A. B. Pardayev, D. B. Urinbaeva, D. A. Islamova. O’zbek terminologiyasi
Download 2.71 Mb. Pdf ko'rish
|
Murakkab terminlar – bir yoki birdan ortiq so‘zlarning
grammatik tobelik munosabatiga asoslangan turg‘un birikma holatida bo‘ladi. Terminologiyaga bag‘ishlangan adabiyotlarda murakkab terminlar birikmali terminlar tarkibida o‘rganiladi. Ayrim adabiyotlarda esa, «tarkibli termin 1 », «murakkab termin» sifatida talqin etiladi. Murakkab tuzilgan terminlar yasashda quyidagi talablarga e’tibor berilishi lozim: a) termin mumkin qadar ixcham, kam sonli so‘zlardan iborat bo‘lishi kerak. Terminlarning ixcham bo‘lishi ularni qo‘llashda qulaylik tug‘dirishdan tashqari, ulardan yangi terminlar yasash imkoniyatini beradi. Chunki, mavjud terminlardan so‘z yasovchi affiks yordamida yangi termin yasash (son-teskari son, yoy-yoyning gradusi) hodisalar, tushunchalar orasida mavjud bo‘lgan aloqani ham ko‘rsatib turadi; b) murakkab termin tarkibidagi ba’zi so‘zni izohlaydigan yana boshqa so‘z bo‘lmasligi (qavs ichida berilmasligi) kerak. Aks holda termindan foydalanishda qiyinchilik bo‘ladi. Masalan, tuproqshunoslik sohasida yaratilgan degradatsiyalangan (aynigan) qora tuproq, matematika sohasidagi erkin (bog‘liq) miqdor, o‘xshashlik (analogiya) metodi kabi terminlar muvaffaqiyatli chiqmagan bo‘lib, ularni ishlatish ancha noqulaylik tug‘diradi. Murakkab terminlar tarkibidagi har bir so‘z boshqasi bilan affikslar yordamida yoki sintaktik tartib orqali birikkan bo‘lishi kerak. Ularning ko‘makchilar va bog‘lovchilar vositasi bilan grammatik munosabatga kirishishlari ma’qul emas. Chunki yordamchi so‘zlar vositasi bilan birikkan so‘zlardan iborat bo‘lgan murakkab 1 Усатый И.Б. Структурно-грамматические особенности составных терминов-названий частей речи / Электронный научный журнал «Вестник Омского государственного педагогического университета», Выпуск 2007, - С.56. A.B.Pardayev, D.B.Urinbayeva, D.A.Islamova. O’zbek terminologiyasi 212 terminlarning terminlik xususiyati bilinmay qoladi, oddiy, erkin birikmaga o‘xshab ketadi. Masalan, burchak bilan o‘lchash, o‘rta va chet nisbatga bo‘lish («золотое сечение») kabi. Ko‘rinib turibdiki, bu terminlar tarkibidagi bilan ko‘makchisi hamda va bog‘lovchisining kelishi ularni jonli nutq elementlariga o‘xshatib yuborgan. Download 2.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling