A. G. I brag I mov, Z. R. Madaminova


-§.Korxonalarda moliyaviy mexanizm va uning asosiy


Download 1.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/80
Sana21.01.2023
Hajmi1.76 Mb.
#1107728
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   80
Bog'liq
91653fffa6f95c048b4e2ca3b10cda02 MOLIYAVIY MENEJMENT

2-§.Korxonalarda moliyaviy mexanizm va uning asosiy 
xususiyatlari 
Korxonalarda moliyaviy menejment tizimini tashkil etishda, 
moliyaviy mexanizm tushunchasi uning moliyaviy menejment tizi-
midagi o'rni va ahamiyati, moliyaviy menejmentning mexanizmi, 
ularning o'zaro o'xshashlik tomonlari, hamda bularni moliyaviy 
36 


menejerning faoliyatida tutgan o'rniga alohida e'tibor berish lozim. 
Chunki, bozor qonuniyatlaridan kelib chiqqan holda korxonalar 
moliyasini boshqarish, moliyaviy mexanizm yordamida amalga 
oshiriladi. 
Moliyaviy mexanizm - bu moliyaviy rnunosabatlarni tashkil 
qilish, moliyaviy resurslarni shakllanishi va foydalanish usullarining 
yig'indisi bo'lib, jamiyat tomonidan, jamiyatni ijtimoiy va iqtisodiy 
rivojlantirish uchun, qulay shart-sharoit yaratib berish maqsadida 
foydalaniladi. Moliyaviy mexanizm ham moliya tizimining tuzilishi 
singari quyidagi ikkita yirik sohaga bo'linadi: 
- xo'jaiik subyektlarining moliya mexanizmi; 
- davlat moliyasining mexanizmi. 
Korxonalar moliyaviy mexanizmi - bu moliyaviy resurslardan 
foydalanish usullari hamda korxonalar moliyasini tashkil qilish 
shakllari hisoblanadi. Korxona, firma, kompaniyalarda moliyaviy 
resurslardan foydalanish jarayoniga to'xtaladigan bo'lsak, bunda 
moliyaviy menejer tomonidan ushbu jarayon, turli moliyaviy 
usullarni, vositalarni, tamoyillarni qo'llash orqali amalga oshiriladi. 
Moliyaviy metodlar - bu moliyaviy rnunosabatlarni amalga oshirish 
shakli, uning xo'jaiik va ishlab chiqarish jarayoni bilan o'zaro 
bog'liqligidir. Korxonalarda u yoki bu moliyaviy vositalarni 
qo'llanilishi yordamida xo'jaiik jarayonidagi yuz berayotgan 
moliyaviy munosabatlarga, moliyaviy resurslarning harakatini 
boshqarish va moliyaviy ko'rsatkichlarning tahliliy natijalaridan 
kelib chiqqan holda ulardan foydalanishni samaradorligini 
baholashga ta'sir ko'rsatish mumkin. Korxonalar moliyasini 
boshqarishda foydalaniladi gan metodlarga quyidagilar kiradi: 
moliyaviy rejalashtirish, moliyaviy tahlil, moliyaviy nazorat, inves-
titsiyalash, sug'urtalash, kredit operatsiyalari, narxlarni shakllan-
tirish, soliqlar, hisob-kitoblar tizimi, rag'batlantirish va boshqalar. 
Moliyaviy menejmentda moliyaviy vosita deganda, korxonaning 
har qanday turdagi shartnomalari tushuniladi, qaysiki buning 
natijasida bir vaqtning o'zida, biron bir korxonada moliyaviy 
aktivlarning ko'payishi va boshqa korxonada esa moliyaviy majbu-
riyatlar yuzaga kelishi tushuniladi. Boshqacha aytganda, qarzdorlik 
bo'yicha guvohlik beruvchi, sotuvchi sotish jarayonida o'zini 
moliyalashtirishni ta'minlovchi har qanday hujjatdir. 
37 


Faqat o'z mablag'iaridan foydalanuvchi korxona o'z mablag'-
larining) rentabelligini, ularning iqtisodiy samaradorligining 2/3 
qismga cheklab qo'yadi, ya'ni 
0'MR=2/3IR 
Bunda О'MR- o'z mablag'larining rentabelligi; IR- iqtisodiy 
rentabellik 
Kredit yoki qarz mablag'iaridan foydalanuvchi korxona o'z va 
qarz mablag'larining nisbati hamda foiz stavkasining darajasiga 
bog'liq ravishda o'z mablag'larining rentabelligini yo oshiradi yoki 
kamaytiradi. Bunday sharoitda moliyaviy vosita samarasi vujudga 
keladi ya'ni 
О'MR = 2/3 1R+MVS. 
Bunda MRS- moliyaviy vosita samarasi: 
- Moliyaviy vosita samarasi odatda iqtisodiy rentabellik bilan 
qarzga olingan mablag'lar «bahosi» (foizning o'rtacha stavkasi) 
o'rtasidagi farq natijasida vujudga keladi. 
- Foizning o'rtacha stavkasini hisoblash uchun quyidagi 
tenglamadan foydalanish mumkin. 
FO'S = (XMX: QMUS) x 100. 
- FO'S - foizning o'rtacha stavkasi; 
- HMX - Haqiqatdagi moliyaviy xarajatlar (foiz xarajatlari); 
- QMUS - qarz mablag'larining umumiy summasi; 
Richag samarasining tarkibiy qismlarini birlashtiramiz va 
natijada MRS hosil bo'ladi; 
- MRS= 2/3 (IR-FS) * QM/O' M 
- Masalan, agar korxonada IR 18%ga, FS 16%ga qarz rnab-
lag'lari 750000 ni, o'z mablag'lari 250000 ni tashkil etsa, moliyaviy 
vosita samarasi; 
-- M R S - 2/3 (18%-16%)750000/250000= 4% 
Korinib turibdiki, rivojlangan bozor mexanizmida qarz 
mablag'iaridan foydalanish yuqori samaraga olib keladi 
Moliyaviy vositalar yordamida moliya bozoridagi har
q a n d a y 
operatsiyalar amalga oshiriladi. Korxonalar faoliyatida ularni qo'lla-
masdan qo'shimcha moliyaviy resurslar yoki kapital jalb qilish, 
moliyaviy investitsiyalarni amalga oshirish, kontragentlar yoki 
boshqa xo'jaiik subyektlari bilan o'zaro hisob-kitoblarni amalga 
oshirish mumkin emas. Moliyaviy vositalar birlamchi va ikkilamchi 
38 


turlarga bo'linadi. Birlamchi moiiyaviy vositalarga quyidagilar 
kiradi: joriy operatsiyalar bo'yicha debitorlik va kreditorlik qarzlar, 
kreditlar, aksiya, obligatsiyalar, va veksellar. Ikkilamchi moiiyaviy 
vositalarga esa: moiiyaviy optsionlar, fyucherslar, forvard 
shartnomlari, foizli va valyutaviy svoplar kiradi. Har qanday 
jamiyatda korxonalar xo'jalik faoliyatini oqilona tartibga solish va 
ular faoliyatini samarali yuritish qonimiy va huquqiy me'yorlarga 
asoslangan holda amalga oshiriladi. Bizga ma'lumki, korxonalar 
moiiyaviy faoliyatini yuritish, ya'ni boshqacha aytganda xo'jalik 
subyektlarining tashkil qilinishidan ularning butun faoliyat davr-
larini qamrab oluvchi jarayon bosqichi, davlat tomonidan belgilan-
gan aniq bir chora tadbirlar, dasturlar, qonunlar, yo'riqnomalar va 
shu kabilar orqali tashkil qilinadi va tartibga solinadi. 

Download 1.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling