A. G. I brag I mov, Z. R. Madaminova


Download 1.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/80
Sana21.01.2023
Hajmi1.76 Mb.
#1107728
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   80
Bog'liq
91653fffa6f95c048b4e2ca3b10cda02 MOLIYAVIY MENEJMENT

a
y
S

uchun talab qilinadigan kapitalning miqdori qanday, u ц "j
5u 
manbalar hisobidan va qanday muddatlarda jalb qilina^ 
kapitaldan qanday foydalaniladig' o'z kuchiga ishongan 
xo'jalik yurituvchi subyekt rivojlanishi mumkin. Agar m
L m c
j
a v 
bo'lmasa, moiiyaviy resurslarni jalb qilishning manbalari q* 
xo'jalik yurituvchi subyekt pul mablag'lari tushumi, i s h l a l T , ' 
qarishning rentabelligi va investitsiyalar daromadliligining q'" 
darajalariga chiqishi mumkin va qanday muddatlarda?
SQ
• 
O'z navbatida, joriy moiiyaviy rejalashtirishning 
funksiyalari quyidagilardan iborat: ^
va 
- ishlab chiqarish, investitsion, marketing, ilmiy-loyihaV . ^ 
qidiruv faoliyatlarini hamda sotsial loyihalarni amalga o S '
m
j
n

uchun zarur bo'lgan moiiyaviy resurslarning hajmi va ul0 
manbalarini aniqlash;
t s
;
y a 
- mahsulotni (ishni, xizmatni) ishlab chiqarish va realize 
qilish tannarxini rejalashtirish; 
- pul oqimlarini rejalashtirish; 
43 


- butun xo'jaiik yurituvchi subyekt doirasida foydani 
rejalashtirish (bashoratlash); 
- investitsiyalarning daromadliligini rejalashtirish. 
- Ma'lum bir muddatni qamrab olishiga qarab, moliyaviy 
rejalar quyida ikki guruhga bo'linishi mumkin: 
Uzoq va qisqa muddatli moliyaviy rejalar bir-birlaridan nafaqat 
o'zining qamrab olish ko'lami bo'yicha, balki rejalashtirish 
maqsadlariga ko'ra ham farqlanadi. Agar uzoq muddatli moliyaviy 
rejalarning (rejalashtirishning) bosh maqsadi moliyaviy barqarorlik 
nuqtai nazaridan firma kengayishining yo'l qo'yilishi mumkin 
bo'lgan sur'atlarini aniqlash bo'lsa, qisqa muddatli moliyaviy 
rejalarning (rejalashtirishning) bosh maqsadi firmaning doimiy 
to'lovga qobilligini ta'minlashdan iboratdir. 
Alohida olingan xo'jaiik yurituvchi subyektlarning moliyaviy 
rejasi unga tegishli bo'lgan biznes-rejaning tarkibiy qismi hisob-
lanadi. Unda marketing, operativ faoliyat, mulkka egaJik huquqi va 
korxona faoliyat ko'rsatishining boshqa yo'nalishlari qiymat 
ko'rsatkichlarida ifodalanadi. Moliyaviy reja korxona butun 
faoliyatini moliyaviy jihatdan ta'minlash vositasi sifatida maydonga 
chiqadi va bir vaqtning o'zida, shu faoliyatning moliyaviy 
natijalarini xarakterlaydi. Biznes-rejaning tarkibida moliyaviy reja 
quyidagi yo'nalishlar bo'yicha ishlab chiqiladi: 
- bozorlarni va ko'zda tutilayotgan sotuvlar hajmini 
o'zlashtirishning loyihaviy ko'rsatkichlarini ishlab chiqish; 
- tannarxning turli ko'rinishlarini (to'liq, ishlab chiqarish, 
to'g'ri va b.) hisob-kitob qilish. Bu yerda marketing tadqiqotlari, 
reklama, bozorlarni o'zlashtirish xarajatlarini hisobga olish muhim 
ahamiyat kasb etadi; 
- pul mablag'larining yillik oqimini loyihalashtirish va moliya-
viy natijalarni aniqlash. Bu tushumlarning kelib tushishi, debitorlik 
va kreditorlik qarzlarining o'zgarishi, soliq toiovlarini optimal-
lashtirish va boshqalar bo'yicha dinamikalarning bashorat qilinishini 
taqoza etadi. Shu yerning o'zida foydaga oid hisob-kitoblar korxo-
naning istiqboldagi salohiyati bilan, shuningdek biznes-rejaning 
boshqa bo'limlarida aniqlanadigan cheklanmalar bilan muvofiqlash-
tirilishi kerak; 
44 


- zaruriy investitsiyalarning hajmi, ishlab chiqarishni kengay-
tirish bo'yicha moliyaviy resurslarning hajmi, ularning samarador-
ligi va foydaga ta'sirini aniqlash va boshqalar. 
Umuman olganda, moliyaviy rejalarning ko'rsatkichlari dav-
latning moliyaviy ahvolini tahlil qilish uchun boshlang'ich material 
hisoblanadi, istiqboldagi (istiqbol uchun) rejalashtirishning infor-
matsion asosi bo'lib xizmat qiladi. Moliyaviy rejalar tizimi 
moliyaviy resurslar manbalarining (jismoniy va yuridik. shaxslar 
daromadlari) tarkibiy tuzilishidagi o'zgarishlarning obyektiv ravish-
da o'zaro bog'liqligi va uzoq muddatli tendentsiyalarini, shuning-
dek, kelajakda bu tendentsiyalar rivojlanishiga ta'sir ko'rsatishi 
mumkin bo'lgan omillarni aniqlashga imkon beradi. 
Moliyaviy rejalashtirishni moliyaviy 'bashoratlashsiz tasawur 
etib bo'lmaydi. U yoki bu davr mobaynida davlatning mumkin 
bo'lgan moliyaviy ahvolini oldindan ko'ra bilish va moliyaviy 
rejalarning ko'rsatkichlarini asoslashga moliyaviy bashoratlash 
deyiladi. Nazariya va amaliyotda moliyaviy bashoratlash ikkiga 
ajratiladi: 
• o'rta muddatli (5- 10-yillik); 
• uzoq muddatli (10-yildan ortiq). 
Moliyaviy bashoratlash moliyaviy rejalarni tuzish bosqichidan 
oldin sodir bo'ladi. Unda jamiyatning ma'lum bir davrdagi taraqqi-
yotiga bag'ishlangan moliyaviy siyosatning konsepsiyasi ishlab 
chiqiladi. Moliyaviy bashoratlashning bosh maqsadi bashoratla-
nayotgan davrda haqiqatda mavjud bo'lishi mumkin bo'lgan 
moliyaviy resurslarning real hajmi, ularni shakllantirish manbalari 
va ulardan foydalanishni aniqlashdan iborat. Moliyaviy bashoratlar 
moliya tizimi organlariga moliya tizimini rivojlantirish va 
takomillashtirishning, moliyaviy siyosatni amalga oshirish shakllari 
va metodlarining turli-tuman variantlarini belgilashga imkon beradi. 
Shu ma'noda, moliyaviy bashoratlar moliyaviy siyosatni ishlab 
chiqishning zaruriy va bir vaqtning o'zida muhim bosqichi bo'lib 
hisoblanadi. Ular yordamida moliya tizimning barcha subyektlari 
oldida turgan ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarni yechishning turli 
variantlari ishlab chiqiladi. Demak, korxonalarda istiqbolli moli-
yaviy rejalashtirish jarayonlarini ishlab chiqishda bashoratlash 
45 


tizimiga, xoh makroiqtisodiy xoh rnikroiqtisodiy nuqtai nazardan 
alohida e'tibor qaratish lozim. 
2-§. Moiiyaviy rejalashtirishning uslubiy asoslari va tamoyillari 
Korxonalarda korporativ moiiyaviy rejalashtirishni tashkil 
etishda asosiy e'tiborli jihatlardan biri, uning uslubiy asoslari va 
tamoyillarini to'g'ri o'rganish hisoblanadi. Ishimizning ushbu 
paragrafi doirasida moiiyaviy rejalashtirishning asosiy xususiyat-
larini tadqiq etamiz. 
Iqtisodchi olimlar F.Li Cheng va D.I. Finnertilarning fikricha, 
korporativ moiiyaviy rejalashtirish dividend, moliya va investitsiya 
siyosatini tahlil qilish, pirovard natijalarini bashorat qilish, ularni 
korporatsiyalar iqtisodiy muhitiga ta'siri oqibatlari va loyihalarni 
tanlashda yuzaga kelishi mumkin bo'lgan risklarni boshqarish 
bo'yicha qarorlar qabul qilish jarayonlari tushuniladi
2

Rus iqtisodchi olimi I.Y.Lukasevichning fikricha korporativ 
moiiyaviy rejalashtirish jarayoni quyidagi mexanizm orqali amalga 
oshiriladi (4.1-rasm). 
Rejalashtirish metodlari, bu - iqtisodiyotni boshqarishning turli 
bo'g'inlarida, jumladan, korxonalarni boshqarishda rejalarni ishlab 
chiqish usullari majmuasidir. Bozor munosabatlari sharoitida 
korxonalar o'z faoliyatini ; rejalashtirishni mustaqil ravishda amalga 
oshiradi. Biroq bu rejalashtirishning tekshirib ko'rilgan va foydali 
usullaridan voz kechishni anglatmaydi. Bugungi sharoitda ham 
korxonalar faoliyatini rejalashtirish texnik-iqtisodiy hisob-kitoblar, 
progressiv norma va normativlar, iqtisodiy tahlil, muqobil 
variantlami tanlashga asoslanadi. 
Yuqorida rasmdan ko'rinib turibdiki, moiiyaviy rejalashtirish 
usullari xilma-xil bo'lib, quyida biz ularning ayriinlariga to'xtalib 
o'tishga harakat qilamiz. 
2
Бочаров В., Л е о н т ь е в В. Корпоративные финансы. - СПБ.: Питер, 2 0 0 4 . - 5 9 2 с. 
46 


r O L j a l a r m t a h o l a s h , b e f e & n f t a i
;

m a q s a d l a r g a q o ' s h i m c h a v a 
tah il qilish 
— — - J 
ashqiva ichki muhitnihg 
S t r a t e g i k r e j a l a s h t i r i s h 
4.1-rasm. Korporatsiyalarda moiiyaviy rejalashtirish jarayoni 
Rejalashtirishning eng ko'p tarqalgan usullari qatoriga quyi-
dagilarni kiritish mumkin: iqtsiodiy tahlil, balansli hisob-kitoblar va 
pul oqimlari usuli, normativ, ko'p variantlilik, iqtisodiy matematik 
modellashtirish usuli va boshqalar (4.2-rasm). 
Moiiyaviy rejalashtirishda foydalaniladigan asosiy metodlar 
Iqtisodiy tahlil metodi 
Normativ metod pul oqimlari metodi 
Koeffitsient metodi 
Balansli hisob-kitoblar metodi 
Balansli hisob-kitoblar metodi 
Ko'p variantlilik metodi 
Ko'p variantlilik metodi 
Iqtisodiy-matematik programmalashtirish metodi 
Iqtisodiy-matematik programmalashtirish metodi 
4.2-rasm, Moiiyaviy rejalashtirishda foydalaniladigan metodlar 

Download 1.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling