A. B. Pardayev, D. B. Urinbaeva, D. A. Islamova. O’zbek terminologiyasi


Download 2.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet146/152
Sana21.09.2023
Hajmi2.71 Mb.
#1683461
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   152
A.B.Pardayev, D.B.Urinbayeva, D.A.Islamova. O’zbek terminologiyasi 
247 
masalan, tilshunoslik fanida aynan shunday bo‘lishi mumkin emas
1

Ta’bir joiz bo‘lsa, aytish mumkinki, tabiiy-aniq fanlar milliylik 
chegarasidan chiqib ketgan, ijtimoiy-gumanitar fanlarni esa milliylikdan 
tashqarida tasavvur etish mahol. Shuning uchun ham xorijiy 
o‘zlashmalar, aniqsa, bugungi dunyoda umummilliylikning o‘ziga xos 
ko‘rsatkichlari sifatida tabiiy-aniq fanlarning atributlariga aylangan, 
ijtimoiy-gumanitar fanlar insonning ruhiy-milliy olami tadqiqiga 
yo‘nalganligi uchun xorijiy o‘zlashmalarning keragidan ortiq ko‘p 
bo‘lishi bu fanlarning milliy-mantiqiy muvozanatini muallaqlashtirishi 
mumkin. 
Arab olimi Sata al-Xusriy ilg‘or mamlakatlarning yutuqlarini 
o‘zlashtirish haqidagi da’vatlarni xalq qalbida shamoyil topadigan 
ma’naviy madaniyatga tatbiq etmaslik lozimligini ta’kidlaydi
2
, uning 
fikrini umumlashtiradigan bo‘lsak, qanchalik ilg‘or bo‘lmasin, xorijiy 
o‘zlashmalarni ma’naviy dunyo bilan bog‘liq sohalarga olib kirmaslik 
kerak. O‘zbek tilidagi xorijiy o‘zlashmalarning me’yori va milliyligi 
masalasi ma’naviy-madaniy sohalar doirasida favqulodda ahamiyatga 
molik ekanligini hamisha yodda tutmoq lozim. Bu fikr mazkur sohalarda 
o‘zbek tiliga xorijiy terminlarni mutlaqo olib kirmaslik kerak degan 
ma’noni anglatmaydi, albatta. Shuni ham aytib o‘tish kerakki, tildagi har 
qanday o‘zlashmani almashtirish, o‘zbekchalashtirish payidan bo‘lish 
maqsadga 
muvofiq 
emas. 
Akdemik 
A.Hojiyev 
juda 
to‘g‘ri 
ta’kidlaganidek, o‘zbek tili tarqqiyotiga mos holda, o‘zbek tilida o‘rnini 
bosa oladigan so‘z bo‘lmagani, uni yasashning imkoni yo‘qligi uchun 
boshqa tillardan qabul qilingan yadro, lampochka, elektr, radio kabi 
minglab so‘zlarni o‘zbekchalashtirish, almashtirishga hech qanday asos 
va ehtiyoj yo‘q. Yaqin tariximizdagi traktor, samovar kabi so‘zlarni 
o‘tomoch, o‘ziqaynar shaklidagi so‘zlar bilan almashtirishga urinishlar 
1
Гвишиани Н.Б. Язык научного общения. –М.: «Высшая школа», 1986. – С.15. 
2
Никольский Л.Б. Кўрсатилган асар, 118-бет. 


A.B.Pardayev, D.B.Urinbayeva, D.A.Islamova. O’zbek terminologiyasi 
248 
samarasiz yakunlanganini eslatar ekan, olim bunday harakatlar hozir 
ham ba’zan bo‘layotganini, ammo foydasiz ekanini aytadi
1

Tilimizga kirib, o‘zlashib bo‘lgan har qanday xorijiy so‘z yoki 
terminga o‘zbekcha muqobil izlash aqldan emas. Masalan, futbol, 
voleybol, tennis, basketbol, boks, menejer, lizing innovatsiya, internet, 
kompyuter, menejment, monitoring kabi so‘zlar o‘zbekchaga kirib 
bo‘ldi, hatto faol so‘zlar sirasidan joy olib ulgurdi. Turk tilshunoslari, 
masalan, futbolni ayak topu («oyoq to‘pi»), voleybolni uçan top 
(«uchadigan to‘p)», tennisni alan topu («maydon to‘pi»), basketbolni 
sepet topu («savat to‘pi»), boksni yumruk oyunu («musht o‘yini"), 
lizingni kiralama («kira qilish») va sh.k. tarzda nomlashni tavsiya 
qiladilar
2
. Tabiiyki, bunday jo‘n yo‘l biron-bir tilning taraqqiyoti uchun 
hech narsa bermaydi. Xorijiy terminlarni tartibga solishda ularning 
ma’nosini o‘zbek tilida yuzaki tavsiflash yo‘lidan borish ma’qul emas, 
amaliyotga kirib bo‘lgan terminga o‘zbekcha muqobil izlash va 
almashtirish tilda bosh-boshdoqlikka yo‘l ochadi. Xorijiy terminga 
munosabat, eng avvalo, u o‘zlashtirilgunga qadar bo‘lishi zarur, 
o‘zlashtirib bo‘lingandan keyin esa kech bo‘ladi. Bugun tilshunoslar 
ham, tegishli soha mutaxassislari ham ana shuni hisobga olgan holda
hamkorlikda jadal va samarali ish olib borishlari maqsadga muvofiq. 

Download 2.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   152




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling