A. B. Pardayev, D. B. Urinbaeva, D. A. Islamova. O’zbek terminologiyasi


Download 2.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet127/152
Sana21.09.2023
Hajmi2.71 Mb.
#1683461
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   152
 
2-topshiriq. Rasmlarga qarab yoyiq va yigʻiq birikmali terminlar
qatnashgan matn tuzing hamda daftaringizga koʻchirib oling. 


A.B.Pardayev, D.B.Urinbayeva, D.A.Islamova. O’zbek terminologiyasi 
208 
 
 
 
 
 
3-topshiriq. Matnni oʻqing hamda undagi terminlarni aniqlang. 
Matndan yoyiq va yigʻiq birikmali terminlarni topib, daftaringizga yozib 
oling. 
Vodorodning ishlatilishi uning kimyoviy xossalariga asoslangan. 
Undan kislorod bilan birikkan paytida ko‘p issiqlik chiqadi. Shu bois, 
vodoroddan motor yoqilg‘isi sifatida foydalaniladi. Metallarni qirqish va 
payvandlash ishlarida ham u faol qo‘llaniladi. Vodorodning metalmas 
moddalar: xlor va azot bilan birikishi reaksiyasi asosida sanoatda xlorid 
kislota va ammiak ishlab chiqariladi. Ammiakdan, o‘z navbatida, nitrat 
kislota olinadi.
MUSTAQIL TA’LIM UCHUN TOPSHIRIQLAR 
1-topshiriq. «Oʻzbek tilining milliy ensiklopediyasi» dan tarix
faniga oid 50 ta yoyiq va yigʻiq birikmali terminlarni daftaringizga 
yozib, kichik terminologik lugʻat yarating.
2-topshiriq. Oʻzingiz sevgan mavzuda yoyiq va yigʻiq birikmlalar 
qatnashgan esse yozing. 


A.B.Pardayev, D.B.Urinbayeva, D.A.Islamova. O’zbek terminologiyasi 
209 
4.5. Murakkab terminlar 
Reja: 
1. Murakkab terminlarning o‘ziga xos xususiyatlari. 
2. Murakkab terminlarning yasalishi. 
3. Murakkab terminlarning turlari. 
Tayanch tushunchalar: murakkab terminlar, xususiyatlar, 
yasalish, terminlarning turlari, sodda tarkibli, murakkab tarkibli 
terminlar. 
Tilshunos olima M. Xudayarova taom nomlari xususida fikr 
yuritib, terminlarni morfologik, sintaktik va semantik usul bilan 
yasalishini izohlagan
1

Olima Qoraqolpog‘istondagi o‘zbek shevalarida sintaktik usul 
bilan yasalgan taom nomlarini quyidagi guruhlarga ajratadi:
1. Sodda tarkibli (ikki so‘zdan tuzilgan) taom nomlari. Ot+ot 
tipida yasalgan taom nomlari: tөshәp, qatыg‘ash, үnashы, maysөk, 
maybыlamыq, sүtgүrich//sүtbүrүnch, mәshpalav, sөk talqan, nan 
talqan, nan shorpa, buvday palav, kәdi bәrәk, gөsh bөrәk, yumыrta 
bәrәk, uvыz bәrәk, qavaq manti, buvday quvыrmach, djүvari 
quvыrmach, gөsh quvыrdaq, yumыrta quvыrdaq, kәdi quvыrdaq, balыq 
kabap, balыq shorpa, balыq qarma, balыq dыmlәmә, balыq palav, 
balыq quvыrdaq, kәdi somsa, kәdi gөmmә, gәshir gөmmә, zamarыq 
gөmmә, qavun tөshәp, djүvari shәvlә, djigildik bыlamыq, qavun 
m’rabba, gәshir m’rabba, djүvari talqan, djiydә iydjan, chәkiydә 
qayыsh, djүvari kүrtik kabi birikma tipidagi taom nomlari nihoyatda 
ko‘p bo‘lib, ularning ikkala qismi ham nominativ vazifa bajaradi. Bu, 
bir tomondan, mazkur ovqat turlarining o‘sha narsalar ishtirokida 
tayyorlanishini bildirsa, ikkinchi tomondan birlamchi va asosiy taom 
1
Худаярова М.Т. Ўзбек тилидаги таом номларининг лингвистик таҳлили. (Қорақалпоғистон ҳудуди 
материаллари асосида). – Тошкент, 2008. –Б. 13. 


A.B.Pardayev, D.B.Urinbayeva, D.A.Islamova. O’zbek terminologiyasi 
210 
nomlarining ot turkumidagi so‘zlardan bo‘lishini, uchinchidan, bu tip 
birikmalar hosila taom nomlari ekanligini ko‘rsatadi.
Sifat+ot: bunda sodda tarkibli taom nomining birinchi komponenti 
asliy sifatdan ifodalangan bo‘ladi. Bularga: sarыyag‘//sarыmay, 
aqsыqman, aqshalg‘am, kөkbыlamыq, gөk gөmmә//kөk gөmmә, gөk 
bәrәk, kөk pәtir, qыzыl pәtir, kөk chay, qara chay, mәydә kүrtik, qaq 
balыq, yaxna qoy kabi. 
Nisbiy sifatli sodda tarkibli taom nomlarida boshqa turkumlardagi 
so‘zlardan sifat yasaladi va taomlarning turini hosil qiladi. Bu tipdagi 
sodda tarkibli taom nomlarini hosil qilishda quyidagi qo‘shimchalar 
katta rol o‘ynaydi: -lы qo‘shimchasi: qavaqlы qыrmыch, gөshlы nan, 
pyazlы qatlama, qatыqlы chәlpәk, qavunlы chәlpәk, sarыyag‘lы palav, 
beyыlы palav, ballы chay, shalg‘amlы djarma, shorpalы quvыrdaq, 
qavaqlы kүrtik, ayranlы үnashы, qarmыzlы tөshәp kabi; -ma(mә) 
qo‘shimchasi: asma shorpa, salma kүrtүk, sүzmә palav, үzmә kүrtүk 
kabi. 
Sifatdosh+ot birikmalarida ham taom turi ifodalanadi: dudlang‘an 
balыq, quvыrыlg‘an balыq, quvыrыlg‘an uvыldыrыq, achыg‘an gөdjә 
kabi. 
2. Murakkab tarkibli (uch yoki undan ortiq so‘zdan tuzilgan) taom 
nomlari. Qoraqalpog‘iston o‘zbek shevalarida ot+ot+ot tipidagi 
kәllәbashayaq taom nomi uchraydi. Bu taom nomi boshqa dialektlarda 
va adabiy tilda kalla-pocha tarzida juft so‘z shaklida qo‘llanadi. Fors-
tojik tilidan kirib kelgan «kalla» so‘zi yoniga umumturkiy so‘z bo‘lgan 
«bosh» so‘zini qo‘shib «kәllәbashayaq» deb atashadi. Bu birikmadagi 
bash so‘zi ortiqcha qo‘llangan. Bu holat qo‘shimchalarni qo‘shishda 
ham ko‘zga tashlanadi. Masalan, yog‘ingarchilik, namgarchilik 
so‘zlaridagi forscha qo‘shimcha -gar pleonastik qo‘llangan, ya’ni u -chi 
qo‘shimchasi bilan vazifadosh, ammo shunday qo‘llanish adabiy til 
me’yori sifatida qabul qilingan. Shu sababli -gar qo‘shimchasining 


A.B.Pardayev, D.B.Urinbayeva, D.A.Islamova. O’zbek terminologiyasi 
211 
pleonastik qo‘llanganligi unchalik sezilmaydi. «Kәllәbashayaq» taom 
nomidagi pleonazm adabiy me’yorda qabul qilinmagan.
Sifat yasovchi qo‘shimchalar birikmalarga qo‘shilganda murakkab 
tarkibli taom nomlarini hosil qiladi: qaq yerikli palav, qaq yerikli 
үnashы, kәdili djүvari kүrtik, sүtlы mәydә kүrtik, qatыqlы mәydә kүrtik
kabi. 

Download 2.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   152




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling