori bilan ijtimoiy-gumanitar fanlardagi ana shunday 
me’yor bir-biridan tamoman farq qilishi tabiiy bir talabdir. Masalan, 
matematika tili ijtimoiy-mafkuraviy omillar bilan minimal bog‘liq fan 
tili sifatida anchayin bir xillikka ega, ya’ni ona tilidagi matematik 
terminologik sistemada boshqa tillardagi bilan muqobillikka ega bo‘lgan 
xorijiy terminlar ko‘p. Ammo ijtimoiy-gumanitar fan sifatidagi, 
1
Суперанская А.В., Подольская Н.В., Васильева Н.В. Кўрсатилган асар, - С.204. 
2
Şükürova T. Azerbayjan ve özbek dillerinda müsteqillik dövünda termin yaradıcılığının esas meyilleri. –Bakı, 
2010. –S.178. 



Download 2.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   152




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling